Педагогик компетентлик


III BOB. Pedagogik kompetetlikni takomillashtirishning nazariy va



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/39
tarix15.03.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#87982
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
uslubiy qo\'llanma

III BOB. Pedagogik kompetetlikni takomillashtirishning nazariy va 
amaliy aspektlari 
 
3.1. O‘qituvchining nazariy tayyorgarligi 
Mamlakatimizda va boshqa bir qator xorijiy mamlakatlarda 
“Pedagogika”, “Pedagogik-psixologiya”, “Pedagogik mahorat asoslari” va 
nihoyat “Pedagogik kompetensiya” kabi o‘quv kurslari mavjud bo‘lib, ular 
bir-birini ko‘p hollarda takrorlaydilar. Ularning barchasi tomonidan ilgari 
surilayotgan nazariyalar pedagogik kompetensiya kursida to‘laligicha 
berilgan.


49 
O‘qituvchilik kasbini o‘rgatish mumkin emas, ammo uni o‘rganish 
mumkin. Pedagogik mahoratni shakllantirish o‘qituvchilarni tayyorlashda 
markaziy o‘rin egalaydi. Shuning uchun pedagogik- psixologiya 
predmetlari oliy maktabda o‘qituvchilarni tayyorlashning diqqat markazida 
bo‘ladi. 
“Pedagogik mahorat asoslari” kursini o‘rganishda quyidagi 
prinsiplarga asoslanilsa, bu faoliyat muvaffaqiyatli amalga oshadi. 
1. O‘qitishda umumiy yondashuv tamoyili - bu tamoyil shundan 
iboratki, bilim boshdan kechirilgan amaliy tajriba asosida egallanadi. 
Mashg‘ulotlar shunday tuziladiki, mavzuning nazariy holati munozarada 
anglaniladi, keyin pedagogik qobiliyatni o‘stiruvchi mashqlar o‘ynaladi, 
oxirida, muommoning muhimligi pedagogik treninglarda anglab yetiladi. 
2. Aktiv kommunikatsiya tamoyili - bu bilimlar sistemasini qayta 
ishlashni o‘z ichiga oladi va talabalarni aktivlashtirishga qaratilgan 
bo‘ladi: rolli o‘yinlarni o‘tkazish, musobaqa, faoliyat demonstratsiya 
qilingan fragmentning muhokamasidan, talabalarni darsni tashkil qilishga 
jalb etishdan iboratdir. 
3. Pedagogik faoliyatni qismlarga bo‘lib o‘rganish tamoyili - 
psixofiziologik va pedagogik treninglar orqali asta-sekinlik bilan alohidagi 
usullarni egallash. Har bir talaba o‘quv yili davomida qanday tushuncha
malakani egallashi zarurligini bilishi lozim. Dastlab, birinchi kurs talabasi 
o‘zining, tashqi ko‘rinishi, nutq, pedagogik muomala madaniyati 
tashkilotchilik texnikasini boshqarishi lozim. 
4. Pedagogik texnika va vazifalarni rivojlantirishda malaka va kichik 
dars berishdan ijodiy foydalanash. 
5. Yo‘nalish bo‘yicha yondashuv, mashg‘ulotlarda mutaxassislikni 
hisobga olish, pedagogik mahoratni shakllantirish. 
6. Bilim va malakaning o‘zaro bog‘liqlik tamoyili - bunda oliy
ta’limning laboratoriya mashg‘ulotlarini, akademik litsey, kasb-hunar 
kollej va maktablarda pedagogik amaliyotni tashkil etish kiradi. 
Pedagogik 
mahorat 
institut 
hayotini 
pedagoglashtirilganda 
muvaffaqiyatli kechadi. Ayniqsa talabalar bilan tugaraklarda, klublarda, 
studiyalarda ishlash foydalidir. Faqat oliy maktabning hamma pedagogik 
jamoasi va talabalarning o‘zaro birgalikdagi faoliyati kelgusidagi 


50 
pedagogda yuqori pedagogik mahoratni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi 
lozim. 
Quruq, ehtirossiz?, tor (qisqacha) "informatsiya" beruvchi darslar 
ilmiy va tajribaviy reja bo‘yicha kam ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun 
o‘qituvchining o‘z hissiyotlarini ifodalay olishi, ularni talaba sezadigan va 
o‘ziga tortadigan qilish muhim rol o‘ynaydi.
O‘z hissiyotlarini yaratishda o‘qituvchi nutq vositasining intonatsiyasi, 
fonetikasidan, tana zaboni ya’ni imo-ishoralari, mimikadan va ifodali 
gavda tuzilishidan foydalanadi. 
Nutq orqali o‘qituvchining hissiyoti talabalar tomonidan boshdan 
kechirilishi, u orqali o‘zining munosabatini, ahloqiy qadriyatlarni 
talabalarga o‘tkazadi. Bunday hissiy garmoniyaga erishish natijasida u 
talabaning milliy dunyosiga aktiv ta’sir ko‘rsatadi, uning bilish va amaliy 
faoliyatida o‘ziga xos katalizator hisoblanadi. Xohlagan o‘qituvchi bilishi 
lozimki, shaxsning e’tiqodi hissiyotsiz amalga oshmaydi. 
Amaliy o‘quv tarbiya ishlarida o‘qituvchi hissiyotining turlarini, 
ularning xususiyatlarini va o‘ziga xosligini bilishi zarur. Insonning 
ma’naviy dunyosi — bu juda xilma-xil va beto‘xtov hayajonlardan va 
hissiyotlardan iboratdir. Hissiyot hamma dunyoviy sezgilarimizga va 
dunyoviy munosabatlarimizga kirib keladi. Buyuk rus pedagogi 
K.D.Ushinskiy aytganidek, hissiyotda odamning butun turmush-tarzi, 
tarixiyligi ham ifodalanadi. 
Tafakkur va hissiyot “bosh” va “yurak” ning o‘zaro uyg‘unligiga 
o‘qituvchining pedagogik mahoratiga asoslanadi. 
Hissiyotni birinchi va ikkinchi darajaga ajratish mumkin. 
Insonning birinchi darajali hissiyoti evolyusiyaning biologik qatlamida 
shakllanadi va rivojlanadi, u hayvonlardagi dek instinkt va sezgilardan 
iborat bo‘lgan hissiyotdir. 
Ikkinchi darajada, insonlarga xos bo‘lgan hissiyot ijtimoiy asosda 
yuzaga keladi. 
Pedagogik va psixologik fanlarda insonlarga xos hissiyotlar ni yuzaga 
keltiradigan predmetlar asosida farqlanadi. Masalan; axloqiy normalar, 
mehnat, aqliy, amaliy, estetik hissiyotlarning borligi to‘g‘risida 


51 
gapiradilar. Tevarak atrofning predmeti sifatida aniklash ularni mazmuniga 
ko‘ra birlashtirish demakdir. 
B.Spinoza: “Qoniqtiradigan yoki qoniqtirmaydigan, ijobiy yoki salbiy 
hissiyotdan boshqa hissiyot yo‘q" - degan edi. 
Ijobiy hissiyotga - go‘zal va yuksak hislirimiz kiradi. 
Salbiyga esa - axloqsizlik va pastkashlik kiradi.
Ular orasida esa tragedik va komik hislar mavjud. Ularni hissiy 
boshdan kechirish (ijobiy va salbiy) qachonki inson hissiyotlarini boshqara 
olsa o‘shanda hosil bo‘ladi. Hissiyotning tabiati oliy nerv sistemasiga 
bog‘liqdir. Hissiyot organizmning tashqi va ichki holatiga ta’sir etadi. Bu 
haqida barcha o‘qituvchilar bilishi kerak va bolalarning estetik 
hissiyotlarini rivojlanti rish metodikasini egallashlari lozim, ayniqsa ijobiy 
hislatlar ni, faqat ularga, faqatgina ularga pedagogik faoliyatning 
muvaffaqiyatiga bog‘liqdir. 
3. Ijtimoiy tajriba va amaliy faoliyatda rivojlanadi va egallanadi, 
shakllanib boradi. 
Ta’lim va taraqqiyotning o‘zaro munosabati muammosini psixolog 
L.S.Vыgoskiy hal etdi: “Ta’lim jarayoni taraqqiyot jarayoniga mos 
kelmaydi; ta’lim jarayoni taraqqiyotdan ilgarilab ketadi va bolalar 
psixikasining taraqqiy etishini ergashtirib boradi, unga yakin istiqbol ochib 
beradi" - deydi u. 
Psixolog 
L.S.Vыgoskiyning 
nazariy 
fikrlari 
pedagog 
A.S. 
Makarenkoning fikrlariga mos keladi. Masalan: A.S.Makarenko bolalar 
kitobining tarbiyaviy ta’siri haqida gapirib, “u bolaning yosh kompleks 
xususiyatlarini hisobga olishi lozim”, “u bu kompleksdan oldinda bo‘lishi 
zarur” bolani “u yurmagan yo‘llar bo‘yicha” olib yurish kerak degan edi. 
Demak, talabaning rivojlanish darajasini shartli shaklda ikkiga ajratish 
lozim. Birinchisi uning mustaqil harakat qila olishi bo‘lsa, ikkinchisi 
talaba ustozlari yordamida qila oladigan xatti-harakatlaridir. Bu psixik 
tarakqiyot usuli uning eng yaqin persepsiasidir. Taraqqiyotning shu ikki 
bosqichini taqqoslab, bolaning shu paytdagi taraqqiyot darajasi va 
kelajakdagi taraqqiyot imkoniyatlari haqida fikr yurita olamiz. 
A.S.Makarenko har bir bolaning kamolat imkoniyatlariga va 
tarqqiyotning perseptiv yo‘llarini aniqlashga katta e’tibor bergan edi. U 


52 
“shaxs loyihasini tuzishga” o‘z tarbiyalanuvchilarida hosil bo‘ladigan 
ijobiy hislatlarni mustahkamlash va takomillashtirish, salbiy sifatlarni esa 
to‘xtatish yoki ularga barham berish uchun ijobiy hislatlarga tayanishga 
intilar edi. 
Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi. 
Tarbiya qoidalari: 
■ tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi; 
■ tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi; 
■ tarbiyaning hayot bilan, mehnat bilan bog‘liqlikdagi qoidasi; 
■ tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar usti vorlik 
qoidasi; 
■ tarbiyada talabalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish 
qoidasi; 
■ izchillik, tarbiyaviy ta’sirning birligi va uzluksizligi qoidasi. 
A.V.Lunacharskiy “Aqlli va tajribali o‘qituvchi uchta savolga javob 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin