22
Pluton, Aristotel, Sa’diy Sheroziy va Bedil fikrlari bilan dalillagan holda
zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. Adib Vatan muhabbatini, uning
uchun kurashmoqni eng yaxshi insoniy hulqlardan hisoblaydi.
“Vatan – bu har bir kishining tug‘ilib o‘sgan shahar va mamlakati, uni
qadrlamoq, sevmoq, yashartmoq kerak”, – deydi. Abdulla Avloniy o‘z
asarlarida ta’lim-tarbiya to‘g‘risida to‘xtalib, “Tarbiya bizlar uchun yo
hayot, yo momot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” –
degan edi.
Ta’lim-tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va
garovi, davlat va jamiyat nazoratidagi umummilliy masala, uning maqsadi
va vazifasi komil inson tarbiyasidir, ta’lim-tarbiya ajratib bo‘lmaydigan
uyg‘unlikdir.
13
Yuqoridagi
fikrlarni
umumlashtirgan
holda
pedagog
kasbiy
kompetensiyasi mohiyatining teng yarmini tarbiyaga oid munosabatlar
tashkil etishini ko‘ramiz. Pedagogning jamiyat oldidagi eng muhim burchi,
faoliyatining natijasi komil inson tarbiyasidir.
Dostları ilə paylaş: