I. Siklooksigenaza-1 va 2 (SOG-1+SOG-2) tanlamasdan ingibitsiyalovchilar.
Salitsil (orto-oksibenzoy) kislota unumlari: Atsetilsalitsil kislota
Antranil (orto-aminobenzoy) kislota unumlari: Mefenam kislota, Flufenam kislota
Indolsirka kislota unumlari: Indometatsin
Fenilsirka kislotasining unumlari: Diklofenak-Na
Fenilpropion kislotasining unumlari: Ibuprofen
Naftilpropion kislotasiningunumlari: Naproksen, Oksikamlar, Piroksikam, Lornoksikam
II.
Siklooksigenaza- (SOG-2) ni tanlab ingibitsiyalovchilar: Selekoksib
Ko‘pgina nosteroid tuzilishli yallig‘lanishga qarshi vositalar yallig‘lanishni
susaytiruvchi, og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu dori vositalarning
yallig‘lanishga qarshi ta’sir mexanizmi, yuqorida qayd etilganidek, siklik endoperoksid sintezi
uchun zarur bo‘lgan siklooksigenaza fermenti faolligini susaytirish bilan bog‘liqdir. Shu sababli
prostanoid ishlab chiqarishi kamayadi. Bu yallig‘lanishning giperimiya, shish, og‘riq kabi
belgilarini kamaytiradi.
Bu gurux moddalarning analgetik ta’sir mexanizmi xam prostaglandinlar sinteziga
ta’siri tufaylidir (SOG faolligini susaytirishi tufayli). Ma’lumki prostaglandinlar giperalgeziyani
rivojlantiradilar,chunki ular notsitseptorlarni kimyoviy va mexanik ta’sirotlarga sezgirligini
oshiradilar. Shuning uchun prostaglandinlar (PGE
2
, PGF
2α
, PGl
2
) sintezini kamaytirib
giperalgeziya rivojlanishini oldini oladi. Og‘riq chaqiruvchi ta’sirlarga sezish bo‘sag‘asi ortib
ketadi.
Shu kabi dori vositalarning analgetik ta’siri odatda yallig‘lanish
rivojlanganda ayniqsa
yorqin namoyon bo‘ladi. Bunday sharoitda yallig‘lanish markazida prostaglandinlar va
yallig‘lanishning boshqa mediatorlarini ajralishi va o‘zaro ta’sirlari yuzaga keladi. Yuqorida
qayd etilganidek prostaglandinlar giperalgeziyani rivojlantiradilar va uning fonida bradikinin,
gistamin va yallig‘lanishning boshqa notsitseptorlarini qo‘zg‘atish faolligiga ega bo‘lgan
mediatorlariga og‘riq sezish salmoqli darajada kuchaydi ( mexanik ta’sirotlarga xam). Shu
sababli prostaglandinlar sintezini susayishi og‘riqni bartaraf etilishiga olib keladi, bu
yallig‘lanish rivojlanganda ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi. Moddalarni yallig‘lanishga qarshi
xossalarining og‘riqni kamaytirishidagi axamiyati mexanik omillar bilan xam bog‘liq. SHishni,
to‘qimalar infiltratsiyasini kamayishi bilan reseptorlarga bo‘layotgan bosim kamayadi va bu
og‘riq sezishni kamayishiga olib keladi. Bu gurux dori vositalarining og‘riq sizlantiruvchi
ta’sirida markaziy omilni yo‘q deb bo‘lmaydi. Bunday fikr paratsetamol misolida o‘ztasdig‘ini
topgan. Uning periferik (yallig‘lanishga qarshi) ta’siri amaliy jixatdan bo‘lmay, og‘riqsizlantirish
xossasi yorqin ifodalangan.
Ketorolak aloxida o‘rinolgan. Periferik SOG ni ingibitorlari ichida u og‘riqsizlantirish
vositasi sifatida eng samarador. Bu asnoda ularni opiod analgetiklar bilan qiyoslash mumkin,
ammo uni yallig‘lanishga qarshi ta’siri kuchsiz darajada. Isitma tushirish va antiagregant ta’sirga
ega. Enteral qo‘llanganda biologik o‘zlashtirish darajasi 80-100%. Operatsiyadan keyingi
davrda, o‘smalarda, travmalar, tug‘ish jarayonida, buyrak kolikalarida og‘riq qoldirish uchun
qo‘llaniladi. Ichiladi va mushaklarga kiritiladi. Ta’sir davomiyligi 6 s. Davomli qo‘llanilganda
buyrak va me’da-ichak traktiga (shilliq qavatlarda yaralar paydo bo‘ladi) salbiy (jarohatlovchi)
ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli evropaning qator davlatlarida ushbu dori vositani qo‘llash
to‘xtatilgan.
Atsetilsalitsilat kislotasining analgetik ta’sir mexanizmi.
Ushbu xolata xam MNS da prostaglandinlar sintezini susayishi axamiyatga ega. Extimol
bunda og‘riqning ruxiy komponenti va uni baxolashga ta’sir etmay, faqat afferent nerv tolalari
orqali og‘riq impulslarini o‘tishi buzilsa kerak.
Nosteroid tuzilishli yallig‘lanishga qarshi vositalar isitma tushirish xossasiga egadirlar.
Bu ham prostaglandinlar sintezini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib gipotalamusda joylashgan
xaroratni boshqarish markaziga ularni pirogen ta’sirini kamayishida namoyon bo‘ladi.
Prostaglandin E, ayniqsa faol pirogendir. Tana xaroratini pasayishi issiqlik tarqatishni kuchayishi
xisobiga (teri tomirlari kengayadi, terlash yuzaga keladi) amalga oshadi.
Isitma tushiruvchi xossasi faqat ushbu gurux moddalarini isitmalashda qo‘llagandagina
namoyon bo‘ladi. Me’yordagi tana xaroratini ular o‘zgartirmaydilar. Yuqorida keltirilgan
tasnifdan, yallig‘lanishda qo‘llaniladigan ko‘pgina nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan vositalar
siklooksigenazani tanlamasdan ingibitsiyalovchilarga tegishli ekanliklari ko‘rinib turibdi. Bu
guruxni tipik vakillaridan biri salitsilat kislota unumlari (salitsilatlar) xisoblanadi. Ulardan
atsetilsalitsilat kislotasi eng ko‘p qo‘llaniladi.
Salitsilatlar og‘riqsizlantiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitma tushirish ta’sirga
egadirlar. Bundan tashqari ular ko‘pgina a’zolar va sistemalarga ta’sir ko‘rsatadilar. Jumladan
nafas olishni rag‘batlantiradilar, ayniqs aularni katta dozada qo‘llanganda. Ushbu ta’sir nafas
olish markazini bevosita qo‘zg‘atuvchi ta’sir, hamda karbonat angidridni hosil bo‘lishini
kuchayishi bilan tushuntiriladi. Nafas olish sonini va chuqurligini (amplitudasini) ortishi
respirator alkalozga olib kelishi mumkin. Salitsilatlarni terapevtik dozalarda berilsa kislota-
ishqor muvozanatini buzilishi kompensatsiyalangan alkaloz bilan cheklanadi, chunki buyraklar
asos birikmalarni (K
⁺va Na⁺ni) tez ajratadilar va pH me’yorlashadi, ammo bunda to‘qima
suyuqliklarining buferlik xajmi xam kamayadi. Yurak qon tomir sistemasiga salitsilatlar kam
ta’sir ko‘rsatadilar. Faqat katta dozalardagina bevosita tomirlarni kengaytiruvchi ta’sir
ko‘rsatadilar.
