1
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS
TA‟LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
A.N. Nizamov
INSTITUTSIONAL
NAZARIYALAR
O‗zbekiston Respublikasi Oliy va O‗rta maxsus ta‘lim vazirligi
tomonidan 5a230101-iqtisodiy nazariya ta‘lim yo‗nalishi bo‗yicha
magistrlar uchun o‗quv qo‗llanma sifatida tavsiya etilgan
Samarqand 2021
2
UDK 330.1
KBK 65.02
N 57
A.N. Nizamov Institutsional nazariyalar. Oquv qo„llanma.– Samarqand
SamDU nashriyoti, 2021yil – 196 bet
Taqrizchilar: M.M. Muhammedov-SamISI “Tarmoqlar iqtisodiyoti ”
kafedrasi professori, i.f.d.
N.U.
Arabov-SamDU
“Inson resurslarini boshqarish”
kafedrasi mudiri, professor, i.f.d
O‗quv qo‗llanmada Institutsional nazariyalarning kelib chiqish tarixi va uni
hozigi davrgacha bo‗lgan rivojlanish nazariyalari bayon ettirilgan.
Klassik
institutsionalizmning asoschisi Torsteyn B. Veblen nazariyasi chuqur o‗rganilgan.
Iqisodiyotni evolyutsion rivojlanish jarayonida institutlarning muhim rol o‗ynashi
batafsil yoritilgan. Yangi institutsionalizm va eski institutsionalizm metodologik
xarakterga egaligi alohida ta‘kidlangan. Ilk institutsional
nazariyalarning
evolyutsiyasi alohida davrlarga bo‗lib o‗rganilgan. Keyingi institutsional
nazariyalarning namoyondalari D.J. Klark, A. Berliy va G.Minz g‘oyalari
hamda
yangi institutsional nazariyalarning namoyondalari Duglas Nort,
hamda radikal
institutsionalizm tarafdolarining g‘oyalari ushbu oquv qo‗llanmada o‗z aksini
topgan. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‗rganilib ularning institutsional
yechimlari talqin qilingan. O‗zbekiston Respublikasining
iqtisodiyotini jadal
su‘atlarda rivojlanrish uchun zarur bo‗lgan institutsional islohotlar amalga oshirish
zarurligi alohida qayd etilgan. O‗quv qo‗llanmaning har bir mavzularini chuqurroq
o‗rganish maqsadida takrorlash uchun savollar,
glossariy, mustaqil ishlar
mavzulari, ishlatilgan va zarur bo‗lgan adabiyotlar ro‗yxati aks ettirilgan.
O‗quv qo‗llanma iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo‗yicha) bakalavriat va
ikkinchi
mutaxassislik hamda, iqtisodiy nazariya mutaxassisligi bo‗yicha
magistrlar uchun mo‗ljallangan.