Informatika va axborot texnologiyalari faniga oid kompetensiyalar
(FK1) Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi — Informatika asos materiali
(axborot olish, saralash) haqida va axborot turlari (uzlukli va uzluksiz) bilish.
Axborot manbalarini bilish,
axborotlarni saralash, axborotni tasvirlash,
axborotni kodlash, axborotli model, axborotni qayta ishlash
vositalari, ta’limiy
axborot resurslar, Internet, Internetdan ma’lumotlarni olish usullari. Axborot bilan
ishlashda odob-axloq normalari, multimedia texnologiyalari, hujjat
yaratish, elektron pochta orqali muloqat
qila olish va viruslardan axborotni himoya eta olish layoqatini hosil qilish.
(FK2) Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi — Matnli axborotni
tahrirlash (formatlash, grafik elementlarni yasash, jadvallar hosil qilish, formulalar kiritish) grafik axborotni
tahrirlash (grafik fayllarda matn kiritish va uni formatlash, grafik shakllarni o‘zgartirish, ranglar bilan ishlash,
animatsiya ssenariylarini yoza olish, fayllarni arxivlash (rar, zip arxivatorlarni ishlata olish) va h.k. layoqatini
hosil qilish.
(FK3) Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi — Texnologiyalar orqali
axborotlarni uzata olish, axborot havsizligini ta’minlay olish, Elektron
pochta bilan ishlay olish, faksda
axborot uzata olish, video konfrensiya
orqali axborot uzata olish, huquqiy va ahloqiy me’yorlarni bilish,
mualliflik huquqlarini bilish, erkin foydalaniladigan dasturlar,
tijorat dasturlari, dasturlar litsenziyalarini
farqlash va h.k. layoqatini hosil qilish.
Dostları ilə paylaş: