bilimdonlik”, “berilgan vazifalarni munosib bajarish xususiyati”,
“faoliyatni dolzarb va tezkorlik bilan bajarish qobiliyati”, deb
tushuntirishga urinadilar.
Kasbiy
kompetensiya
mutaxassisning
kasbiy
tayyorgarligi
jarayonlarida shakllanadi va takomillashib boradi. Oliy o‘quv yurtida olib
borilgan ta’lim kasbiy kompetentlik asoslarini shakllanishi jarayoni deb
qaralsa, malaka oshirish tizimidagi o‘qish bu kasbiy kompetensiya
takomillashuvi va yanada chuqurlashuvi jarayoni sanaladi hamda
kampetensiyaning oliy darajaga ko‘tarilishi deb baholash mumkin. Bunda,
albatta, “kompetentlik” va “kvalifikatsiya – “malaka” tushunchalarining
pedagogik mohiyatini bir-biridan farq qila bilishni talab qiladi. Mutaxassis
uchun berilgan malaka undan mazkur kasb bo‘yicha tajriba talab qilmaydi,
balki o‘quv jarayonlari davomida olgan bilim va ko‘nikmalarini ta’lim
standartlari talablariga javob berishini ta’minlaydi. Kvalifikatsiya bu
kasbiy ta’limning shunday turi va darajasiki (tayyorgarlik), u mutaxassis
uchun ma’lum bir ish joyida ishlash imkonini beradi. Mutaxassis o‘zi
uchun zarur bo‘lgan kasbiy tajribaga ega bo‘lmay turib, malaka oshirishi
mumkin. Shulardan ko‘rinib turibdiki, “professionalizm” tushunchasi
“kasbiy kompetensiya” tushunchasiga nisbatan ancha kengroqdir.
40
Professional – o‘z kasbining ustasi bo‘lish, nafaqat bilish, ularni qanday
amalga oshirishni bilishgina emas, balki ana shu bilimlarni hayotga tatbiq
eta olish hamda samarali natijalarga erishishi ham demakdir.
Professionalizm deganda, unga baho berishda, so‘z samarali kasbiy
faoliyat to‘g‘risida bo‘lishi lozim. Pedagogik kompetensiya va
professionalizm haqida va ularni bir-biridan ajratib turuvchi jihatlari
to‘g‘risida gaplashib o‘tdik. Demak, professionalizm mutaxassis kasbiy
jihatdan
o‘sishining turli qirralarini aks ettiradi va kasbiy
kompetensiyaning to‘rt turini o‘zida ta’minlaydi.
1. Ijtimoiy yoki faoliyat ko‘rsatuvchi kasbiy kompetentlik oliy
darajadagi kasbiy faoliyat hisoblanib, o‘z tarkibiga nafaqat maxsus
bilimlarni egallaganlikdan tashqari ularni amaliyotda qo‘llay olishni bilish
demakdir.
2. Ijtimoiy kasbiy kompetensiya hamkorlikda olib boriladi gan faoliyat
usullarini egallaganlik, kasbiy muloqot usullariga ega bo‘lish.
3. Shaxsiy kasbiy kompetensiya. O‘z-o‘zini namoyish qilish va
rivojlantirish, kasbiy deformatsiya, tanazzulni oldini olish, usullarini
egallaganlik, ularning ichiga mutaxassis tomonidan o‘z kasbiy faoliyatni
rivojlantirish, mustaqil qaror qabul qilish, muammolarni anglash
xususiyatlari ham kiradi.
4. Individual kasbiy kompetensiya o‘z-o‘zini boshqarish yo‘lini
egallaganlik, kasbiy o‘sishga tayyorgarlik, o‘z ishiga sodiqlik, sabr-toqat
hislatlari bilan xarakterlanadi.
|