1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
E.G’OZIYEV
UMUMIY PSIXOLOGIYA
Psixologiya mutaxassisligi uchun o’quv qo’llanma
II -kitob
Toshkent - "Universitet" - 2002
2
IKKINCHI BO’LIM
SHAXSNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
II BOB
TEMPERAMENT
1. Temperamentning psixologik tavsifi
Temperament to’g’risida umumiy tushuncha.Insonning ruhiy olami
beto’xtov harakatlar majmuasidan iborat bo’lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo
etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o’xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois
shaxs rushiyatida tashqi atrof-mushit to’g’risidagi taassurotlar, o’tmish xotiralari,
kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish istaklar, maqsad va tilaklar,
mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda
o’zaro o’rin almashtirib turishi evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz
hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, uning sur'ati, mazmuni, shakli ko’lami,
xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakka hol insonda rang-barang tarzda
namoyon bo’linish kuzatiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, insonlar tabiat
hodisalariga, omillariga, ta'sir kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki mushkulot
bilan javob qaytarishga moyillik ko’rsatadilar.Shuni alohida ta'kidlab o’tish
kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi nafaqat temperamentga, balki motivlarga,
psixik holatlarga, his-tuyg’ularga ham bevosita bog’liqdir. Misol uchun, inson o’zi
temperamentning qaysi tipiga taalluqli bo’lishidan qat'iy nazar, o’z faoliyatiga
layoqatli, mayli kuchli, intilishi qat'iy, qiziquvchan bo’lsa, uni tashkillashtirishda
va nazardan qolishda uyushqoqlik, harakat sur'ati esa tezkor amalga oshadi, unga
loqayd munosabatni bildirsa, ish sur'ati sekin va sust kechadi.
Har qanday vaziyatga qaramasdan, shaxsning qarindosh urug’lari
to’g’risidagi, shuningdek, jahonda kechayotgan noxush xabarlar uning a'zoyi
badanini larzaga keltiradi, labi quriydi, rangi bo’zaradi, atrof-muhitga nisbatan
mo’ljalini yo’qotadi. Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik
xususiyatlar bilan motivlar va psixologik holatlar, hissiy kechinmalarning dinamik
xususiyatlari o’rtasida muayyan darajasida tafovut mavjudligi alohida ta'kidlanadi.
Ular orasidagi farqlarni ajratib ko’rsatish maqsadida qo’shimcha belgilar kiritiladi
va o’ziga xos tarzda tavsiflab beriladi. Ularning ayrimlarini ajratib ko’rsatish
maqsadga muvofiq.
1. Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari, motiv, psixik holat va
hodisalardan farqli o’laroq, aynan shu shaxsning o’zida, uning turli faoliyatlarida,
xatti-harakatlarida, muomalasida ifodalanadi.
2. Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli bo’lganligi
tufayli inson shayoti va faoliyatining (umrining) butun davomida yoki uning
muayyan bir bo’lagida (ta'sirga beriluvchanligi sababligidan qat'i nazar) barqaror,
o’zgarmas va mustahkamdir.
3
3. Yakka hol shaxsga daxldor temperamentning turli xususiyatlari o’zaro bir-
biri bilan g’ayriqonuniy ravishda birlashgan bo’lmasdan, balki ular o’zaro bir-biri
muayyan qonuniyat asosida mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini
tavsiflovchi o’ziga xos tizilmani vujudga keltiradi.
4. Psixologiya fanida temperament xususiyatlari deganda, alohida bir
shaxsning psixik faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror,
o’zgarmas individual-tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Mazkur
xususiyatlar turli shakl va mazmunga ega bo’lgan motivlarda, psixik holatlarda,
maqsadlarda, faoliyatlarda nisbatan o’zgarmovchi, temperament tipini tasvirlovchi
tuzilmani tashkil qiladi.
5. Psixologiya faning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davrida temperamentga
nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to’g’risidagi talqinlar xilma-
xil bo’lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o’ziga xos tarzda tushuntirish
uchun xizmat qilib kelgan.
Temperament latincha "temperamentum" degan so’zdan olingan bo’lib,
buning ma'nosi "aralashma" degan tushunchani anglatadi. Temperament
to’qrisidagi dastlabki ta'limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460-356
yillarda yashagan) yaratgan bo’lib, uning tipologiyasi to shozirgi davrgacha
qo’llanilib
kelinmoqda.
Temperamentning
fiziologik
asoslari
to’qrisida
tushunchaqadimgi yunon olimi Gippokrat ta'limotiga binoan, insonlarning
temperament xususiyatlari jishatidan o’zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning
tana a'zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga boqliq
ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokrat ta'biricha, inson tanasida to’rt xil suyuqlik
(xilt) mavjud bo’lib, ular o’t yoki safro (yunoncha chole), qon (latincha sanguis
yoki sanguinis), qora o’t (yunoncha melas "qora", chole "o’t"), balqam (yunoncha
"pxlegma") kabilardan iboratdir.
Uning muloshasicha;
1) o’tning xususiyatni-quruqlikdir, uning vazifasi-tana a'zolarida quruqlikni
saqlab turish yoki badanni quriq tutishdir;
2) qonning xususiyati- issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir;
3) qora o’tning xususiyati-namlikdir, uning vazifasi-badan namligini saqlab
turishdir;
4) balqamning (shilimshiq moddaning) xususiyati-sovuqlikdir, uning
vazifasi-badanni sovutib turishdan iboratdir. Ippokrat ta'limotiga muvofiq, shar bir
insonda shu to’rt xil suyuqlik mavjud bo’lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi.
Mazkur aralashma (latincha temperamentum) lardan qaysi biri salmoqliroq bo’lsa,
unga qarab insonlar temperament jishatdan farqlanadilar, chunonchi, xolerikda
sariq o’t, sangvinikda qon, melanxolikda qora o’t, flegmatikda balqam (shilimshiq
modda) ustun bo’lishi ta'kidlanadi. Gippokratning to’rt xil moddalar (suyuqliklar)
aralashmasi, ya'ni temperament tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik,
xolerik, flegmatik, melanxolik) ramziy ma'noda shozirgi zamon psixologiyasida
sham qo’llanilib kelinmoqda.Temperamentning ilmiy psixologik asoslari va uning
fiziologik mexanizmlari keyingi ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning bosqichlarida
4
yaratiladi shamda bu borada ishlanilishlar davom ettirilmoqda. Temperamentning
fiziologik asoslariga ulkan o’z shissini qo’shgan olimlardan biri rus fiziologi
I.P.Pavlov (18-1936) shisoblanadi. I.P.Pavlov shayvonlarning oliy nerv
faoliyatini tadqiq qilayotganida itlarda shartli reflekslarning paydo bo’lishi,
kechishi, davom etishi xususiyatlari insonlarnikidan farq qilish va bu shodisa
temperamentda sham uchrashi mumkinligini kashf etadi. I.P.Pavlov temperament
sham shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi
omillar bilan boqliq bo’lishi mumkin, degan xulosa chiqaradi. I.P.Pavlov ta'limoti
bo’yicha, shartli reflekslar paydo bo’lishining individual xususiyatlari ro’yobga
chiqishining sabablari nerv tizimsi xususiyatlari moshiyatidandir. Muallif nerv
tizimsining uchta asosiy xususiyatiga aloshida ashamiyat beradi, chunonchi,
1) qo’zqalish jarayoni va tormozlanish (to’xtalish) jarayonining kuchi;
2) qo’zqalish kuchi bilan tormozlanish kuchi o’rtasidagi muvozanatlik
darajasi (nerv tizimsining muvozanatlashgani);
3)
qo’zqalishning
tormozlanishi
bilan
almashinishi
tezligi
(nerv
jarayonlarining sharakatchanligi). Uning ko’rsatishicha, shar bir shayvonning
temperamenti sham mazkur xususiyatlarining u yoki bunisiga aloqador bo’lmay,
balki ularning majmuaviy tarziga, qonuniy birlashuviga boqliqdir. I.P.Pavlov
shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari bilan temperamentga
aloqador nerv tizimsi xususiyatlarining o’zaro qo’shiluvini nerv tizimsining tipi
deb nomlaydi va uni to’rtta tipga ajratadi: a) kuchli, muvozanatli, epchil; b) kuchli,
muvozanatsiz, epchil; v) kuchli, muvozanatli, sust; g) kuchsiz tip. Yirik rus
psixologlaridan biri B.M.Teplov (1896-1965) va uning shogirdlari, maslakdoshlari
I.P.Pavlovning
tadqiqotlarini
davom
ettirib,
inson
nerv
jarayonlari
xususiyatlarining o’ziga xos tomonlarini ochishga muvaffiq bo’ldilar.
Ular nerv-fiziologik jarayonlarning nozik qirralarini o’rganishda maxsus
moslamalar yordami bilan o’zgarishlarni qayd qilish shamda olingan natijalarni
(omillarini) mamavzutik statistika metodlari orqali shisolashni tatbiq etdilar.
B.M.Teplov ilmiy maktabi namoyandalari tomonidan olingan ma'lumotlarga
qaraganda, insonda shosil qilinadigan shartli reflekslarning ba'zi bir individual
xususiyatlari o’zaro uyqunlikka egadir. Ularning ta'biricha, o’zaro boqliq
individual xususiyatlar tizimi nerv tizimsining muayyan xususiyati bilan
tavsiflanadi. Jumladan, o’zaro boqlangan xususiyatlar, birinchidan, shartli
qo’zqovchi mustashkamlanishi davom etishidan qat'i nazar, shartli reflekslar
so’nishi darajasiga, ikkinchidan, qo’zqovchilarning kuchli yoki kuchsizligi bilan
shartli reaksiyaning shajmi orasidagi tafovutlarga, Uchunchidan, asosiy qo’zqovchi
sezgirligiga begona (notanish) qo’zqovchini ijobiy (salbiy) ta'sir o’tkazish
darajasiga, to’rtinchidan, boshqa ko’rinishdagi yoki kuchlanishdagi qo’zqolish
jarayonlarining kuchiga boqliqdir.
