23
yoki bu mutaxassisligi bo‘yicha tayyorgarligi malaka tasnifi –
kompetensiya egasi bo‘lgan pedagog me’yoriy modelida aks etadi.
Kvalifikatsiya, malaka tasnifi – bu bir qator talablar yig‘indisidan
iborat bo‘lib, o‘qituvchining nazariy va amaliy tajribalari darajasini
ko‘rsatadi. Umuman olganda, psixologik-pedagogik bilimlar o‘quv
dasturlarida aniq belgilab qo‘yilgan. Psixologik-pedagogik jihatdan
o‘qituvchining tayyorgarligi metodologik asoslar, pedagogik darajalar,
shaxsning ijtimoiy takomillashib borishiga suyanadi. Mohiyatan ta’lim-
tarbiya maqsadlari va texnologiyalariga asoslanadi.
Pedagogik-psixologik va (maxsus) fanlar bo‘yicha bilimlar kasbiy
kompetensiya egasi bo‘lish uchun yetarli emas, bu bilimlarning
ko‘pchiligi, xususan, nazariy, amaliy va metodologik bilimlar
o‘qituvchining itellektual amaliy malaka va mahoratini oshishiga sabab
bo‘ladi. Pedagogik mahorat keng qamrovli uzluksiz faoliyat bo‘lib, shaxs
kamoloti uchun xizmat qiladi. Bu tushuncha nazariy bilimlarning bo‘lg‘usi
o‘qituvchilar amaliy tayyorgarligi dagi ahamiyatini yanada oshiradi.
Dostları ilə paylaş: