Ingliz tili leksikasi


Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona sub’ekt sifatida namoyon bo’ladi



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/38
tarix15.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#87994
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish

Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona sub’ekt sifatida namoyon bo’ladi,
talablar esa faqatgina «ob’ekt» vazifasini bajaradi, xolos. Bunda tahsil oluvchining 


tashabbusi va mustaqilligi yo’qoladi, o’qitish majburiy yo’sinda amalga oshiriladi. 
Odatdagi an’anaviy o’qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo 
A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika prinstiplariga asoslangan o’qitishning 
guruh-dars tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko’p 
tarqalgan o’qitishning guruh-dars tizimi, quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 
- yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo’lgan talablar asosida guruhni 
(guruhni) tashkil etadi; 
- guruh (guruh, oqim) yagona o’quv reja, yagona o’quv dasturlar va yagona 
mashg`ulotlar jadvali bilan shug`ullanadi; 
- mashg`ulotlarning asosiy birligi dars bo’lib, u bitta fanga, bitta mavzuga
bag`ishlanadi va ma’ruzachi tomonidan boshqariladi; 
- o’quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo’llaniladi. 
An’anaviy o’qitish asosan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishga qaratilgan
bo’lib, shaxsning rivojlanishini ko’zda tutmaydi. 
An’anaviy o’qitish asosini, Ya.A. Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika 
prinsiplari tashkil etadi: 
♦ ilmiylik; 
♦ 
tabiatga 
monandlik(o’qitish 
rivojlanish bilan belgilanadi, ammo 
shakllanmaydi); 
♦ uzviylik va tizimlik; 
♦ o’zlashtiruvchanlik (ma’lumdan noma’lumga, soddadan murakkabga) 
♦ mustahkamlik (takrorlash, takrorlash....) 
♦ onglilik va faoliyat (qo’yilgan maqsadni bilgan va buyruqlarni bajarishga faol 
bo’lgan) 
♦ nazariyaning amaliyot bilan bog`liqligi; 


♦ yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish; 
An’anaviy o’qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo’ravonlik pedagogikasi
o’qitishning tushuntiruv ko’rgazmali usuli, ommaviy o’qitish. An’anaviy o’qitishda 
avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo’ladi: tahsil oluvchi bu hali to’la 
shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa –bu sardor, hakam, yagona 
tashabbuskor shaxs. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin