49
15
1000
А
T
К
МТ
Ä
15-49
– 15-49 yoshdagi ayollarning o’rtacha soni.
7. Maxsus 1 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi koeffitsenti (K
BO’
):
0
1
'
3
1
3
2
1000
N
N
Т
К
BO
bu yerda: T- joriy yilda tug’ilganlar sonidan 1 yoshgacha o’lganlar soni;
N
0
va N
1
- o’tgan va joriy yilda tug’ilganlar soni.
6. Demografik o’tish xaqida tushuncha va uning bosqichlari.
Demografik o’tish xaqida tushuncha va uning bosqichlari. Demografik o’tish, deb aholi
takror barpo bo’lishini, bir turdan ikkinchi turga (kengaygan aholi takror barpo bo’lishidan, qisqargan
aholi takror barpo bo’lishiga) o’tishiga aytiladi. Demografik o’tish kontseptsiyasi
fanda birinchi marta
frantsuz demografi L.Landri tomonidan 1903-1934 yillarda yaratilgan va uni demografik revolyutsiya
deb atalgan. 1945 yilda amerikalik demograf F.Noutstayn «Demografik o’tish» iborasini taklif etdi.
XIX asrning oxirida aholi tug’ilishi va o’lim xollari biologik qonuniyatlargagina emas, balki
sotsial shart-sharoitlar bilan bog’liq holda sodir etilishi qayd etilgan. Jamiyat
tarixiy rivojlanishi
jarayonida aholi takror barpo bo’lishida chuqur o’zgarishlar yuz berdi.1950 yillarga kelib, jamiyatda
demografik jarayonlar (nikoq, tug’ilish va o’limni) boshqarish jarayoni keng tarqaldi. Jamiyat
taraqqiyotida ro’y bergan yirik ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlar, Aholining
demografik mayliga bevosita
ta’sir etdi. Ayniqsa, qator davlatlarda Aholining farzandlar soniga bo’lgan munosabati o’zgardi.
Ko’pbolalik o’rnini o’rtacha bolalik, kam bolalik egallay boshladi. Oilani ko’p farzandga bo’lgan
talabi asta-sekin urbanizatsiya jarayoni, sanoatni rivojlanishi, ayollar bilim darajasini oshib borishi,
ijtimoiy hayotdagi o’rnini o’zgarib borishi bilan bog’liq holda kamaya bordi.
SHuningdek jamiyatda
ilm-fanning, ayniqsa tibbiyotning rivojlanishi, aholiga tibbiy xizmatning keng tarqalishi aholi o’rtasida
o’limni keskin kamayishiga, o’rtacha umr ko’rish davrini esa uzayishiga sabab bo’ldi. Xomiladorlikni
oldini oluvchi vositalar xaqidagi bilimlar muntazam shakllanib bordi. Bu vositalarldan foydalanish, esa
keng tarqala boshladi. Qator davlatlarlda tug’ilishni nisbati yuqori darajada saqlanib turishi, o’limning
esa keskin kamayishi, aholi sonini birdan o’sib borishiga sabab bo’ldi. Bu jarayon dunyodagi
rivojlanayotgan davlatlarda, ayniqsa 1960-1970 yillarda keskin tus oldi. Aholi sonini tez sur’atlar bilan
ko’payib borishini aholishunos olimlar «Demografik revolyutsiya» yoki «Demografik portlash» deb
atadilar. Aholining bunday tez sur’at bilan ko’payib borishi har bir davlat
uchun ijtimoiy iqtisodiy
muammolarni yuzaga keltirdi. Natijada ko’pgina davlatlar o’sib borayotgan aholi sonini cheklashga
qarakat qildilar, «Tug’ilishni nazorat etish» dasturi qabul qilindi va tug’ilish jarayoni ekzogen (tashqi)
omillar ta’sirida boshqarila boshlandi. Aholi takror barpo bo’lishini tashkil etgan ikki asosiy jarayon
tug’ilish va o’limni boshqarilishi aholi takror barpo bo’lish sur’atini, o’zgarishiga olib keldi. Aholi
takror barpo bo’lishi bir turdan ikkinchi turga o’ta boshladi. Ushbu holni yuqorida qayd etilganidek-
«demografik o’tish», deb belgilandi. Demografik o’tish jarayoni bosqichma-bosqich sodir bo’ldi.
Muttaxassislar tomonidan demografik o’tish to’rt bosqichga ajratildi.
Birinchi bosqich. Bu bosqich rivojlangan mamlakatlarda XX asr o’rtalarida kuzatildi. Unda
aholi o’rtasida tug’ilish va o’lim qollari kamaya boshladi. Lekin o’lim tug’ilishga qaraganda juda tez
sur’at bilan kamayadi. Ba’zi davlatlarda esa tug’ilish deyarli kamaymaydi. Natijada Aholining tabiiy
o’sishi juda yuqori darajada bo’ladi.
Ikkinchi bosqich. O’limning kamayishi jarayoni davom etadi va
kamayishi eng kulminatsion
nuqtaga yetadi. Tug’ilishning kamayish sur’ati esa jadallashadi. Natijada, aholi tabiiy o’sishi
sekinlasha boradi.
Uchinchi bosqich. Ushbu bosqichda yuqori bosqichlarda ro’y bergan tug’ilishni va o’limni
kamayishi, aholi o’rtacha umr ko’rishi muddatini uzayishi natijasida aholi tarkibida qariyalar salmog’i
ko’payib boradi. Bu hol o’lim holatini ko’payib borishiga olib keladi. Tug’ilish yana ham kamayib
boradi va oddiy aholi takror barpo bo’lishi sodir bo’ladi. Ya’ni netto koeffitsient 1 ga tenglashadi.
Boshqacha qilib aytganda. Har bir ona o’z o’rniga faqat bittadan qizni-bo’lajak onani qoldiradi holos.
Bu bosqichda aholi yosh tarkibida stabillashuv to’liq kuzatilmaydi. Aholi tarkibida o’lim hollari kam
bo’lgan guruh-yoshlar salmog’i nisbatan baland bo’ladi.
To’rtinchi bosqichda o’lim qollari yuqori darajada bo’ladi. O’lim va tug’ilish koeffitsientlari
tenglashadi. Demiografik stabillashuv jarayoni tugallanadi.
Dunyodagi qator rivojlangan davlatlar XX asrning 80 yillarida
uchinchi bosqichning
tugallanish davriga o’tganligi kuzatiladi. SHu davrda, ko’pgina rivojlangan davlatlar esa demografik
o’tish birinchi bosqichning oxirigi va ikkinchi bosqichning boshlanish davridadirlar.
Demografik o’tish davri dastavval Evropada 18 asrda boshlanadi. Shunda tabiiy o’sish 20-30%
ga teng bo’ldi, buni xaqiqatdan ham demografik inqilob deb atash mumkin. Chunki 10-20 yil oldin
atiga 5-10% ga teng bo’lgan tabiiy o’sish qisqa vaqt ichida 2-3 martaga oshdi.
Ushbu jarayon Evropada 100-150 yil davom etdi. Undan keyingi davrda Evropa mamlakatlari
demografik o’tishning ikkinchi fazasiga o’tdi. Hozir ushbu mamlakatlarning ko’pchiligi demografik
o’tishning uchinchi fazasidadirlar. Binobarin,
Germaniya, Avstriya, Belgiya, Italiya, Daniya, Vengriya,
Niderlandiya aholini oddiy takror barpo etilishi ham ayrim yillarda ta’minlanmaganligi kuzatilmoqda,
ya’ni o’lganlarning soni tug’ilgan bolalar sonidan ko’p bo’lmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning
ko’pchilligi demografik o’tish jarayonining 1-fazasini o’tamoqda.
AQSh, Yaponiya, Kanada, Avstraliya mamlakatlari 2-fazani boshidan kechirmoqdalar. Xitoy
va boshqa bir qator mamlakatlar 2-fazaga o’tish arafasida turibdi.
O’zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarida 1-fazadan 2-fazaga o’tish uchun zamin
tayyorlandi, bu jarayon yaqin 10-15 yil mobaynida boshlansa, ajab emas.
Dunyo aholisi ana shu davr
ichida 2,4 marta o’sdi. Bundan ham yuqori ko’rsatkich Osiyo (2,6) va Afrikaga (3,6) xos bo’ldi.
Mazkur ko’rsatkich Evropada, 1,4 martaga teng bo’ldi. Aholi sonining yuqori sur’atlar bilan o’sishi
Afrikada, Markaziy va Janubiy Osiyoda, Markaziy Amerikada kuzatilmoqda. Shu vaqtning o’zida
Evropaning ayrim mintaqalarida aholi soni juda past sur’atlar bilan o’smoqda yoki deyarli
o’zgarmayapti.
Dostları ilə paylaş: