9
Olimlarning fikriga ko‘ra, oliy ta’limni isloh qilish, yangilash,
takomillashtirishda zamon talablariga javob beradigan mutaxassislarni
tayyorlashning asosiy yo‘llaridan biri
kompetensiya nuqtai nazaridan
yondoshuv hisoblanadi. Oliy ta’limda o‘qish va tarbiyaning bunday
uslubini
joriy
qilish
o‘z-o‘zidan an’anaviy
qarashlarni tubdan
o‘zgartirishni talab qiladi. Bilim, ko‘nikma va tajribalar bu borada endi
kamlik qilishi ko‘zga tashlanmoqda.
Hozirgi zamon pedagogika fani va bu borada
olib borilayotgan ilmiy
izlanishlarga nazar tashlasak, turli soha va mutaxassislik larga, fan va
uslublarga, o‘qitish
usullari, texnologiyalariga juda ko‘p e’tibor
qaratilganligini sezamiz. Ammo ana shu pedagogik usullarni tushunish,
ularni amaliy faoliyatda qo‘llash masalasi eng dolzarb muammolardan
biriga aylanganligini ta’kidlash mumkin.
Pedagogika fani ham boshqa gumanitar va tabiiy fanlar qatori o‘z
o‘rgamchak ipiga o‘ralashib qolgandek tuyuladi. Muammo bu sohadagi
pedagogik nazariy bilimlarni amaliy faoliyatga tatbiq etishda yaqqol
ko‘zga tashalanadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, o‘qituvchilarda
nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish mahoratining yetishmasligi
sezilmoqda. Demak, ko‘plab o‘qituvchi larni, pedagoglarni eskirib qolgan
nazariy bilimlar yuki bosib qolyapti.
Ularda zamonga xos tub
o‘zgarishlarga mos kelish, munosib bo‘lish kabi sifatlar yetishmaydi.
Huddi shu sifat
kompetensiya – kompetensiya egasi bo‘lish, kompetent
pedagog nomini olish masalasi hisoblanadi.
Yevropa
mamlakatlari
o‘qitish tizimidan ko‘chirib olingan
kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv Rossiya pedagog olimlarini
chuqur izlanishlar olib borishga chorlamoqda. Ammo pedagogik o‘qitish
usul va metodlari texnologik yo‘llarini kompetensiya
nuqtai nazaridan
yondoshuv atamasiga ag‘darib olish bilan masala yechilmasligi yanada
ayon bo‘lib bormoqda. Kompetensiya masalasining dolzarbligi shundaki,
eng avvalo, o‘qituvchi va pedagogning kasbiy konpetensiyasini
shakllantirish va takomillashtirish muammosini yechishni talab qiladi.
Kompetensiya
nuqtai
nazaridan
yondoshuvning
dolzarbligini
Vatanimiz ta’lim-tarbiya tizimida ham sezish mumkin. Kompetensiya eng
avvalo, davlat va jamiyat tomonidan beriladigan ishonch, vakolat
10
ekanligini ta’kidlash zarur. Aniqrog‘i,
mamlakatimiz manfaati uchun
xizmat qilish kompetensiyasi – vakolati zarurligini ko‘ramiz.
Pedagogik kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat,
uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishni uzviy birlashtiruvchi tizim
ekanligini ta’kidlaymiz.
1
“Bizga bitiruvchilar emas, balki maktab ta’limi
va tarbiyasini ko‘rgan kadrlar kerak”– degan edi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Karimov.
1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX
sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni
va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. Bu hujjatlar haqida
Islom Karimov: “Mustaqilligimiz ning, bugungi va ertangi hayotimizning
kafolati hisoblanadi”,– degan edi.
2
Milliy dasturning maqsad va vazifalari
ularning
asoslanganligi, muhimligi va muammolarni hal qilish yo‘llari
ilmiy asosga tayanadi.
“Oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish
aspektlari” haqida fikr yuritar ekanmiz, mavzu uchun AQSh, Fransiya,
Yevropa mamlakatlari, Rossiya pedagogikasida olib borilayotgan ilmiy
izlanishlarga e’tiborimizni qaratish bilan birgalikda O‘zbekiston
Respublikasi ta’lim tizimidagi ilmiy va amaliy izlanishlarni o‘rganishga,
ularni tahlil qilishga harakat qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi mutaxassislar tayyorlashda
mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda islohotlar sari yuz
tutmoqda. Hozirgi paytda oliy pedagogik maktabning asosiy vazifasi, biz
yuqorida tilga olib o‘tgandek raqobatbaodosh, kompetentli o‘qituvchilar
tayyorlashdan iboratdir. Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan oliy ta’lim
maktablarida ishlay oladigan, o‘z kasbiy vazifalarini
mustaqil va ijodiy
yecha oladigan o‘qituvchilarga bizning mamlakatimizda ham talab
kuchayib bormoqda. Kompetentlikning mezonlari qanday, o‘qituvchi
kasbiy tayrgarligi qanday bo‘lishi lozim? degan savollarga javob
qidiramiz.
1
Каримов И.А.Баркамол авлод орзуси. Тошкент.1999.
2
Каримов И.А.Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдеворини яратишдан иборатдир. IХ сесиядаги
нутқдан.