Ushbu ishda turkiy tillarda uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasi,
mevali daraxt
nomlari, poliz ekinlari nomlari ningo‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq,
turkman tilidagi ifodalanishi qiyosiy planda tadqiq etilgan.
Masalan, uy-ro‘zg‘or buyumlari:
a)
oshxonaga oid uy-ro‘zg‘or buyumlari;
1. O‘choq- uch
tomoni yopiq, ichiga o‘t yoqiladigan,
ovqat pishirish uchun
ustiga qozon o‘rnatiladigan maxsuz qurilma. Qadimiy so‘z bo‘lib, turkiy tillarning
yozma manbalarida otčuq, očuq, očaq (DTS) ochaq (MK) ochaq (Attuhfa), ojak,
yrak, oshak tarzida ifoda . Ba’zi tarxiy lug‘atlarda o‘choq ma’nosi iodalovchi
sachoq so‘zi qo‘llangan. Qiyoslangan turkiy
tillarda quydagi shakllarda
ifodalangan.
O‘choq (o‘zb), ochaq (uyg‘), o‘shaq (qoz), ochak (qirg‘iz), oshak (qq.) ojak
(turkm).
O‘choq so‘zi kuzatilgan tillarda ko‘chma ma’nolarda ya’ni biror narsa paydo
bo‘lgan, amalga
oshadigan tarqaladigan joy, manba markaz ma’nosida, (bilim
o‘chog‘i o‘zbekchada), qoraqalpoq tilida oila, turkman tilida avlod ma’nolarida
qo‘llangan. O‘choq so‘zining etimologiyasi haqida turli fikrlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: