Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Yoshlik paytlarimda umidsizligimni aroqxo’rlik bilan o’chirishga,
sershovqin ulfatchiliklarning tamaki tutini panasiga yashirishga
urinardik. Ammo sira engillik his qilmasdim. Shunda tanholikni istab
qolardim. Shu yordam berardi.
Seni yo’qotganimdan keyin umidsizlik
tez-tez keladigan va uzoq
qoladigan bo’ldi. Ammo, uning o’zi ham bu ayriliqqa dosh berish uchun
tirishayotganligini sezib qolardim.
Mening umidsizligim nima haqida? Ular ko’p va turlicha. Ota-
onamni tortib olgan urish alamimni keltiradi. Beg’ubor va beayb
go’daklarning o’limi va ochlikka giriftonligi-chi? Bir lahzada katta
bo’lib qolgan bolalar. O’zi uchun emas, uni kutayotganlar uchun jonini
asrab jang qilgan kattalar....
Oila deb atalmish qo’rg’onning ne-ne imoratlari yondi. Ularga
qo’shilib yonib ketgan kitoblarni aytmay qo’ya qolay.
Kitob emas,
adabiyot, tarix yondi.
Eh, o’z xatolaridan xulosa chiqara olmagan insoniyat...
O’z taftini boshqalar bilan baham ko’rishni bas qilgancha o’zlarini
tanholikka band etgan odamlar haqida o’ylayman. Urishning asrlar
davomida tiklanmas asoratlari haqida...
Mening umidsizligim seni quchog’imga ola bilmasligimdadir,
qizim.
Bila turib o’z-o’zimni aldaganday, seni o’z xotiralarimda
quchog’imga ola bilaman. Moddiyat dunyosi
bir-birini sevadiganlar
uchun to’siq bo’la olmaydi, deya o’zimni ovutaman. Oying sening
suratingga tikilgancha yig’layotganini ko’rib qolganimda unga shularni
aytib berib taskin beraman.
Ammo, xozir hech narsaga ishonmayman, bu og’riq va
norozichilikni ko’kragimda olib yuribman. Sohil bo’ylab
tez-tez
qadamlab ketaman... Non yopaman...
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Dostu, menga xamir qorish bilan bandlik ko’proq yoqadi. Uning
issiq taftini, xushbo’y iforini, qobig’i qisirlab sinishini-yu mag’zidan
bug’ sizib chiqishini, bir so’z
bilan aytganda, nonni his qilishni yaxshi
ko’raman. Ularni bolalar mazza qilib eyishlari ko’z oldimga keladi.
Xuddi sendek yuziga sepkil toshgan qizaloqlar. Bunday hayollar uyga
qaytishim va yashashda davom etishimga kuch beradi.
Seni sog’ingandan sog’ingan,
Dadang
Dostları ilə paylaş: