Ўzbekiston respublikasi


 Qobiliyatlarning sifat va miqdor tavsifi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/39
tarix22.03.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#89120
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 2-kitob (1)

2. Qobiliyatlarning sifat va miqdor tavsifi 
Psixologiyada qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar sifatida 
tavsiflanadi va buning asosida bir insonning boshqa insondan tafovutlanadigan 
xislatlari, fazilatlari yotadi. Shuning uchun shar bir shaxsdan bir xil natija, bir xil 
sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o’z qobiliyatlari bo’yicha bir-birlaridan 
muayyan darajada farq qiladilar, binobarin, ular o’rtasida farqlar sifat va miqdor 
jishatidan bir talay bo’lish mumkin. qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi 
individual psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining majburiy sharti 
tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdori tavsifi esa faoliyatga 
qo’yiladigan talablarga shaxs tomonidan qay yo’sinda bajarish imkoniyati 
mavjudligini bildiradi, ya'ni mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda malaka, 
bilimlardan nechoqlik tez, yengil, puxta foydalana olishini namoyish qiladi.


21 
Qobiliyat xususiyatlarining sifat jishatidan talqin qilinishida, birinchidan, 
maqsadga turlicha yo’llar orqali erishishga imkon beruvchi "o’zgaruvchan miqdor" 
to’plami tariqasida, ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta'minlovchi shaxsning 
individual psixologik xislatlari (fazilatlari) murakkab majmuasi ko’rinishida 
gavdalanadi. Masalan, fakultet dekanati va o’qituvchilar jamoasi tomonidan 
yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga ega deb basholangan IV kurs boshliqi ("oqsoli") 
Mashkamda mana bunday psixologik xususiyatlar majmuasini ko’rish mumkin, 
chunonchi, 
tashabbuskorlik, 
talabchanlik, 
meshribonlik, 
e'tiborlilik, 
kuzatuvchanlik, tengdoshlarini tashxis qila olishlik, kashfiyotchilik, javobgarlik, 
shamdardlik, jozibadorlik, shamkorlik, samiymiylik, shissiy yaqinlik kabilar. 
Mashkamning qobiliyatini boshqa tashkilotchilar qobiliyati bilan qiyoslanganda 
ko’lami keng, moshiyati chuqur bo’lish bilan birga, balki o’zining sifati bilan sham 
ajralib turadi. Xuddi shu fakultetning III kurs boshliqi ("oqsoqoli")
Adsham sham tashkilotchi, uddaburon shaxs, lekin faoliyatni amalga 
oshirish, o’zgalarga ta'sir ko’rsatish mutlaqo boshqa omillarga asoslanadi. Shuning 
uchun tashkilotchilik qobiliyati boshqa psixologik xislatlar majmuasini (turkumini) 
tashkil qiladi, chunonchi, zaiflarga nisbatan shafqatsizlik, jamoa a'zolariga tazyiq 
o’tkazishlik, uddaburonlik, amalparastlik, maqtanchoqlik va boshqalar.
Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, u yoki bu faoliyatni amalga 
oshirishda o’zaro o’xshash yoki bir-biri bilan farqlanuvchi turlicha qobiliyatlar 
turkumi (majmuasi, birikmasi) ishtirok etishi mumkin ekan. Bu psixologik shodisa 
tashlili orqali shaxs qobiliyatlarining mushim jabshalari yaqqol ko’zga tashlanadi, 
jumladan, shaxsdagi bir xislatning o’rnini boshqasi bosishi (kompensasiya qilishi, 
latincha compensatio o’rnini bosishi, muvofiqlashtirish ma'nosini bildiradi) 
vujudga keladi, buning uchun inson o’zi ustida sabr-toqat, chidam bilan meshnat 
qilishi tufayli yuksak ko’rsatkichlarga erisha oladi.
Shaxsning qobiliyatida mavjud bo’lgan o’rnini bosish (kompensator) lik 
imkoniyati va eshitishdan mashrum insonlarni maxsus o’qitish orqali ro’yobga 
chiqadi. Shayotda ko’r musiqachi, artist, shoir, rassom, mushandis va boshqa shu 
kabi kasb egalari yetishib chiqqanligi ko’p uchraydi. Shatto eshitish qobiliyati past 
yoki umuman yo’qligi sham kasbiy musiqaviy qobiliyatining rivojlanishiga keskin 
xalaqit bermasligi mumkin. Bu psixologik shodisa (bir qobiliyatni boshqa qobiliyat 
yordami bilan o’stirish, ya'ni kompleksatorlik xususiyati) shar bir shaxs uchun 
kasb tanlash va qayta kasb tanlash (ikkinchi yoki uchinchi kasbni egallash 
ishtiyoqi) soshasida mislsiz keng qo’lamdagi imkoniyatlarni ochadi. Ushbu 
voqelikni tasdiqlovchi qator misollarning o’zida silliq duradgor, moshir tikuvchi 
bo’lishi; yirik fan allomasi yirik san'atkor, yetuk sportchi ekanligi uchrab turadi. 
qobiliyatli shaxslar ijtimoiy turmushning turli soshalari shamda jabshalarida o’z 
o’rnini topa oladilar shamda yuksak yutuqlarga erishadilar, shatto bir necha 
faoliyat turida tekis muvaffaqiyatlar qozonish sham mumkin.
Qobiliyatlarning miqdori tavsifi va ularni o’lchash muammosi psixologiya 
fanida o’ziga xos rivojlanishning tarixiy o’tmishiga ega. Shozirgi davrda fanning 
mumtoz psixologlariga aylangan Spirmen, Permen Kettell va boshqalar XIX 
asrning oxirlari va XX asrning boshlaridayoq muayyan ixtisoslar uchun kasb 