Ma'lumotlarning tashliliga binoan, tormozlanishning (to’xtalishning) kuchi
bilan nerv jarayonlarining muvozanatlashuviga taalluqli shartli reflektor
faoliyatining individual xususiyatlari turkumlari shunga o’xshash usul yordami
bilan kashf qilingan. Shuningdek, B.M.Teplov ilmiy maktabining namoyondalari
tomonidan ijobiy va tormozlovchi shartli reflekslarning shosil bo’lish tezligini
5
tavsiflovchi individual xususiyatlar turkumi sham ta'birlab berilgandir. Ushbu
individual xususiyatlar moshiyatida ifodalanuvchi nerv sitizimsining notanish
xususiyati dinaminlik deb nomlangan sham tavsiflangan. Bundan tashqari, ular
shartli reflektor faoliyatining bir gurush individual xususiyatlari qo’zqolish
jarayonining to’xtalishining tezligi mashsuli sifatida tashmin qilingan xususiyatni
(yangi xislatni) labillik (ya'ni latincha labialis-beqarorlik atab boshlaganlar.
Shuning bilan birga nerv tizimsining boshqa xususiyatlari mavjudligi to’qrisida
ilmiy tashminlar ilgari surilgan, chunonchi: senzitivlik, reaktivlik va shokazo.
B.M.Teplov ilmiy maktabi I.P.Pavlov Tadqiqotlarida aniqlangan nerv
tizimsining xususiyatlari to’qrisidagi nazariya va tashminlar muayyan darajada
kengaytirilgan shamda temperametning tub moshiyatini tushuntirishga qulay
imkoniyatlar yaratilgan.
Lekin shunday chuqur izlanishlar olib borilishiga qaramay, psixologlar
tomonidan kashf qilingan xususiyatlarning kiyoviy va fizikaviy moshiyati to
shanuzgacha no'malum bo’lib qolmoqda.
Xuddi shu bois, nerv tizimsining xususiyati to’qrisidagi ilmiy mushoshadalar
faqat shartli reflektor faoliyati bilan o’zaro boqliq individual xususiyatlar
turkumiga taalluqli umumiy sabablar bo’yicha talqin qilishni ifodalaydi, xolos.
Nerv tizimsi xususiyatlari bilan temperamentning boqliqligi aksariyat
shollarda mana bunday omillarning moshiyatida aks etishi mumkin. Jumladan,
negizida nerv tizimsining faraz qilingan fiziologik xususiyati yotgan shartli
reflektor faoliyatining o’zaro boqliq individual xususiyatlarnining muayyan
turkumi shaxsda qanchalik ko’p mujasamlashsa, temperamentning unga mutonosib
xususiyati xuddi shu darajada namoyon yoki aks sholatda shuncha kam
ifodalanishi kuzatiladi;
1) insonda shartli refleks shakillangan bo’lsa-da, lekin u tez so’na boshlasa;
2) tashqi qo’zqovchi shartli refleksda kuchli tormozlanishni vujudga keltirsa;
3) shaxs kuchsiz qo’zqovchilarga kuchli qo’zqovchilar singari shiddat bilan
reaksiya qaytarsa;
4) odam kuchsiz qo’zqalish jarayoni bilan uyqunlashgan xususiyatlarni
aniqlasa;
5) insonda kuchli emosional qo’zqolishi shamda diqqatning chalqishi yuzaga
keladi.
Yuqorida ta'kidlab o’tilganidek, I.P.Pavlov ta'limotida temperamentning
psixologik ta'siri nerv sitizimsining barcha xususiyatlari bilan aloqadorligi yoki
uning tipiga tegishli ekanligi shushuntiriladi. Xuddi shu bois, temperamentning u
yoki bu xususiyati nerv sitizimsining birorta xistali bilan emas balki
xususiyatlarning turkumlari bilan aloqaga kirishadi. Bning ta'sirida nerv tizimsi
xususiyatlarining miqdoriy munosabatlarida temperament xususiyatlari sham sifat
o’zgarishini yasaydi.
Yigirmanchi asrning 60-70 yillarida ushbu sosha bo’yicha olib borilgan
tadqiqotlarning ko’rsatishicha, temperamentning psixologik tavsifi bilan
I.P.Pavlovning tiplari o’rtasida aloqa shukm surishiga shech qanday shak-shubsha
yo’qdir. Temperamentga taalluqli nerv tizimsining tiplari sham insonga, sham
6
shayvonlarga tegishli bo’lib, ular umumiy tiplar deb nomlanadi. Binobarin,
temperamentning fiziologik asosiy-bu nerv tizimsining umumiy tiplaridir. Biroq
I.P.Pavlovning tiplari -bu nerv tizimsi xususiyatlarining tansho tipik birikmasi
emasdir, chunki keyinchalik bu borada yangi birikmalar topildi. Lekin ajratilgan
tiplarning barchasi bir teks ashamiyatga molik emasliga tufayli ularning eng
asasiylari kuchli va kuchsiz tiplaridan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: |