Salitsilatlar jigarga ta’sir ko‘rsatib safro ajralishini kuchaytiradi. Buyraklarni peshob
ajratish funksiyasini deyarli buzmaydilar, lekin uratlar va fosfatlar reabsorbsiyasini
susaytiradilar. Salitsilatlarni katta dozada qo‘llanganda peshob kislotasining ekskretsiyasi ortadi
(uni reabsorbsiyasini kamaytirish xisobiga). Katta bo‘lmagan dozalarda salitsilatlar peshob
kislotasini faqat sekretsiyasini susaytiradilar va bu uni qondagi konsentratsiyasini ortishiga olib
kelishi mumkin
Terapevtik dozalarda salitsilatlar qon хosil bo‘lishiga ta’sir etmaydilar.
Gipoprotrombinemiya bo‘lishi mumkin (katta dozalarda qo‘llanganda). Atsetilsalitsilat kislota
trombositlar agregasiyasiga to‘sqinlik qilishi muxim amaliy axamiyatga ega. Bu tromboksan
biosintezini susayishi bilan bog‘liq.
Katta dozalarda salitsilatlar gipotalamusga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatib AKTG va
shu tufayli glyukokortikoidlar ajralishini kuchaytiradilar. Ammo salitsilatlarni yallig‘lanishga
qarshi ta’sirish u bilan belgilanmaydi.
Salitsilatlar modda almashinuviga ta’sir etadilar. Katta dozalarda qo‘llanganda
aminokislotalar, oqsillar va yog‘ kislotalari sintezini kamayishi va ularni parchalanishini
kuchayishi kuzatiladi. Qandli diabetda salitsilatlar qonda glyukozaning miqdorini kamayishiga
imkon tug‘diradilar.
Salitsilatlarni ichilganda ular me’dadan qisman, asosan ingichka ichakda so‘riladilar.
Ularning absorbsiyasi tez va to‘liq bo‘ladi. Metilsalitsilat teri yuzasidan yaxshi so‘riladi.
Salitsilatlar to‘qima barerlaridan oson o‘tadilar. Ularning yarimi qon oqsillari bilan bog‘lanadi.
Salitsilatlarni organizmdagi kimyoviy o‘zgarishlari asosan jigarda kechadi. Hosil bo‘lgan
kon’yugatlar va o‘zgarmagan birikmalar buyrak orqali ajraladi. Salitsilatlarni yallig‘lanishga
qarshi vosita sifatida o‘tkir va surunkali revmatik xastaliklarni davolashda hamda
og‘riqsizlantiruvchi vosita sifatida nevralgiyalar, mialgiyalar, bo‘g‘imlar og‘rig‘ida qo‘llaniladi.
Salitsilatlarni isitma tushirish ta’sirini suistimol qilish kerak emas. Ma’lumki isitma
organizmni ximoya reaksiyasi bo‘lganligidan unibartaraf etish ko‘p xolatlarda ijobiy emas, balki
salbiy natija beradi. Tana xaroratini tushirish maqsadida salitsilatlarni faqat organizm xolatiga
yomon ta’sir ko‘rsatuvchi juda yuqori xaroratdagina qo‘llash mumkin. Salitsilatlarni qo‘llaganda
yuzaga keluvchi noxush ta’sirlar asosan dispepsik o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi. Jumladan
ko‘ngil aynish va qayt qilish ancha ko‘p rivojlanadi. Bunday xolat asosan moddalarni markaziy
(qayd qilishni boshkaruvchi soxaning xemoreseptorlariga) ta’siri va qisman me’da shilliq
qavatini ta’sirlantirish bilan tushuntiriladi.
Me’da shilliq qavatida prostaglandinlarning sintezini buzilishi va mahalliy
yallig‘lantiruvchi ta’siri tufayli salitsilatlar uni jaroxatlaydilar. Bu shilliq qavatda yaralarni paydo
bo‘lishi va gemorragiyada namoyon bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar atsetilsalitsilat kislotasini
muntazam qabul qilganda ancha ko‘p uchraydi. Bundan tashqari ko‘pgina bemorlarda quloqning
shang‘illashi, eshitishni susayishi, allergik reaksiyalar (angionevrotikshish, teridatoshmalar,
bronxospazm va boshqalar) kuzatiladi, ba’zan salitsilatlarga idiosinkraziya rivojlanishi mumkin.
Salitsilatlarga o‘rganish va tobelik rivojlanmaydi. Salitsilatlar bilan o‘tkir zaharlanish MNS
(bosh og‘rig‘i, quloq shang‘illashi, ko‘rishni pasayishi va ruxiy buzilishlar), me’da-ichak trakti
(ko‘ngil aynish, qayt qilish, diareya, epigastral soxada og‘riq), kislota-ishqor muvozanatining
(respirator alkaloz yoki metabolik atsidoz) buzilishlarida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari
qonda natriy ionlarini oshib ketishiga olib keluvchi gipokalemiya va to‘qimalarning
degidratatsiyasi kuzatiladi. Tana xarorati oshadi. Agar dori vosita ovqat hazm qilish traktidan
to‘liq so‘rilmagan bo‘lsa, me’dani yuvish kerak, adsorbsiyalovchi vositalar va tuzli surgilar
berish lozim. Birinchi navbatda kislota-ishqor muvozanati hamda elektrolit va suv balansi
buzilishlarini bartaraf etish lozim. Yuqori darajadagi atsidozlarni tomirga gidrokarbonatnatriy
eritmasini bo‘lib-bo‘lib kiritish, degidratatsiyani- tomirga eritmalarni infuziyalash,
gipokalimiyani-kaliy xlorid kiritish orqali bartaraf etiladi. Peshob haydovchi vositalarni ishqorlar
eritmasi bilan birga qo‘llash (mn:furosemidni) salitsilatlarni buyrak orqali shiddatliroq
ekskretsiyasiga imkon beradi. Og‘ir xollarda qon quyish, gemodializ yoki peritoneal dializ
qo‘llaniladi. Gipertermiyada,bulardan tashqari, tana tashqaridan sovutiladi.
Salitsilatlarni davomli qo‘llash va dozasini oshirib yuborish tufayli salitsilizm-
salitsilatlar bilan surunkali zaharlanish kuzatiladi. Ularning belgilar o‘tkir zaharlanish belgilar
kabi, lekin kuchsizroq darajada namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari terida toshmalar,
gemorragiyalar (gipoproteinemiya tufayli) kuzatiladi. Surunkali zaharlanishni davolash
salitsiatlarni berishni to‘xtatishdan boshlanadi.
Gemorragiyalar bo‘lganda vitamin K ni berishlozim. Salitsilizmni davolash asosan
simptomatik bo‘lib, salitsilatlarni zaharli ta’sirining aniq ko‘rinishini namoyon bo‘lishiga
bog‘liq.
Antranil (orto-amino-benzoy) kislota unumlariga Mefenam kislotasi (ponstan,
parkemid), Flufenamkislota (arlef) va boshqa bir qator dori vositalar kiradi. Ularni xammasi
kuchli yallig‘lanishga qarshi og‘riqsizlantiruvchi va isitma tushiruvchi xossalariga egadirlar.
Ushbu ta’siri bo‘yicha tajribada ular salitsilatlardan ustun keladilar, ammo klinik samaradorligi
bo‘yicha atsetilsalitsilat kislotasiga mos keladilar. Me’da ichak traktidagi antranilkislota
unumlari yaxshi so‘riladilar. Zardob oqsillari bilan qisman bog‘lanadilar. Organizmdan
metabolitlar va qisman o‘zgarmagan xolda asosan buyrak orqali ajraladi. Surunkali kechuvchi
revmatik xastaliklarda yallig‘lanishni to‘xtatish uchun qo‘llaniladi. Noxush ta’siri asosan
maxalliy ta’sirlantirish va me’da shilliq qavatida prostaglandinlar sintezini susaytirish bilan
bog‘liq dispepsi ko‘zgarishlardan iborat. Tez-tez diareya, qayt qilish, ba’zan qorinda og‘riq
rivojlanib turadi, terida toshmalar paydo bo‘lishi mumkin.
Niflumov kislotasi (donalgin) mefenam kislotasiga nisbatan ancha samarador. Uni
boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar kabi qo‘llaniladi.
Indometasin (metindol) indolsirka kislotasining hosilalariga mansub. Ushbu dori vositaning
asosiy ta’siri yallig‘lanishni bartaraf etish. Og‘riqsizlantirish xossasi xam kuchli darajada
namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari indometatsinda isitma tushurish xossasi xam mavjud.
Indometatsin eng samarador yallig‘lanishga qarshi vosita xisoblanadi. U me’da-ichak traktidan
yaxshi so‘riladi. Organizmda biotransformasiyaga duchor bo‘ladi, qisman o‘zgarmagan xolda
ajraladi. Buyrak va najas bilan ajraladi.
Indometatsinni yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida revmatoid artrit va boshqa
surunkali revmatoid xastaliklarda qo‘llaniladi. U o‘tkir podagrada xam qo‘llanadi. Bunda xam
davolash ta’siri uning yallig‘lanishni susaytiruvchi ta’siri bilan bog‘liq, chunki indometatsin
peshob kislotasini ekskretsiyasini oshirmaydi. Og‘riqsizlantiruvchi va isitma tushirish vositasi
sifatida indometatsin yuqori zaharliligi tufayli, tez-tez noxush o‘zgarishlar chaqirganligi sababli
qo‘llanilmaydi.
Noxush ta’sirlar indometatsinni qabul qilgan bemorlarning ko‘pchilgida (30-50%)
rivojlanadi. Me’da ichak trakti (ko‘ngil aynishi, qayt qilish, epigastral soxada og‘riq, shilliq
qavatlarda yaralar paydo bo‘lishi, diareya) va MNS (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi) tomonidan
asoratlar tez-tez uchraydi. Ba’zan depressiya, galyusinatsiya kabi ruxiy buzilishlar rivojlanadi.
Ko‘pincha ko‘rish buziladi. Kamroq noxush ta’sirlari qon hosil bo‘lishini susayishi bilan bog‘liq
bo‘ladi (leykopeniya, aplastikanemiya). Umuman indometatsin nixoyatda zaharli dori vositalarga
mansubdir. Ruxiy xastaliklarda, tutqanoq, parkinsonizm, me’da va 12 barmoqli ichakning yara
xastaliklarida uni qo‘llash mumkin emas. Xomilador va emizikli ayollarda uni berish tavsiya
etilmaydi.
Diklofenak – natriy (ortofen,voltaren) fenil sirka kislotasining unumlariga mansub. U eng
faol yallig‘lanishga qarshi vositadir. Kuchli darajada og‘riq qoldirish hamda isitma tushirish
faolligiga ega .
Dori vosita MITdan yaxshi so‘riladi. Zardob oqsillari bilan deyarli to‘liq bog‘lanadi.
Asosan metobolitlarning ko‘rinishida organizmdan peshob va safro tarkibida ajraladi.
Diklofenak-natriyning zaharliligi past, terapevtik ta’sir kengligi ancha katta. Dori vositani
bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Dispepsik buzilishlar, allergik reaksiyalarni rivojlantirishi
mumkin. Fenilpropion kislota unumlaridan tabobat amaliyotida ibuprofen (brufen) dori vositai
qo‘llaniladi. U kuchli yallig‘lanishga qarshi, og‘riqsizlantiruvchi va isitma tushiruvchi ta’sir
ko‘rsatadi.YAllig‘lanishga qarshi ta’siri bo‘yicha butadionga yaqin, salitsilatlardan ustun keladi.
Ichilganda ham samarador. Dori vositani ochqoringa ichilganda qondagi maksimal
konsentratsiyasi taxminan 45 minutdan, ovqat bilan yoki undan keyin ichilsa 1,5-3 soatdan keyin
aniqlanadi. Asosan metobolitlar ko‘rinishida buyrak orqali ajraladi. Dori vositani juda oz qismi
o‘zgarmagan xolda ajraladi. Ibuprofenni indometatsinga berilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha
qo‘llaniladi. Unga eng xos bo‘lgan noxush ta’sirotlar -ko‘ngil aynash, diareya,qorin sohasidagi
og‘riq xisoblanadi.
Naproksen (naprosin) naftilpropion kislota hosilasidir. YAllig‘lanishga qarshi ta’siri
bo‘yicha diklofenak-natriyga nisbatan faolsizroq ,ammo og‘riq qoldirish ta’siri bo‘yicha undan
ustun turadi.Uni kuniga 2 maxal ichiladi. Bemorlar uni yaxshi qabul qiladilar. Ba’zan xar xil
ko‘rinishda dispepsik o‘zgarishlar, terida allergik reaksiyalar rivojlantirishi mumkin. Piroksikam,
lornoksikam, meloksikam va boshqalar oksikamlar guruxiga mansubdirlar. Piroksikam xossalari
va qo‘llanilishi bo‘yicha siklooksigenazani tanlamasdan ingibitsiyalovchi boshqa dori
vositalarga o‘xshash. Enteral qo‘llanganda yaxshi so‘riladi. Ta’siri davomli (1 kunda 1 marta
ichiladi). Jigarda metabolizmga uchraydi. Metabolitlari va oz miqdorda o‘zgarmagan moddalari
asosan buyrak orqali ajraladi.
Lornoksikam (ksefokam) xam oksikamlar hosilasidir. Siklooksigenazani tanlamasdan
ingibitsiyalovchilarga tegishli. Yuqori darajada og‘riq qoldirish va yallig‘lanishni susaytirish
xossasiga ega. Isitma tushiruvchi ta’siri faqat katta dozalarda qo‘llanganda namoyon bo‘ladi.
Kuchsiz darajada trombositlar agregasiyasini pasaytiradi. MIT dan tez va to‘liq so‘riladi.
Organizmdan ichak (~60-65%) va buyrak (30-35%) orqali ajraluvchi faol bo‘lmagan
metabolitlarga aylanadi.
Lornoksikamni boshqa nosteriod yallig‘lanishga qarshi vositalar kabi qo‘llaniladi. Ammo
kuchli analgetik faolligini inobatga olib uni nafaqat yallig‘lanishlarda (osteoartirit, revmatoid
artitrit) balk ioperatsiyalardan keyingi davrda, hamda o‘simtalar bilan bog‘liq og‘riqlarni
qoldirish uchun ham qo‘llaniladi. Dori vositani kuniga 2-3 marta kiritiladi.
Noxush ta’sirlari: asosan MIT (dispepsiya, og‘riq, me’da shilliq qavatini jaroxatlanishi, ko‘ngil
aynash, diareya) tomonidan, qisman jigar va buyrak funksiyalarini buzilishida namoyon bo‘ladi.
Pirazolon unumlari ham nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi vositalar
guruxiga mansubdir. Ushbu guruxdan butadion(fenilbutazon, butazolidin) va analgin (metapirin)
qo‘llaniladi. Pirozolon unumlari og‘riq qoldirish, yallig‘lanishga qarshi va isitma tushirish
xossalariga ega. Analgetik ta’sir analginda, yallig‘lanishga qarshi ta’sir butadionda ko‘proq
mujassamlangan. Butadion buyrak orqali peshob kislotasini ajralishini sezilarli darajada oshiradi
(uni reabsorbsiyasini susaytirish xisobiga) va shu sababli podagrani davolashda qo‘llaniladi.
Analginda bunday xossa doimiy bo‘lmaganligi uchun podagrani davolashda amaliy axamiyatga
ega emas. Analgin suvda oson eriydi va shu sababli uni parenteral kiritish qulay. Pirazalon
unumlarining barchasi MITdan yaxshi va yetarlicha to‘liq so‘riladi. Maksimal konsentrasiyasi
qonda 1-2 soatdan keyin hosil bo‘ladi. Analgin tez so‘riladi, ta’siri davomli emas. Butadionni
ta’siri unga nisbatan davomliroq. Uning qon zardobidagi konsentrasiyasini 50% kamayishi
taxminan 72 soatda yuzaga keladi. Organizmdan ushbu moddalar metabolitlar va kon’yugatlar
shaklida juda oz miqdori, o‘zgarmagan xolda buyrak orqali ajraladi. Analginni analgetik sifatida
bosh, tishog‘rig‘ida, nevralgiyalarda, mialgiyalarda qo‘llaniladi. Analgin revmatik isitmalashda
bemorlar salitsilatlarni ko‘taraolmaganliklarida cheklangan xollarda, albatta periferik qon
tarkibini nazorati ostida, qo‘llanilishi mumkin. Agranulotsitozni rivojlanishi xafv tug‘diruvchi
xolat bo‘lib, o‘lim bilan tugallanishi mumkin. Shu sababli analginni ko‘pgina davlatlarda
qo‘llash cheklangan yoki umuman to‘xtatilgan. Butadionning yallig‘lanishga qarshi faolligini
inobatga olib, uni infeksion poliartritda, hamda o‘tkir podagrada qo‘llashadi. Ammo uni
qo‘llanganda juda ko‘p noxush ta’sirotlari uchraydi (taxminan 50%). U dispepsik o‘zgarishlar
(ko‘ngil aynash,qayt qilish, diareya, me’dadan qon ketishi), shishlar (buyrak kanalchalarida
natriy va xlor ionlari reabsorbsiyasini kuchayishi tufayli), allergik reaksiyalar(artrit, terida
o‘zgarishlar). Jigarda va qon hosil qilish sistemasida va og‘ir asoratlar (agranulotsitoz, aplastik
anemiya) yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli ko‘pgina davlatlarda u qo‘llanilmaydi.
Siklooksigenazani tanlamasdan ingibitsiyalovchilar (SOG-1+SOG-2) fermentlarning ushbu
tiplariga bir xil ta’sir etmaydi. SOG-1 ni ko‘proq atsetilsalitsilat kislotasi, indometatsin, kamroq-
ibuprofen, piraksikam va mefenam kislotasi ingibitsiyalaydi. Ikkala tipdagi siklooksigenazani
diklofenak-natriy va naproksen bir xil darajada ingibitsiyalaydi. Shunga mos ravishda SOG-1
qancha ko‘p ingibitsiyalansa shuncha ko‘p noxush ta’sirotlar (me’da shilliq qavatida yaralar
paydo bo‘lishi va qon ketish, buyrakga salbiy ta’sir: koptokchalardafiltratsiya,
natriyionlarivasuvekskretsiyasikamayadi) rivojlanadi. SOG-2ni tanlab ingibitsiyalovchilar
e’tiborni ko‘proq jalb qilmoqda. Ular asosan yallig‘lanish o‘chog‘ida hosil bo‘layotgan
fermentlar faolligini susaytiradilar. Shu sababli bunday dori vositalar SOGni tanlamasdan
ingibitsiyalovchi nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga xos bo‘lgan noxush ta’sirotlarni
kamroq rivojlantiradilar (mn: me’da-ichak tomonidan). Ushbu dori vositalarning birinchilaridan
bo‘lib selekoksib (selebreks) xisoblanadi. U SOG-2ning raqobatsiz ingibitoriga mansub. U SOG-
2ni faolligini SOG-1ga nisbatan yuz marta ko‘proq ingibitsiyalaydi. YAllig‘lanishga qarshi,
og‘riqsizlantiruvchi va isitma tushirish xossasiga ega. Trombositlar agreatsiyasiga ta’sir etmaydi,
chunki trombositlarda SOG-2 hosil bo‘lmaydi. Selekoksibda xavfli o‘smalar, yo‘g‘on ichak va
to‘g‘ri ichak polipozlarini rivojlanishini oldini olish xossasi mavjud. Bunday ta’sir boshqa
nosteroid vositalarni qo‘llaganda xam kuzatilgan.Ammo bunday dastlabki ma’lumotlar yuqori
sinchkovlik bilan o‘tkaziladigan tadqiqodlarni talab etadi.Selekoksib ichiladi. U me’da –ichak
traktidan yaxshi so‘riladi. Jigarda deyarli batamom metabolizmga uchraydi. Metabolitlari
ko‘proq safro bilan ichakdan va kamroq darajada buyrak orqali ajraladi.
Revmatoid artritlar, osteoartritlarda, oilaviy yo‘g‘on ichakni adenomatozli polipozini
kompleksterapiyasida qo‘llaniladi. Allergik reaksiyalar, ovqat hazm qilish traktini jaroxatlanishi
(shilliq qavatlarda yaralar paydo bo‘lishi, qon ketishi, gastropatiyalar tanlamasdan ta’sir etuvchi
nosteroid tuzilishli yallig‘lanishga qarshi vositalarni qo‘llanilgandagiga qaraganda kamroq
rivojlanadi) kabi noxush ta’sirotlarni yuzaga kelishi qayd etilgan. SOGni tanlamay
ingibitsiyalovchi dori vositalarini qo‘llaganda rivojlanuvchi nefrotoksik ta’sir (organizmda suvni
ushlanib qolishi, shishlarda namoyon bo‘ladi) rivojlanishi mumkin. Kamdan kam xollarda
anemiya, jigar funksiyasini buzilishi kuzatiladi. Sulfanilamidlarga va salitsilatlarga sezgirlik
oshganda, hamda allergiya (bronxial astma, eshakemi) holatlarida dori vositani qo‘llash man
etiladi. Tabiiyki selekoksibni o‘ziga ham sezgirlik oshib ketishi mumkinligini nazarda tutmoq
lozim.
SOG-2 ni tanlab ingibitsiyalovchilarga katta etibor berilib ularni yallig‘lanishga qarshi
vosita sifatida keng qo‘llanila boshladi. Ammo yaqindagina shunday dori vositalardan birini-
refekoksibni miokard infarktini anchagina ko‘p rivojlanishida namoyon bo‘luvchi kardiotoksik
ta’siri haqida ma’lumot nashr etilgan. Balki, bunday asorat sababi qon zardobida prostatsiklin
miqdorini kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan tromb hosil bo‘lishini kuchayishi bo‘lsa kerak. Ushbu
natijalar refekoksibni qo‘llashni to‘xtatishga asos bo‘ldi. Yanabir SOG-2 ni ingibitori –
valdekoksibni ham kardiotoksik ta’siri haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. SOG-2 ni tanlab
ingibitsiyalovchi dori vositalarga bunday jiddiy noxush ta’sirot xosmi degan savol tug‘ilishi
qonuniydir. Nashr etilgan ma’lumotlarga asoslangan holda bunday ta’sirot faqat ushbu dori
vositalarning o‘zigagina tegishli deb xisoblashga asos ko‘p, chunki selekoksibning kardiotoksik
ta’siri haligacha qayd etilmagan. Shunga qaramay shu dori vositalarni qo‘llashga ko‘rsatma
berilayotganda ehtiyot bo‘lish o‘zini juda ham oqlaydi.
Yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida revmatoid artritda ba’zan oltin dori vositalari
(krizanol va boshqalar) qo‘llaniladi. Ta’sir prinsipi ular yuqorida qayd etilgan nosteroid
yallig‘lanishga qarshi vositalardan jiddiy farq qiladi. Ularning ta’siri sekin rivojlanadi (2-3 oydan
keyin) va uzoq muddat saqlanadi. Oltin dori vositalarini keng ko‘lamda qo‘llashga ularning
nisbatan yuqori zaharliligi va ko‘pgina jiddiy noxush ta’sirotlari (buyrak, jigar, qon hosil qilish
a’zolarining jaroxatlashi va allergik reaksiyalar)ning mavjudligi to‘sqinlik qiladi. Burushtiruvchi
va o‘rab oluvchi vositalar ham yallig‘lanishga qarshi ta’sirga egadirlar.
Dostları ilə paylaş: |