oldini oluvchi vositalar xaqidagi bilimlar muntazam shakllanib bordi. Bu vositalarldan foydalanish, esa
keng tarqala boshladi. Qator davlatlarlda tug’ilishni nisbati yuqori darajada saqlanib turishi, o’limning
esa keskin kamayishi, aholi sonini birdan o’sib borishiga sabab bo’ldi. Bu jarayon dunyodagi
rivojlanayotgan davlatlarda, ayniqsa 1960-1970 yillarda keskin tus oldi. Aholi sonini tez sur’atlar bilan
ko’payib borishini aholishunos olimlar «Demografik revolyutsiya» yoki «Demografik portlash» deb
atadilar. Aholining bunday tez sur’at bilan ko’payib borishi qar bir davlat uchun ijtimoiy iqtisodiy
muammolarni yuzaga keltirdi. Natijada ko’pgina davlatlar o’sib borayotgan aholi sonini cheklashga
qarakat qildilar, «Tug’ilishni nazorat etish» dasturi qabul qilindi va tug’ilish jarayoni ekzogen (tashqi)
omillar ta’sirida boshqarila boshlandi. Aholi takror barpo bo’lishini tashkil etgan ikki asosiy jarayon
tug’ilish va o’limni boshqarilishi aholi takror barpo bo’lish sur’atini, o’zgarishiga olib keldi. Aholi
takror barpo bo’lishi bir turdan ikkinchi turga o’ta boshladi. Ushbu qolni yuqorida qayd etilganidek-
«demografik o’tish», deb belgilandi. Demografik o’tish jarayoni bosqichma-bosqich sodir bo’ldi.
Muttaxassislar tomonidan demografik o’tish to’rt bosqichga ajratildi.
Evropadagi rivojlangan davlatlarda tug’ilish darajasini ko’tarib, optimal, normal holga keltirish
juda mushkul bo’lmoqda. Rivojlanayotgan davlatlarda esa, aksincha 1960-1990-yillarda tug’ilishning
yuqori darajada turganligini va o’lim hollarining keskin kamayganligi natijasida aholining tabiiy
o’sishi juda yuqori darajada bo’ldi. Natijada Osiyo, Afrika va janubiy Amerikada joylashgan qator
rivojlanayotgan davlatlarda aholi soni birdan ko’payib ketdi. Bu holni demograf mutaxassislar
“Demografik portlash” deb atadilar.
Dostları ilə paylaş: