Innovation in the modern education system


International scientific-online conference



Yüklə 253,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix23.03.2023
ölçüsü253,68 Kb.
#89243
1   2   3   4   5
Toshtemirov Shukurilla Abdiraxmon o‘g‘li

International scientific-online conference: 
“INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM”
 
PART 15, 25.02.2022 
quydagicha yozadi: “Elchilar va sayyohlarni kutib olish uchun yo‟lga 
chiqqan to‟ra ham birgalikda jo„nadi: u (Temur) sayyohlarga zo„r hurmat-
ehtrom ko‟rsatdi, ularga nimaiki kerak bo„lsa , muhayyo qilish haqida 
farmoyish berdi. Bundan tashqari, tezroq yo„l bosishlari uchun ularga har 
kuni podishohning yangi otlari berilib turdi; chunki podishohning farmoni 
bilan har ertasi kuni bir joyda yuzta, ikkinchi joyda ikki yuztacha ot hozirlanib 
turilardi. Samarqandga qadar shu hol davom etardi. Podishoh biror bir 
kishini u yoq- bu yoqqa yuboradigan yoki uning huzuriga biror bir kishi 
keladigan bo„lsa , mana shu otlarda iloji boricha tezroq, kecha-yu kunduz 
yo„l bosilishi lozim edi. Mamalakatning kimsasiz joylarida ham, aholi 
yashaydigan joylarida ham bu otlar tayyorlab turilardi 
1
”- ushbu misoldan 
ko„rinib turibdiki, Amir Temur millarlar aro qadr-qimmatni va insoniy 
fazilatlarini ko‟ngliga jo etganligini yaqqol tushunish mumkin. Millatlar aro 
totuvlikni, yaqin hamkorlikni va abadiyatga bog‟lagan diniy qadriyatlarni o„z 
joyida tutib turish uning asosiy burchlaridan biri hisoblangan desak aslo 
mubolag„a bo„lmas. 
Amir Temur faoliyatini Yevropa tarixchilari ham qunt bilan o„rgangan 
olimlar orasidagi Ivanin o„zining “Ikki buyuk sarkarda
2
” asarida Temur 
faoliyatini atroflicha va chuqur tahlil etgan holda yoritgan. “Temur ayniqsa 
sayohatchilar, savdo va karvonga alohida homiylik qilgan. Chunki ulardan 
har bir davlatda bo„layotgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlar haqidagi 
ma‟lumotlarni to„laligicha ola olgan. Amir Temur shunday deydi:” Siyosat 
bilan maqsadga erishish mumkin bo„lgan joyda qurol bilan harakatlanish 
noto„g„ri. Avvalo dushmanning qurol ishlatish usullarini, hujum va chekinish 
qanday yo‟l berishi mumkinligini, qo„shinning ruhiyatiga, lashkarboshi va 
hokimlar fazilatiga ta‟sir etish vositalarini topish kerak “ deb ta‟kidlaydi.
Jan(Ioann) o‟zining “Amir Temur va uning saroyi” nomli kitobida 
Sohibqironga quydagicha ta‟rif beradi: U o„z do„stlariga va elchilarga, 
ayniqsa uzoq o„lkalardan kelgan elchilarga yetarlicha ochiqko„ngililik 
qilardi”. 
Yana aytish mumkinki, rus adibi Yelgeniy Berezikovning
3
“Buyuk Temur” 
asarida “Amir Temurning buyuk shaxs ekanligi uning siyosatini olib borgan 
obodonchilik ishlarini,elchilar bilan do„stona munosabati har bir hukmdor o„zi 
uchun na‟muna qilib olsa arziydi” - degan fikrlar ham o„rin olgan. 
Amir Temur o„z hayotiy faoliyatida juda ko‟plab diplomatik aloqalarni 
o„rnatganligini quydagi misollar bilan e‟tirof etishimiz mumkin. O„zaro 
yordam masalasida Temur Konstantinapol imperatorining noibi Ioann VII 
1
Ibrohim Mo’minov. Amir Temurning o’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli. Toshkent-1993-yil; 41-bet 
2
Ivanin “Ikki buyuk sarkarda” Toshkent.1994-yil. 120-128-betlar. 
3
Yelgeniy Berezikov. Buyuk Temur.Toshkent. 1996-yil. 357-358-betlar. 



Yüklə 253,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin