28
o o‘z jamoasi a’zolari va o‘qituvchilarning
tanqidlariga tayyor
bo‘lishlik, o‘z faoliyatiga o‘zgarishlar kirita olish;
o ijtimoiy voqelik va atrof-muhitga nisbatan shaxsiy qarashlariga ega
bo‘lish va ularning talabalar bilan muhokama qilish, o‘rtoqlashish;
o tanqid va refleksiya (o‘z-o‘zini nazorat va tahlil qilish)ga nisbatan
yuqori layoqatda bo‘lish;
o nasihatgo‘ylik va manmanlikdan o‘zini saqlay olish;
o muhokama qilinayotgan har qanday muammo va qarashlarga
to‘g‘ri munosatbatda bo‘lish;
o
o‘z sha’niga aytilayotgan tanqidlarga samimiy munosabatda
bo‘lishlik;
o shaxsiy yondashuv va o‘z ta’lim yo‘nalishiga ega bo‘lish va
beparvo bo‘lmaslik;
o
o‘z fikr va qarashlarini talabalar bilan o‘rtoqlashish;
o ifodali so‘zlash, ravon, so‘z boyligiga ega bo‘lish.
Pedagogik qobiliyat - pedagogning pedagogik faoliyatga yaroqliligini
va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana
olishini, shuningdek,
pedagogik jarayonlarni takshil etish va boshqara olishini ifodalovchi
qobiliyat.
Kasbiy motivatsiya - kasbga tegishli vazifalarni
bajarish va kasb
tanlashni belgilovchi, atrof, borliq omillari, kasbga yo‘naltirishga oid
faoliyat ta’sirida shakllanuvchi mayldan iborat.
O‘qituvchining kasbiy kompetensiya bazasi shundan iboratki, ta’limiy,
rivojlantiruvchi muhitni tashkil qila olishi ko‘nikmasiga ega bo‘lish
kerakki,
talabalarda bilim, ko‘nikma malaka shakllansin. Ta’lim jarayoni
shunday tashkil etilishi lozimki, bunda
talabalarda qiziqish ortsin, shu
bilan birga o‘ylash va munozara yuritish, dolzarb savollarni qo‘ya olish,
mustaqil tafakkurni shakllantirish, g‘oyalar yaratishga o‘rgatish,
turli xil
nuqtai nazarlarni aytish ko‘nikmasini shakllantirish.
Har qanday o‘qituvchining maqsadi dars jarayonidagi vaziyatlarni
“rivojlantiruvchi muhit”ga aylantira olishi kerak. Buning uchun
o‘qituvchida kompetentlik yondashuv quyidagi
asosiy tamoyillar asosida
yuzaga keladi.
29
1. Ta’lim muhiti talaba shaxsining ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatga
erishish va qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatishi lozim.
2. Talabalar imkoniyatlarini ta’lim natijalariga ko‘ra baholashni
ta’minlash va o‘z-o‘zini baholash jarayonida uni qo‘llash.
3. Talabalarni mustaqil, asosli faoliyatlarini tashkil etish ularni shaxsiy
motivatsiyasi va mas’uliyatini oshirishda turli shakllardan foydalanish.
4. Har bir millatning
tarixi va madaniyati, oila va jamiyat
qadriyatlarini hurmat qilish va unga amal qilish.
5. O‘zgalar va o‘z fikrini hurmat qilish xushmuomalali bo‘lish.
6. O‘z hato va kamchiliklarini bilishi va uni mustaqil ravish da tuzata
olish.
7. Hayot xavfsizligi va sog‘lom turmush tarzi asoslarini egallagan
bo‘lishi kerak.
Ta’lim vazifalarini amalga oshirishda hayot davomida ahamiyatga ega
bo‘lgan kompetensiya zarur bo‘ladi. Ular quyidagilar:
- kommunikativ kompetensiya;
- informatsion kompetensiya;
- muammolarni hal eta olish;
- rivojlantiruvchi muhitni yaratish.
Dostları ilə paylaş: