56
borishi mumkin, ammo unga qo‘yiladigan
nazariy va amaliy
tayyorgarliklar tizimi belgilab qo‘yilishi va davlat standarti me’yorlari
tizimi ishlab chiqilishi darkor.
Barkamol avlod haqida so‘z borganda, “O‘tgan yillar davomida katta
kuch va mablag‘ hisobidan ta’lim sohasida barpo etilgan moddiy-texnik
bazadan oqilona va samarali foydalanish masalasi qanchalik muhim
ekanini barchamiz yaxshi tushunishimiz darkor”,– degan edi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov.
16
Raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlash tizimida ham tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. Ilmiy kadrlarni
tayyorlashda dunyo standartlariga mos
ravishda fan doktori ilmiy
darajasiga o‘tildi.
– Ilmiy pedagogik kadrlar(professor, dotsent), ular yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlaydi, yangi bilimlar va yangi g‘oyalarni yaratadilar.
– Pedagogik kadrlar (pedagogik o‘qituvchilar, muallim va
tarbiyachilar) shaxsni tarbiyalaydilar, yangi bilimlarni shakllanti radilar.
Ilmiy-pedagog
kadrlar
faoliyati
natijasida
yetishtiriladigan
mutaxassislar, zamonaviy kasbiy mahorat, ko‘nikma, bilimlarga ega,
mustaqilligimiz g‘oyalariga sodiq,
vatanga muhabbat, umuminso niy
qadriyatlarni biluvchi, milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalangan
bo‘lishi darkor.
Ilmiy-pedagogik xodimlar mehnati inson omillarini shaklla nishini
ta’minlashi kerak. Bu shakllanish jamiyat tarqqiyoti
bosqichlari uchun
zarur va talablariga mos bo‘lishi lozim. Ilmiy-pedagogik kadrlar nafaqat
bilimlar majmuasiga, balki olamni yaxlit, murakkab va doimo tarqqiy
etuvchi sistema sifatida qabul qilish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi lozim.
Pedagogik va psixologik bilimlarni egallagan bo‘lishi kerak.
Ijodiy o‘qitish va tarbiyaning intensiv
usullari hamda yangi
texnologiyalarini o‘zlashtirgan, ulardan foydalanayotgan bo‘lish lari kerak.
Ular o‘z bilimlarini doimo takomillashtirib borishlari zarur. Ilmiy
pedagogik kadrlarni tayyorlashning bu shartlari hozirgi zamon
pedagogikasi, pedagogning kasbiy kompetensiyasi mezonlariga mos
keladi. Bizning fikrimizga ko‘ra, pedagoglarni “ilmiy-pedagogik”
tushunchasi bilan nazariy jihat dan cheklab qo‘ymasligimiz zarur.
16
Каримов И.А.Баркамол авлод орзуси. Тошкент- 2000.
57
Pedagogika sohasida yuksak mahorat va oliy natijalarga erishgan
o‘qituvchilarga “ustoz-pedagog” atamasini qo‘llashimiz
maqsadga
muvofiq bo‘lib, ustoz-pedagogni quyidagicha tavsiflashimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: