Metallarni kimyoviy korroziyadan himoya qilish usullari


Suyuq metallar ta’siridagi korroziya



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix17.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#88465
1   2   3   4   5
metallarni-kimyoviy-korroziyadan-himoya-qilish-usullari

Suyuq metallar ta’siridagi korroziya 
Bu turdagi kimyoviy korroziya temperaturasi yuqori bo’lgan suyuq metallning qattiq 
metall va qotishmalar yuzasidan oqib o’tish natijasida hosil bo’ladi. Bunga misol qilib yadro 
reaktorlarida sovutkich sifatida foydalaniladigan natriy(Na) kadmiying(Cd) korroziyaga 
uchrashiga sabab bo’lishini aytishimiz mumkin [2]. 
Boshq gazlar ta’sirida korroziya 
Bu xil korroziyaning paydo bo’lishi O

ta’siridagi korroziya kabi metal yuzasida paydo 
bo’lgan oksid pardaga bog’liq. Masalan, mis SO
2
muhitiga chidamli bo’lsa, bunday muhitda 
nikel yemiriladi.[2-9] 
2𝐴𝑔 + 𝐶𝑙
2
→ 𝐴𝑔𝐶𝑙 (𝐺

𝑜𝑣𝑎𝑘𝑚𝑎𝑠 𝑞𝑎𝑡𝑙𝑎𝑚) 
𝐹𝑒 + 𝐻
2
𝑆 → 𝐻
2
(𝑔

𝑜𝑣𝑎𝑘 𝑞𝑎𝑡𝑙𝑎𝑚) 
𝑆𝑛 + 2𝐶𝑙
2
→ 𝑆𝑛𝐶𝑙
4
(𝑈𝑐ℎ𝑢𝑣𝑐ℎ𝑎𝑛 𝑞𝑎𝑡𝑙𝑎𝑚) 
MUHOKAMA 
Metallarni kimyoviy korroziyadan himoya qilishning bir nechta usullari mavjud, ularning 
ichida quydagilari alohida ahamiyatga ega: 
1. Qotishma tarkibidagi o’ta chidamlilikni oshiruvchi komponentlarni qo’shish bilan o’tga 
chidamli legirlash jarayonini amalga oshirish. Masalan, Po’latning olovbardoshliligini 
oshiruvchi asosiy component xrom hissoblanib, silxromlar (6-30
% Cr, 4% Sisaqlovchi po’lat 
qotishmalari) juda keng tarqalgan olovbardosh qotishmalar hissoblanadi[9-13].
2. Metallar buyumlar sirtiga metal va nometal qatlam yurgizilgan himoya qtlamlar berish. 
Masalan, Issiq xromlash, issiq kremniylash, bo’yoqlash, metallarni loklash kabilar. 
3. Gaz atmosferasining sun’iy yo’l bilan hosil qilish – himoya yoki nazorat qiluvchi 
atmosferalar usuli. Bu usul metallarni issiqlayin qayta ishlashda qo’llaniladi.Bunga misol qilib 
toza quruq vodorod molibden uchun, ekin kislorod mis uchun himoya atmosferasi bo’la oladi 
[10-18]. 
4. Metallarni oksidlanishini turli yo’llar bilan kamaytirish. Bunga yorqin misol qilib 
korrozion mhitga ingibitorlarni kiritishni aytish mumkin va bugungi kunda ingibitorlarn qo’llash 
orqali korrozion jarayonlarni sekinlashtirish eng maqbul usullardan biri hissoblanadi. Masalan, 
Al va fe ni himoyalash uchun asosan, uchuvchan ingibitorlar ya’ni nitridlar ishlatiladi. FeSO
4
mikroqo’shimchalardan Cu qotishmalaridan tayyorlangan issiqlik almashinish kondetsator 
trubalarini himoya qilishda davriy foydalaniladi [15-19]. 
Metallar korroziyasidan butunlay qutulishni iloji yo’q, biz shunchaki bu jarayonlarni 
sekinlashtira olamiz. Metalar yo’qotilishini kamaytirish va metallarni korroziyadan himoya 
qilishning zamonaviy prinsplari quyidagi usullarga asoslanadi: 
1. Materiallarning kiyoviy qarshiligini yaxshilash. 
2. Agressiv muhitdan ya’ni metallarni korroziyaga olib keluvchi muhitdan himoyalash. 
3. Texnologik muhitning metallarga tajovuzkorligini kamaytirish. 
4. Elektrokimyoviy himoya tashqi tokni kiritish [15-21]. 
XULOSA 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
263 
Bugungi kunda metallarning korroziyalanib ularning mustahkamligi, bardoshliligi, 
bikrligi, ustuvorligi, yuza tozaligi va boshqa sifatlari yo’q bo’lib yaroqsizlanishini oldini olish 
choralari va korroziyaga uchrayotgan detallarda korroziyani to’xtatish choralarini ko’rish juda 
muhim, chunki yerdagi barcha tabiy boyliklar cheklangan, xususan metall rudalarini qazib olish 
konlarini ham oxiri bor, Shuning uchun ulardan oqilona foydalanib ularni korroziyaga uchrab 
yo’q bo’lib ketishiga yo’l qo’ymasligimiz lozim. Yuqoridagi usullar va boshqa birqancha usullar 
bilan bugungi kunda korroziyaga qarshi ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda metallarning 
korroziyalanishi detallarning yuza tozaligiga kata ta’sir ko‘rsatadi Shuning uchun metallal 
sirtlarini boshqa metallar bilan, metall bo'lmagan moddalar bilan, metallarga turli qo'shimchalar 
kiritish orqali va metall sirtini kimyoviy birikmalar bilan qoplash orqali korroziyalanishdan 
saqlanib kelinmoqda. Bunday usullar orqali metallarni korroziyalanish oldi olinmoqda[4]. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin