O‘qituvchilarni professional tayyorlashning zamonaviy modelini
(andozasini) hayotga tatbiq etishdan ko‘zlangan maqsad kadrlar tayyorlash
sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish, pedagogika oliy o‘quv
yurtlari bitiruvchilarining harakatchanligi va o‘zlari tanlagan kasb
yo‘nalishlarida dadil faoliyat ko‘rsatishlari uchun sharoitlar yaratib beradi.
O‘qituvchilarni professional kasbiy tayyorlashning turli-tuman
modellari ichida kompetensiya modeli ham alohida o‘rin tutadi. Shu
o‘rinda, kasbiy kompetensiya va pedagogning professionallik masalalarini
bir-biridan ajratib olishimiz darkor. Biz yuqorida mamlakatimiz va xorijiy
pedagog olimlar ning izlanish va tadqiqotlariga e’tibor qaratar ekanmiz, bir
qator tayanch pedagogik atamalarni tilga oldik. Bu atama va
tushunchalarning mazmun-mohiyati bir-birini to‘ldirib, pedagogik faoliyati
qirralari sifatida, ma’lum atama unsurlari sifatida qo‘llanildi, ular:
• pedagogik mahorat;
• kasbiy tayyorgarlik;
37
• professionalizm;
• pedagogik kompetensiya;
• kasbiy kompetensiya;
• zamonaviy pedagog;
• zamonaviy o‘qituvchi;
• zamonaviy model;
• pedagogik kompetensiya modeli;
• professional tayyorlashning zamonaviy modeli.
Biz keltirayotgan atamalarni qo‘llashdagi kamchiliklar, birinchidan rus
tili yoki boshqa xorijiy tillardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilib olishdagi
nuqsonlar hisoblanadi. Ikkinchidan, ularning mazmunini bilmay turib,
qanday ma’noda qo‘llanilayotgan ligini anglamay turib, maqsadimizni
to‘g‘ri belgilay olmaymiz. Mazkur uslubiy qo‘llanmamizda, biz oliy ta’lim
o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligi masalasida fikr yuritar ekanmiz, uni
darsga tayyorgarligi masalasida emas, o‘zining umumiy faoliyatini
bajarish borasidagi tayyorgarligi to‘g‘risida to‘xtalishni vazifa qilib
qo‘yganmiz.
Rene Dekard ta’kidlaganidek, “So‘zni to‘g‘ri aniqlab oling, shunda siz
dunyoni tushunmovchiliklarining teng yarmidan xalos qilgan bo‘lasiz”.
Demak, pedagogik mahorat o‘z kasbiy faoliyatida turli usullarni, yo‘llarni
mahorat bilan qo‘llab, o‘z faoliyatini muvaffaqiyat bilan bajarish
demakdir. Pedagogik professionalizm ana shu mahoratni oliy darajadagi
nazariy va amaliy bilimlarni, tajribalarni, mahoratni qo‘llagan holda
bajarish demakdir. Demak, u mahoratga nisbatan ancha baland darajani
aks ettiruvchi tushuncha hisoblanadi. Unda kompetensiyani qaysi o‘ringa
qo‘yish mumkin?
Professonalizm – o‘z kasbining ustasi degan ma’noni beradi.
Kompetensiya esa o‘z kasbiga munosib, o‘z kasbini har tomonlama
uddalay oladi degan ma’noni anglatadi. Shunday qilib, pedagogik kasbiy
kompetensiya professionalizm bilan mahoratli yoki pedagogik mahorat
o‘rtasida turuvchi tushuncha ekan. O‘zbek tilida “professionalizm”ni
“master”– “usta”, “masterstvo” – “mahorat” so‘zlari bilan umumlashtirib,
ustoz atamasini ham qo‘llash mumkin. Ammo xalqaro andozalardan kirib
38
kelgan “professionalizm” va “kompetensiya” tariqasida qo‘llashni
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Shu ikki atamani tushuntirish,
ularning farqini aniqlash orqali o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi
masalasi haqidagi fikrimizni dalillashga harakat qilamiz. Kasbiy
tayyorgarlikning eng asosiy qismi hisoblangan nazariy tayyorgarlikni
avval tahlil qilib olamiz.
Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar
ularni hayotga tatbiq etish o‘qituvchi zimmasiga kelib tushadi. Aynan
o‘qituvchi barcha yangiliklarni amaliyotda ro‘yobga chiqaruvchi eng
asosiy shaxs hisoblanadi. Turli innovatsion g‘oyalarni amaliyotga
muvaffaqiyatli tatbiq etish uchun yangi sharoitlarda oldinga qo‘yilgan
vazifalarni
bajarish
uchun
pedagog
zarur
darajadagi
kasbiy
kompetensiyaga va professionalizmga ega bo‘lishi lozim.
14
To‘g‘risini
aytish kerak, dunyo olimlari oldida keyingi o‘n yilliklarda “pedagogik-
professionalizm”ga nisbatan “kasbiy kompetensiya” psixologik fanlarning
o‘rganish ob’ektiga aylandi, ammo ko‘p hollarda KZK, ya’ni kasbiy zarur
kompetensiyalar doirasida ilmiy izlanishlar olib borildi. Ularni
shakllantirish va baholash bilan shug‘ullandilar. Natijada inson
professional sifatida psixologik nuqtai nazaridan nimani anglatadi, kasbiy
faoliyat sub’ekti sifatida o‘z ishining ustasi, boshqa odamlardan qanday
hislatlari bilan ajralib turadi, degan savollarga javob topilmay qoldi,
albatta, “kasbiy kompetentlik” va “professionalizm” tushunchalari ham
o‘qituvchi faoliyatiga beriladigan baho sifatida qo‘llanila boshladi.
“Professionalizm” bu atamaning ilmiy ma’nosi turli sharoitlarda murakkab
faoliyatni muntazam ravishda samarali va ishonchli bajara oladigan inson
xususiyati demakdir. Inson tomonidan kasbiy faoliyati psixologik
tizimning shunday darajasiki, u jamiyatda mavjud bo‘lgan me’yor va
ob’ektiv talablarga mos keladi. Profssionalizmga erishish uchun istak,
izlanuvchanlik, doimo o‘qish-o‘rganishga tayyorgarlik va o‘z mahoratini
oshirib borish kabi qobiliyatlar zarur bo‘ladi. «Professionalizm»
tushunchasi mehnatning oliy-malakali ekanligi bilan cheklanib qolmaydi,
balki bu insonning eng muhim dunyoqarashi ham demakdir. Albatta,
14
Дружилов С.А.Профессиональная компетентности и профессионализм педагога. Психологический подход.
Сибирь. Философия. Образование. Альманах. С.О.РАО. ИПК, г., Новокузневск –2005. № 8.
39
o‘qishni bitirgandan so‘ng oliy o‘quv yurtini tamomlagan odamga diplom
beriladi. Bu albatta, bitiruvchining professional ekanligidan dalolat
bermaydi. Yaqin-yaqingacha oliy o‘quv yurtini bitirib kelgan kishini “yosh
mutaxassis” deb atashar edi. Bu unga berilgan maqom. Bugungi kunda
berilyotgan “Magistr” malakasi ham shular jumlasidandir. Unga kasbiy
tajriba oshirishi uchun ancha vaqt va sharoit zarur bo‘ladi. Shunday qilib,
diplomli, malaka darajasini ko‘rsatuvchi sertifikatli inson uchun albatta
bular zarur hujjat, ammo ularning professional bo‘lib yetishishlariga
to‘laqonli imkoniyat bermaydi. Inson bunday xususiyatga maxsus
tayyorgarlik va ko‘p yillik ish tajribasi orqali erishadi. Aytish joiz bo‘lsa,
balki erisha olmas ham. Faqat “professional” sanaladi, xolos.
Insonda
professionalizmni
tashkil
etuvchi
unsurlardan
biri
kompetensiya hisoblanadi. Biz yuqorida mamlakatimiz va xorijiy olimlar
tomonidan unga turli-tuman tushunchalar, har xil fikrlar berilayotganligi
haqida fikr yuritgan edik. Xorij adabiyotlarida kompetensiyani “chuqur
Dostları ilə paylaş: |