22 
tanlashni ilmiy asosda yo’lga qo’yish zaruriyatidan kelib chiqadigan talablar 
tazyiqida o’quv yurtlarida saboq olayotgan shaxslarning qobiliyati darajasini 
aniqlashga kirishdilar. Ularning taxminlaricha, insonning lavozimiga loyiqligi, 
uning meshnat faoliyatiga layoqatni, shuningdek, oliy o’quv yurtlariga, sharbiy 
xizmatga, rashbarlik martabasini egallashga nisbatan layoqatlarini aniqlash 
imkoniyati mavjuddir. O’tgan asrda qobiliyatlarni o’lchash usuli, mezoni tariqasida 
aqliy iste'dod testlari ishlab chiqildi va AqSh, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda 
o’quvchilarni saralash, sharbiy xizmatga zobitlarni tanlash, ishlab chiqarishda 
rashbarlik lavozimiga tasiya qilishda foydalanildi. Shatto Buyuk Britaniyada 
universitetga krish shuquqini beruvchi test sinovi tizimi sham yaratildi "Aqliy 
iste'dod" testlari ball yoki ochkolar bilan basholanib, echimga sariflangan vaqtni 
shisobga olib natijalar yiqindi sholiga keltirilar edi. Masalan, Buyuk Britaniya 
maktablarida 11 yoshli o’smirga beriladigan test ko’rinish; "Pyotr Jemsga 
qaraganda balandroq, Edvard Petrdan pastroq. Kim shammadan ko’ra balandroqq" 
va tanlagan javobning tagiga chizib qo’yish talab qilinadi: 1) Pyotr, 2) Edvard; 3) 
Jeyms; 4) "ayta olmayman". Boshqacharoq testlar berilgan beshta so’zdan 
boshqalariga o’xshamaganini sinaluvchi tanlab olish kerak: 1) qizil, yashil, ko’k, 
sho’l, sariq; 2) yoki, ammo, agar, shozir, garchi va shu kabilar.
Testlar murakkabligi ortib borish tamoyili bo’yicha "Testlar batareyasi" 
tizimi yaratiladi. Testlar tuzilishi bo’yicha faqat so’zlardan iborat (verbal) sinovlar 
bilan cheklanmasdan, balki turlicha moshiyatli "labirintlar" (yunoncha labyrintxos- 
chigal sholat, murakkab, chalkash ma'nosini bildiradi), "boshqotirma" va shunga 
o’xshash sinovlar kiritiladi.
Odatda sinaluvchilar "Testlar batareyasi"ni bajarib bo’lganlaridan so’ng 
natijalar shisoblab chiqiladi va ularda "aqliy iste'dod koeffisenti" (inglizcha 
intellectual kuotient, OK so’zidan olingandir) aniqlanadi. Misol uchun, 11, 5 yoshli 
o’quvchi to’plangan ballarning o’rtacha yiqindisi 120ga teng bo’lishi lozim. Bunda 
120 ball to’plagan shar qanday tekshiriluvchi 11, 5 yoshida "aql yoshiga" egadir. 
Xuddi shu yo’sinda "aqliy iste'dod koeffisienti shisoblab chiqiladi: 
Sinaluvchining aqliy iste'dodi koeffisienti 
1K q aql yoshi X 100 sinaluvchining shaqiyqiy yoshi 
Mabodo test sinovda 11, 5 va 14 yoshli o’smirlar 120 ochko to’plagan 
bo’lsalar u sholda tekshiriluvchilarning "aql yoshi" 11, 5 ga tenglashtirilsa, 
quyidagi sholat yuzaga keladi: 
1K birinchidan sinaluvchi q 11, 5 X 100 q109, 5; 10, 5 
1K ikkinchidan sinaluvchi q 11, 5 X 100 q 82, 1. 14 
Mazkur yo’nalishning namoyandalarining e'tirof etishlaricha, "aqliy iste'dod 
koeffisienti" qandaydir o’zgarmas mezon sifatida "umumiy intellektni" (inglizcha 
general intelligence) ro’yobga chiqarish imkoniyatiga egadir. Shuni ta'kidlash 
joizki, "aqliy iste'dod koeffisenti" nazariyasida bashsli jabshalar mavjudkim, bunda 
shaxsning aqliy qobiliyatlari namoyon bo’ladi. Rus psixologi L. S. Vigotskiy 


23 
yuqoridagi nazariyaga o’z e'tirofini bildirgan sholda ikki bosqich orqali ya'ni "eng 
yaqin taraqqiyot zonasi", "aktual faoliyat zonasi" qobiliyatni to’qri aniqlash 
mumkinliginiko’rsatib bergan edi.
Shozirgi zamonda qo’llanayotgan test sinovlari o’tmishdoshlaridan ko’p 
jishatdan ajralib turadi, lekin ko’pincha xotira mashsullarini ochishga xizmat qildi, 
ijodiy tafakkur natijalari esa diqqat markazidan chetda qolib ketish shollari 
uchraydi.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin