I.Ya.Lernerning fikriga ko’ra, pedagogik texnologiya - tinglovchilar harakatlarida
aks etgan o’qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan aniqlanadigan maqsadni
ifodalaydi.
V.P.
Bespalkoning
o’zbekistonlik
shogirdlaridan
N.Sayidaxmedov
va
A.Ochilovlarning fikricha, pedagogik texnologiya - bu ma’ruzachi (tarbiyachi)ning
o’qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va
bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal
shakllanishini kafolatlaydigan jarayonidir.
O’zbekistonlik pedagog olim B.L.Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha
ta’rif beradi: «Pedagogik texnologiya - ta’lim jarayoniga yangicha yondoshuv bo’lib,
pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika
imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning
optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog`liq ijtimoiy hodisadir»
13
.
Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta’riflar ham
keltiriladi, bizningcha, eng maqbuli YuNESKO ta’rifidir.
Dostları ilə paylaş: