Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Bunday bir tarzdagi kun tartibi menga zerikarliroq tuyuladi. Amir
esa baxtli. Izohsiz, qiyoslashlarsiz. U bunday hayot tarzi - o’z-o’zi bilan
uyg’unlikka, Yaratganga muhabbatga birdan erishmagan albatta.
«Men uzoq yillar ota-onam istaklari etagida kun kechirdim. Ular
mening novvoylikka bo’lgan qiziqishimga qarshi edilar. Menga esa non
yopish juda qiziqarli tuyular, onamning anisli non yoki zog’ora undan
pirog yopishlarini soatlab kuzatardim. Otamning bundan jahli
chiqqancha meni kaltaklab qolar, uning ishini davom ettirishim uchun
qushxonaga sudrab ketadi...»
Amirni qarindoshlarining ko’ziga uylantirib qo’yishadi. Ular bor-
yo’g’i to’qqiz oy birga yashashgan, kelinchak bezgakka chalinib vafot
etadi.
«Nima qilay, Ota-onamning istagiga qarshi bora olmadim. Baxting
har doim ham ota-onangni quvontirish bilan boshlanavermas ekan...»
Ota-onasi o’limidan so’ng sevgan qiziga uylandi.
Urush tufayli qishlog’i, vatanini tashlab ketdi. Abadiy qish shahri
Amirning o’z quchog’iga oldi, bu yerda u novvoyxona ochdi, egizak
qizlarini voyaga yetkazayapti.
Dostu, o’zgarishlar, hatto eng tavakkallari ham hayot uchun eng
soz ziravorlardir. Ularsiz unchalar o’xshamaydi. Tirik jon o’zgarmasdan
qolmaydi. Tirik narsalar o’zgarib turishga mahkum. Sen esa...
Sog’inch bilan,
Dadang.
Dostları ilə paylaş: