Robototexnikada va ishlab chiqarishda axborot texnologiyalari.
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fanining asosiy vazifalari
Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan jarayon axborot texnologiyasi deb ataladi. Axborot texnologiyasi – axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar.
Multmediya va Internet texnologiyalarining paydo bo’lishi va keng tarqalishi AT ni muloqot, tarbiya, jahon hamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini beradi. Axborot texnologiyalarining shaxsiyat rivoji, kasbiy belgilash va “oyoqqa turish”dagi ahamiyati yaqqol sezilib turibdi.
Multmediya va Internet texnologiyalarining paydo bo’lishi va keng tarqalishi AT ni muloqot, tarbiya, jahon hamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini beradi. Axborot texnologiyalarining shaxsiyat rivoji, kasbiy belgilash va “oyoqqa turish”dagi ahamiyati yaqqol sezilib turibdi.
Multmediyali texnik vositalarga ega bo’lgan kompyuterlar, smartfonlar, planshetlar video va audio axborotlarning didaktik imkoniyatlaridan foydalana oladi. Gipermatn tizimlari yordamida matnning o’zida murojaatlarni tashkil qilsa bo’ladi, bu esa kalit so’zlar yordamida kerakli ma’lumotlarni izlashni osonlashtiradi.
Axborot lotincha “informatio” so’zidan olingan bo`lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqida ma'lumot ma'nosini anglatadi.
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, etarliligi, aktualligi, o`z vaqtidaligi, aniqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy iste'mol sifat ko`rsatkichlari bilan bog`liqdir:
axborotning mazmundorligi — semantik (mazmuniy) hajmini ifoda etadi.
axborotning yetarliligi (to’laligi) — qaror qabul qilish uchun minimal, lekin etarli tarkibga (ko`rsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. To`g`ri qaror qabul qilish uchun to`liq bo`lmagan, ya'ni etarli bo`lmagan, xuddi shuningdek, ortiqcha bo`lgan axborot ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari samaradorligini kamaytiradi.
axborotning aktualligi (dolzarbligi) — axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o’zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo`lgan vaqtdan buyon o`tgan vaqt oralig`iga bog`liq bo`ladi.
Mazkur fanning asosiy maqsad va vazifasi talabalarga raqamli taraqqiyot asrida texnik tizimlarda axborot texnologiyalari bilan tanishtirish, texnik sohalarida ishlatilayotgan dasturlar paketini amaliyotda qo’llay olishni o’rgatishdir.
Kursda Word, Excel, Access, Photoshop, TEX, LaTEX, CorelDRAW, AutoCAD, Compas, NX, 3DMax, Publisher, Promt, Oracle, My SQL, Ms Access, MS Visio, CAD, CAM, CAE, CATIA, Joomla, 1C-Bitrix, Drupal kabi dasturlar bilan texnik tizimlar masalalarini avtomatlashtirilgan holda yechish va ularni tahlil qilish uslublariga asosiy e’tibor berish bilan birga, axborot texnologiyalari va uni ta’minlovchi quyi qismlarining mohiyati, axborot tizimlarini tarkib toptirish uslubiyatlari haqida boshlang’ich tushunchalar beriladi.