35
O‘zgarmas tizimning bosh bo‘lagi texnologik tayyorgarlik sanaladi
hamda o‘quv va ta’lim yo‘nalishiga qarab moslashtiriladi. Bugungi kunda
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini uch guruhga bo‘lish nazarda tutiladi:
bular umumiy ta’lim, innovatsion va maxsus ta’lim maktablaridir.
Yangi avlod o‘qituvchilarini tayyorlashning asosi, bizningcha, oliy
pedagogik ta’limning fundamentallashuvi va o‘zgarib borishida ko‘zga
tashlanadi.
Jumladan, ijtimoiylashtirish, tabaqalarga bo‘lib o‘rgatish va
innovatsion-pedagogik texnologiya larni ishlab chiqish hamda ularni
hayotga keng tatbiq qilish ana shular jumlasidandir.
Hozirgi zamon oliy pedagogik ta’lim tizimining o‘ziga xos asosiy
xususiyati uning uzluksizligi va davomiyligidir. Bakalavr, magistr,
mutaxassis kabilar shular sirasiga kiradi. O‘qitishning yangi shakllari
eksterant, distatsion — ya’ni, masofadan turib ta’lim olish, internet-ta’lim
va
shu bilan birga, yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatlarga mos turli
ko‘nikma, bilim va tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tayyorlash zarurati
har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. Ana shunday
o‘qituvchilar tayyorlash modeli zamon va ijtimoiy hayot talablariga mos
mutaxassislar tayyorlash va ularning kasbiy mahoratlarini oshirishni
ko‘zda tutadi.
Universitetlar, gimnaziya, ma’lum predmetlarni chuqur o‘rgatishga
mo‘ljallangan maktablar va ixtisoslashtirilgan guruhlarga o‘qituvchilar
tayyorlashni nazarda tutgan holda faoliyat yurgazishlari lozim.
Pedagogik universitetlar esa umumta’limning
barcha maktablari
uchun, birinchi navbatda, metodik va psixologik-pedagogik tartiblarni
nazarda tutgan holda mutaxassislar tayyorlashlari darkor.
Texnik (tarmoq) oliy o‘quv yurtlari esa litsey va kollejlar uchun,
ma’lum ixtisosliklarni nazarda tutgan holda o‘qituvchilar tayyorlashlari
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yuqorida taklif qilingan modellarning eng muhim jihatlari turli ta’lim
muassasalari talablaridan kelib chiqqan holda mutaxassislar tayyorlash va
ularning malakasini oshirishdan iboratdir.
Fanning tezkor suratlarda rivojlanishi bilan jamiyat buyurtmalari
o‘rtasidagi
nomutanosiblik, o‘qituvchilar tayyorlashga qo‘yilayotgan
talablarning yanada o‘sishi, bu sohada quyidagi asosiy shartlarni
36
ko‘ndalang qo‘yadi: bunda zamonaviy ta’lim tajribalaridan kelib chiqib,
o‘qituvchilar tayyorlashning turli yo‘nalishlarini qamrab olgan model
tavsiya etiladi, bu ishga turli sohalarga ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv
muassasalari jalb qilinadi.
Davlat tomonidan tavsiya etilgan umumiy ta’lim modelining
instrumental qismi, ya’ni qo‘llanmalar tayyorlash bo‘limi alohida qayta
tashkil etishga molik. Chunki o‘qituvchining
bugungi kun talab
darajasidagi tayyorgarligi masalasi shunga bog‘liqdir. O‘qituvchi
faoliyatining ilmiy-metodik ehtiyojlari turli yo‘nalish va sohalaridagi
ta’lim maskanlariga moslashtiriladi.
Oliy pedagogik ta’lim tizimida qo‘llanib kelinayotgan mavjud model
qolipi barcha uchun umumiy hisoblanadi. Uning talablari omma uchun
tushunarli bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Qo‘llashda esa aniq reja va maqsadlar
belgilab olinadi. Umumiy model qolipi bilan cheklanib qolmay,
balki
instrumental-model andozasini ishlab chiqish zamon talabidir. Bu yangi
model tizimida o‘qituvchi-murabbiyning vazifalari, kompetentligi, ilmiy
tadqiqotlar, ilmiy-nazariy metodlar,
ijtimoiy-pedagogik, madaniy-ma’rifiy
masalalar, tashkiliy, boshqaruv va taraqqiy etishni yo‘naltirish masalalari
o‘z aksini topishi lozim.
Dostları ilə paylaş: