O’quvchilar: Qo’llaringiz stol ustida turibdi, tirsaklaringiz esa stol chetidan
ozgina chiqib turibdi.
O’qituvchi: Qarang-ch, men tirsagimni gavgdamga engashtirib, ikki
tomonga surib qo’ydimmi?
O’quvchilar: Tirsaklaringiz hech qayerga engashmagan va ikki tomonga
surilmagan.
O’qituvchi: Aytinglar-chi, boshimni qanday tutib turibman?
O’quvchilar: Boshingiz to’g’ri turibdi.
O’qituvchi : oyoqlarim nimaga tiralib turibdi?
O’quvchilar: Ular to’g’ri, polga tegib turibda.
O’qituvchi : Qarang-chi, men qanday holda o’tiribman. Mening gavdam va
yelkalarim qanday ko’rinishda?
O’quvchilar: Gavdangiz to’g’ri tutilgan holda.
O’qituvchi: Mening ko’kragim va stolning cheti o’rtasidagi oraliq masofa
qanday?
O’quvchilar: Sizning ko’kragingiz va stolning orasidagi masofa unchalik
katta emas.
O’qituvchi : Hammangiz turing va yozayotganda lozim bo’ladigan holda
o’tiring.
88
- yana bir bora turinglar. Qani, menga ayting-chi, yozayotganda qanday
o’tirsa to’g’ri hisoblanadi?
O’quvchilarning yozuv jarayonida to’g’ri o’tirish tartibini o’zlashtirib
olganlarini ko’rib, o’qituvchi daftarning to’gri turish tartibini o’rgatishga kirishadi.
O’quvchilarga daftarlar tarqatiladi va sinf taxtasida daftarni to’g’ri
qo’yganda egilish chizig’i to’g’ri burchak bilan partaning oldingi chetiga tushishini
ko’rgazmali holda ko’rsatib o’tadi.
Bundan keyin oqituvchi o’quvchilarga ruchkani to’g’ri ushlash tartibini
ko’rsatib beradi. Ruchkani uchta barmoq bilan : bosh, o’rta va ko’rsatkich
barmoqlar bilan ushlash lozim. Bu barmoqlar juda ham bukilgan va juda ham
ochilgan bo’lmasligi kerak. Barmoqlarni qattiq siqmaslik kerak, bosh barmoq
ko’rsatkich barmoqqa tegmasligi kerak. Qolgan ikki barmoqlarni shunday
joylashtirish kerakki, bunda ular yozish jarayonida qo’l kaftining qator
yo’nalishiga erkin holda yo’naltirib boradi, bu esa tez va bog’lanishli yozuvda
muhim o’rin tutadi. Nomsiz barmoqni o’rta barmoqqa yoki kaftga tomon
engashtirish mumkin. Jimjiloq kaft uchun tayanch nuqtasi hisoblanadi, u yozish
jarayonida qog’oz yuzasiga tegib turish va unda yengil harakatlanishi kerak. Qo’l
kafti shunday holatda joylashishi kerakki, yozayotgan odam kaftning ichki tarafmi
ko’rmasligi lozim. Kaftning o’ng tomoni qog’ozga tayanishi mumkin emas,
bunday holat o’ng qo’lning erkin harakatlanishiga halaqit beradi.
O’qituvchi o’z yozuvini mukamallashtirish uchun olib boradigan
mtmtazam-ishlari.
O’qituvchi o’z yozuvini yanada chiroyli va mukammal bo’lishi uchun
uzluksiz shug’ullanib borishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yishi shart.
Shunday fikrlar bor, agar muntazam yozib borilsa, yozuv yaxshilanib
boradi. Lekin buning aksi ham bo’lishi mumkin: inson qannchalik ko’p yozsa,
uning yozuvi shimchalik tushunarsiz bo’lib boraverar ekan.
O’qituvchi to’g’ri husnixatda yozishni o’rganib olishi lozim. O’qituvchi
faqat nazariy jihatdangina emas, balki har bir harf uchun yo’lga qo’yilgan amaliy
proporsional bog’liqlikni ham bilishi darkor.
89
Shu bilan bir vaqtda lozim bo’lgan mashqlar orqali qo’lning kaftini va
barmoqlar harakatini yengillatish va rivojlantirish kerak bo’ladi.
O’qituvchi sinf taxtasida yozish usullarini o’rgatishga alohida e’tibor berishi
lozim. Sinf taxtasida yozish jarayonida yo’l qo’yadigan xatolarga: harflarni
noto’g’ri yozish bilan birgalikda uni uzoqdan qanday ko’rinishini hisobga
olmasdan yozish va yozuvning noto’g’riligi shunda ko’rinadiki, barcha asosiy va
birlashtiruvchi shtrixlar bir xil qolipda yoziladi, unda asosiy shtrixlar qalinroq
chiziqlar bilan yozilmasdan qolaveradi.
Faqatgina yaxshi yozuvga ega bo’lgan holdagina o’qituvchi bolalarga
yozuvning to’g’ri yozilgan namunasini berishi va ulardan yaxshi natijalar olishi
mumkin. O’quvchilar harflarning tuzilishini, uni chizishdagi ketma ketligini yaxshi
o’zlashtirib olishlari uchun o’qituvchi bulaming hammasini sinf taxtasida
ko’rgazmali tarzda ko’rsatishi lozim.
Tajribalarning ko’rsatishicha, o’quvchi chiroyli va to’g’ri yozuvda sinf
taxtasiga bo’rda aniq va chiroyli yozadigan o’qituvchining o’quvchilari chiroyli va
to’g’ri yozadilar.
Sinf taxtasida yozish malakalariga quyidagilar kiradi: 1-navbatda qo’l
harakatini rivojlantirish, simmetriyani xis qilish va taxtaning qaysi qismida
yozilgan xarf, so’z va fraza yozilganini tezda topishni, bir qarashda topa bilishlikni
d’rgatish lozim.
Bundan so’ng bo’r bilan yozishni u bilan ishlash texnikasini o’rganib olish
lozim. Bo’r bilan yozishda ingichka va qalin shtrixlarni yozishni, shuningdek
ingichka chiziqdan bosib yozishga o’tish va h.zo malakalarni egallash lozim.
Yozuvda sinf taxtasi va bo’rning sifati katta ahamiyatga ega.
Bo’r yumshoq bo’lishi lozim. U 15x15 mm qalinlikda va 50 mm uzunligida
uncha katta bo’lmagan shaklda tayyorlab qo’yilgan bo’lishi kerak. Bunday
shakldagi bo’r parchasini barmoqlar bilan ushlash qulay va qo’lni yengil
harakatlantirish bilan turli qalinlikdagi shtrixlarni aniq chizishga erishish mumkin.
Bo’r o’ta va bosh barmoqlarning o’rtasida yengil ushlanadi. Bosib yozish
faqatgina ko’rsatkich barmoq orqali nazorat qilinadi. Ko’rsatgich barmoq bo’rning
90
ustida, uning chekka qismida turishi lozim, bo’lmasa bosib yozish jarayonida bo’r
sinib ketishi mumkin. Nomsiz va jimjiloq barmoqlar xiyla kaftga tomon bukilgan
bo’lishi kerak.
O’qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan paytida shunday turishi kerakki,
go’llarining harakatiniyopppib qo’ymasligi lozim.
Sinf taxtasi tekis g’adir - budursiz va yoriqlarsiz bo’lishi va bo’yash uchun
maxsus tayyorlangan qora apsidal bo’yoq bilan bo’yalgan bo’lishi lozim.
Oddiy moyli qora bo’yoq yoziv taxtani bo’yash uchun yaroqsizdir, chunki
yozuv taxtaning yaltiroq ustki qavati yorug’likni ko’zga tushiradi, bo’r esa uning
ustida sirpanadi va maydalanib ketadi.
Sinf taxtasini shunday holatda joylashtirish kerakki, oynadan tushayotgan
yorug’lik unda aks etmasligi va o’quvchilar sinfning turli joyidan unga yozilgan
yozuvni bemalol o’qiy olishlari mumkin bo’lsin.
O’zida ishonch hosil qilgan holda yozuv taxtasiga harflarni bosib yozish
uchun u mustahkam qilib joylashgan bo’lishi kerak. Agar yozuv taxtasi devorga
osib qo’yilgan bo’lsa, nafaqat uning yuqori tomoni ilinib turishi kerak, balki yozuv
taxtaning ikki cheti ham.
Husnixat bilan yozish mashg’ulotlari uchun yozuv taxta rangli chiziqlar
bilan chizilgan bo’lishi kerak, ular daftarning chiziqlariga mos kelishi kerak. Agar
yozuv taxtasi chizilmagan bo’lsa, o’qituvchi o’zi unga chiziqlar tortishi talab
etiladi.
Harf va sonlarni yozish uchun gorizontal va yotiq chiziqlarning orasidagi
masofa o’quvchilaming daftarlaridagi chiziqlarga nisbatan yirikroq olinishi kerak.
Gorizontal chiziqlarni yozuv taxtasiga bo’r bilan bo’yalgan arqonchani
yozuv taxtasiga bosib chiqish orqali chizish mumkin.
Yozuv taxtasiga chiziqlarni tezda chizish uchun turli qalinlikdagi
chiziqlardan foydalanish mumkin. Bunda bir vaqtning o’zida chizg’ichning ikkala
tomonidan chiziqlar tortib ketish mumkin.
Harflarning yotiqligini aniqlovchi yotiq chiziqlarni sinf to’g’ri burchakli
uchburchagi yordamida tezda chizib chiqish mumkin. Bunday uchburchakni
91
o’qituvchinig o’zi foner yog’ochlar orqali yasab olishi mumkin.
Agarda sinf xonasi ikki smenada ikkita birinchi sinf yoki ikkita ikkinchi sinf
o’quvchilari shug’ullanishsa, unda sinf taxtasini muntazam ravishda emal bo’yog’l
bilannchizilgan chiziqli holda ishlatish lozim. Buning uchun eng yaxshisi to’q qizil
rangdagi yoki jigarrangdagi bo’yoqdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Har
qanday chiziqni ozoda (oldiniga chiziqlarni qalam bilan chizib olish , undan keyin
bo’yoq bilan) chizish mumkin.
Shuningdek, maktabda ustiga qora bo’yoq bo’yalgan foner bo’lagidan ham
ko’cma sinf yozuv taxtasini yasab olish mumkin. Bunday yozuv taxtalarga
gorizontal va yotiq chiziqlar yoki matematik mashg’ulotlar uchun gorizontal va
vertical chjiziqlar chizish uchun yozuv taxtasining qavatiga bigiz yoki mix
yordamida chizib chiqiladi. Chiziqlar orasiga tushgan bo’r aniq oq chiziqning hosil
bo’lishiga yordam beradi, bu esa o’gituvchining “qo’li” bilan bo’r bilan chizib
chiqishda yengillik beradi va harflarni yozish jarayonini yengillashtiradi, chunki
yozuy taxtasining ustki qavatida bo’yoqlardan qolgan g’adir - budurlar bo’lmaydi.
3. O’qituvchining darsga tayyorlanishi. O’qituvchi har bir yozuv darslariga
va o’quv fanlariga qanday tayyorlanishi, mashg’ulotda ishlab chiqadigan
materialni qanday tayyorlab olishi mumkin. Butun darsga yetadigan sinf ishi uchun
materialni tayyorlash o’qituvchi uchun muhim ahamiyatga egadir. Ba’zida ayniqsa,
endi dars o’ta boshlayotgan o’qituvchida materiallar yetarli bo’lmaydi: bir xildagi
mashqlar mashg’ulotning sust va zerikarli o’tishida mashg’ulot so’ngida esa
minimal natijalarga erishiladi.
Dars uchun material tanlab olinadi, so’ng o’qituvchi o’z faoliyatini
o’quvchilarning qobiliyatiga va kuchiga qarab rejalashtirib olishi kerak. Agarda
dars o’tish jarayonida yozuv taxtasidan foydalanish kerak bo’lsa, o’gituvchi
oldindan kerakli materialni ishlab chiqishi lozim. Ko’pchilikka ma’lumki, hamma
narsaga birdaniga erishib bo’lmaydi: sinf yozuv taxtasida namunalarni chiroyli
qilib yozish - ko’proq mashqlami bajarishga va katta mahorat talab etadi. Noto’g’ri
yozilgan mashq esa o’quvchining o’qituvchiga bo’lan ishonchini yo’qolishiga
turtki bo’ladi. Bo’r bilan yozish texnikasining murakkabligidan tashqari ma’lum
92
bo’gan namunani yozuv taxtasiga joylashtirish ham amaliyotni talab etadi, shuning
uchun darsga tayyorgarlik ko’rishda bu yo’nalishda ham mashq qilib borish lozim.
Bundan tashqari o’qituvchi tanlab olayotgan materialining sifati ustida ham
bosh gotirishi kerak. Agarda darsga tayyorlangan material mazmunli bo’lsa,
o’quvchilar zo’r qiziqish bilan ishlaydilar va mashg’ulotlar ular uchun qiziqarli
tarzda o’tadi.
O’qituvchining asosiy diqqati sinfdagi barcha o’quvchilarni birgalikda, ahil
va hamkorlikda ishlashga va ularni jalb etishga qaratilishi lozim. Shu maqsadda
o’qituvchi oldindan qaysi o’quvchilarning bilimini dars jaroyonida sinab ko’rishi
kerakligini belgilab oladi. Sinfdagilar hamkorlikda, ahil bo’lib bajaradigan ish
qachonki o’qituvchining ta’lim berish shakli va ishga bo’lgan munosabati yuqori
darajada bo’lsagina ijobiy natijalar berishishi mumkin.o’quvchilar o’gituvchining
ularga nisbatan qilayitotgan kayfiyatiga bevosita sherik bo’ladilar. O’qituvchining
kayfiyati bo’shashib, parishon, ortiqcha hayojanlanish yoki haddan tashqari
harakatchan bo’lsa bu holat o’quvchilarga o’tib ularning ish faoliyatlariga salbiy
ta’sir ko’rsatadi. Qachonki o’qituvchi izchil , aniq o’ylab olgan va jonli ravishda
dars o’tsa o’quvchilarning darsga munosabati ijobiy bo’ladi va dars mazmuli
bo’ladi.
Shuningdek, o’quvchilarga uyga beriladigan topshiriqlarni ham oldindan
rejalashtirib qo’yish kerak. Beriladigan topshiriq o’quvchilarni mustagil ravishda
mashg bajarishga va o’tilgan dastur materialini mustahkamlab borishga o’rgatib
borishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |