O‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi tizimi – pedagogik mahorat
orqali namoyon bo‘ladi. Kasbiy tayyorgarlik modelini shakllantirishda
umumiylikdan xususiy mahorat sari boriladi. Umumiy mahorat – bu
pedagogik fikr yuritish va faoliyat yurgazish hisoblanadi, fakt va
hodisalarni nazariy jihatdan tahlil qilishga undaydi. Pedagog uchun zarur
bo‘lgan mahoratning bu ikki unsurini birlashtirish asosida konkretlikdan
obstraklikka, ya’ni aniqlikdan mavhumlik sari o‘tiladi. Ular sezgi, tafakkur
va nazariy asoslarda yuz beradi. Tahlil etishni nazariy darajaga olib
chiqish
mahorati
bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni pedagogik mahoratga
o‘rgatishning yoki pedagogik mahoratni yanada takomillashtirish ning eng
muhim vazifalaridan biri sanaladi. Pedagogik masalalarning umumlashgan
ligiga qaramay, pirovard natija, yechim “fikrlash, faoliyat yurgazish,
fikrlash” mana shu uchlikka kelib taqaladi hamda pedagogik faoliyat
unsurlari va unga mos bo‘lgan axborot bilan uyg‘unlashib ketadi. Natijada
o‘qituvchining kasbiy kompetentligi modeli uning nazariy va amaliy
tayyorgarligi sifatida namoyon bo‘ladi.
1. Pedagogik kompetensiya o‘qituvchi kasbiy faoliyati uchun zarur
bo‘lgan bilim, mahorat, ko‘nikma;
24
2. Muammolarni muvaffaqiyatli yechish qobiliyati, oliy darajadagi
kasbiy mahorat.
3. Kasbiy faoliyati davomida pedagog tomonidan qo‘llanilgan
texnologiyalar, metodlar va usullar yig‘indisi.
4. Turli tajribalar yig‘indisi, pedagogik faoliyatdagi katta tajriba.
Pedagogik kompetensiya pedagogika sohasidagi bilim, mahorat, ko‘nikma,
ma’lumotlilik va obro‘-e’tibor.
Yana bir qator olimlar kompetensiyaning to‘rt turini ajratib
ko‘rsatadilar:
1. Funksional, ya’ni kasbiy bilim va mahoratini amalda ro‘yobga
chiqara olish demakdir.
2. Intellektual, ya’ni tahliliy fikr yuritish va o‘z vazifalarini bajarish
uchun kompeleks yondoshish qobiliyatidir.
3. Vaziyatga xoslik. Vaziyatga qarab harakat qilish qobiliyati.
4. Ijtimoiy, kommunikativ va integrativ qobiliyatlar. Har qanday
jamoada til topa olish qobiliyati.
Pedagog olima T.L.Xurvalieva kasbiy kompetensiya tizimini besh
guruhga ajratadi.
Kasbiy kompetensiya:
- pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo‘lish;
- o‘z ustida ishlash;
- ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqani o‘rnata
olish;
- talabalar ehtiyojini anglay olishi;
- talabalarda motivatsiyani shakllantirish;
- ta’lim muhitiga yangilik kiritishi;
- o‘z fanini mukammal bilishi;
- ingliz tilini yaxshi bilishi.
Kasbiy kompetensiyani shakllanish bosqichlari:
1. O‘z-o‘zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash.
2. O‘zini rivojlantirishni rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash.
3. O‘zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish.
Shaxsiy kompetensiya:
- muloqotchanlik;
25
- bag‘rikenglik;
- yetakchilik;
- faol,tashabbuskor;
- moslashuvchan;
- sog‘lom turmush tarziga amal qilish;
- mas’uliyat;
- ishchanlik;
- insonparvarlik;
- umummadaniy;
- ma’lumotli;
- madaniyatli;
- umuminsoniy qadriyatlarga egalik;
- milliy madaniyatga ega bo‘lish;
- mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish;
- boshqa millatlarning madaniyatini hurmat qilishi.
Maxsus kompetensiya:
- talabalar ehtiyojini bilishi;
- turli yosh xususiyatlarini bilishi;
- ta’limni tabaqalashtirish;
- ta’limni individuallashtirish.
A.V.Xutorskiy ta’limda o‘qituvchining yetti kompetensiyasini
tavsiflaydi:
1. Dunyoqarash asnosida ya’ni qadriyat va o‘zini anglash -
o‘qituvchining dunyoqarashi, tasavvuri va qadriyati bilan bog‘liq ravishda
namoyon bo‘ladi. U atrof-muhitdagi voqea va hodisalar ning mohiyatini
ko‘ra oladi va tushunadi bunga o‘zini yo‘naltiradi, pedagog sifatida o‘z
fikrini asoslay oladi. Muammo yechimini topa oladi. Bu kompetensiya -
o‘qituvchining o‘quv va boshqa faoliyatlari dagi o‘z-o‘zini anglash
mexanizmini ta’minlaydi.
2. Umummadaniy milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo‘lish;
mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish; oilasiga, urf-odatlarga
hurmat; ijtimoiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish. Ilm- fanning inson hayotiga va
dunyo rivojiga ta’sirini anglay olishi va talabalarga tushuntira olishi.
26
3. O‘quv va bilish jarayoni - o‘qituvchining mustaqil bilish faoliyati.
Mantiqiy fikrlashi. O‘quv-biluv faoliyatini baholashi, bilim va
ko‘nikmasini tahlil qila olishi.
4. Ma’lumotga ega bo‘lish - pedagogik faoliyati, o‘z faniga doir
ma’lumotlarni egallash ko‘nikmasi.
5. Muloqotchanlik - til bilishi, turli xil insonlar bilan muloqotda
bo‘lishi, jamoada o‘ziga xos o‘rinda turishi.
6. Ijtimoiy - foydali mehnat, oilaviy munosabatlar va mas’uliyat,
jamiyat rivojidagi ishtiroki, ijtimoiy foydali mehnat qilishi. Iqtisodiy va
huquqiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
7. O‘z ustida ishlashi - jismoniy, ma’naviy, intellektual jihatdan o‘z-
o‘zini rivojlantirib borishi. Hissiyotini boshqarish.
Kvalifikatsiya va kompetensiyaning o‘zaro munosabati:
Kvalifikatsiya - potensial faoliyatda bilim va ko‘nikmaning namoyon
bo‘lishi.
Kompetensiya - bilim, ko‘nikma, malaka, qadriyat, boshqa shaxsiy
sifatlar, ijobiy natijalarni faoliyatda ko‘rinishi.
Didaktik kompetensiya:
- o‘qitish muhitini yaratish;
- mavzu mazmunini yoritishni rejalashtirish;
- o‘quv jarayonini boshqarish;
- talabalarga motivatsiya berish va yordam ko‘rsatish;
- talabalar bilimini anglash va ularni rivojlantirish;
- talabalarning yutuqlari va rivojlanishlarini baholash;
- fanlar bo‘yicha kompetensiyaga ega bo‘lish.
Ta’lim sifatini belgilovchi omillardan biri bu o‘qituvchi ning o‘z fani
bo‘yicha kompetensiyaga ega bo‘lishidir. U pedagogik moslashuv tizimi
asosida namoyon bo‘ladi:
- ilmiy bilim;
- turli xil faoliyatni bajara olishi (namuna, misol keltira olishi);
- muammoli vaziyatlarni samarali yechimini topishda ijodiy faoliyat
asosida yondashish;
- jamiyat va insonlarga, tabiatga ijobiy emotsional munosabat da
bo‘lish tajribasi.
27
Professional pedagog o‘z kasbining yetuk ustasi – ustoz pedagog,
albatta uning pedagogik mahorati bo‘ladi. U barcha vaziyatlarda ham o‘z
faoliyatini muvaffaqiyatli olib boradi. U albatta, zamonaviy metod va
usullarni muntazam o‘rganib boradi, pedagogik kasbiy kompetensiyaga
ega bo‘ladi. Chunki shu hislatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘zi bilgan,
bilmagan holda haqiqiy kompetensiya egasi bo‘ladi. Mehnat qilish
madaniyatigagina emas, balki yuksak umuminsoniy madaniyatlar: odob-
axloq, qadriyatlar va obro‘-e’tibor egasi bo‘lishi o‘z-o‘zidan ayon. Shu
bois ham, talabalarning kasbiy kompetensiya egasi bo‘lib yetishishlari
uchun Milliy dasturimizda uch bosqichli tizim bo‘yicha ta’lim-tarbiya
beriladi. Oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasi mezonlari haqida
olimlarimiz olib borayotgan izlanishlar hali yetarli emasligi ko‘zga
tashlanib turibdi.
O‘qituvchi kasbiy kompetensiyasi masalasida T.L.Xurvalieva olib
borgan ilmiy izlanishlar diqqatga sazovordir.
O‘qituvchining kompetensiya modelini keltiramiz:
1. Pedagog faoliyatining maqsadi va mazmuni.
2. Kasbiy sifatlar.
3. Pedagogik qobiliyat, metod va texnologiyalar.
4. Kasbiy motivatsiya.
Pedagog faoliyatining maqsadi va mazmuni:
- talabalarning o‘z-o‘zlari bilan erkin bo‘lishlari uchun erkinlik berish;
- har bir talabaning o‘zini rivojlantirishiga erishish;
- talabalarning individual shaxsiy xususiyatlarini rivojla nishiga
yordamlashish;
- talabalarning qobiliyati, qiziqishi va imkoniyatlariga tashkil etilgan
ta’lim jarayonining mos kelishi;
- talabalarning qiziqishi va layoqatlarini hisobga olgan holda, foydali
narsalarni o‘zlashtirishlariga undash;
- talabalar ma’naviy qadriyatlarni o‘rganishlari asosida axloqiy va
insoniy sifatlar rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: |