DTS: O`quvchilar axborot va axborot ustida amallar bajarish ko’nikmasiga ega bo’lishadi
Kompetensiya: (FK1) Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi — o’quvchilaraxborotlarni izlash va
elektron vositalarda yig‘ish ko’nikmasiga ega bo’lishadi;
(TK2) Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — o’quvchilar media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa
olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olish ko’nikmasiga ega bo’lishadi;
(TK3) O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — O`quvchilarni doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy,
ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish ko’nikmalari yuzaga chiqariladi.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars o`tish metodi: Aqliy hujum, aralash, interfaol.
Dars jihozi: Tarqatma materilallar, 7-sinf darsligi, jadvallar.
Texnik jihozlar: Kompyuter, multimedia vositalari, slaydlar, proektor.
Darsning blok chizmasi Darsni borishi: I. Tashkiliy davr 1) salomlashish; 2) davomatni aniqlash. 3) sinf jurnalini to`ldirish
II. Takrorlash Savol va topshiriqlar: 1. Informatika fanining o‘tmishdoshi qanday atalgan?
2. Informatika faniga asos solinishi haqida so‘zlab bering.
3. Axborot va bilish haqidagi Forobiy fikrlarini tahlil qilib bering.
4. Axborot tushunchasini tahlil etib bering.
5. Informatika fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari haqida so‘zlab bering.
III. Yangi mavzu bayoni Odatda, inson e’tibori yo‘naltirilgan buyum, hodisa, jarayon, amal, xususiyat yoki munosabat obyekt deb
ataladi. Informatikada narsa, jarayon, moddiy va nomoddiy xususiyatli hodisalar ularning axborot berish
xususiyatlaridan kelib chiqib axborot obyektlari deb ataladi.
Odatda, biror axborot ma’lum bir maqsadda foydalanish uchun eslab qolinadi yoki saqlab qo‘yiladi.
Foydalanish maqsadidan kelib chiqadigan bo‘lsak, saqlab qo‘yilishi uchun axborot bizning ba’zi
talablarimizga javob berishi shart. Axborotga qo‘yiladigan talablar umumiy mazmuniga ko‘ra birlashtirilsa,
ular, asosan, quyidagi muhim uchta xususiyatga ega bo‘lishi lozim:
ma’lum darajada qimmatli bo‘lishi. Aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug‘ilmaydi. Qimmatli
axborot vaqt o‘tishi bilan o‘z qimmatini yo‘qotishi mumkin. Masalan, «30-sentyabr kuni tantana o‘tkaziladi»
degan axborot 1-noyabrda o‘z qimmatini yo‘qotadi;