Innovation in the modern education system


International scientific-online conference



Yüklə 253,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix23.03.2023
ölçüsü253,68 Kb.
#89243
1   2   3   4   5
Toshtemirov Shukurilla Abdiraxmon o‘g‘li

International scientific-online conference: 
“INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM”
 
PART 15, 25.02.2022 
va husnixat fazilatlari bilan bitilgan maktub yo„llandi, hamda ko„plab 
podishohona biylokot – xil‟at, toj, kamar, turli kiyim va matolarni jo‟natadi
7

Bundan ko„rinib turibdiki, Sohibqiron o„zga xalqlarni va millatlarni hurmat 
ehtiromini o„z joyiga qo„ygan mohir diplomat hisoblangan. G„arbiy Yevropa 
davlatlari bilan aloqa bog„lashi Sulton Boyazdga qarshi bo‟lsada, ammo 
Sohibqiron Boyazdni qo„lga olganda ham, uni obro„sini yerga urmasdan, 
insoniylik sha‟niga dog„ tushirmasdan Sohibqironga xos kengfe‟llik, 
kechirimlilik kabi tug„ma hislatlarini yana bir bor namayon qilib, Boyazdni 
kechirdi, va hattoki uning o„g„liga sobiq mulklarini in‟om qilib beradi. Sulton 
Boyazd vafotini eshitganida ko„ziga yosh olib, kalima qaytarganligini - 
Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”sida qayd etadi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Amir Temur davlatida yetuk xalqaro 
diplomatiya an‟anasi shakillangan edi. Amir Temur o„zi uning barcha 
qoidalariga to„la amal qilar edi. Uning davlatida xalqaro elchilik va savdo – 
sotiq bobida olib borilgan ishlari avlodlari tomonidan davom ettirildi, 
rivojlantirildi. Bu kabi diplomatik marosimlarda aytilgan har bir so„z va 
bosilgan har bir qadam o„ziga xos ma‟noga ega bo‟lib, shu o„lkaning milliy 
qadriyatlari, urf-odatlari va ichki hamda tashqi siyosatini namoyish etish 
uchun foydalanilgan. Elchilarning amirdan oldin qariya qoshiga, so‟ngra 
nevaralar oldiga salomga olib borilishida ham muayyan bir ma‟no yotadi - 
bir tarafdan, keksalarga hurmat va yoshlarga izzat bu o„lkaning odati 
ekanligini namoyish qilsa, ikkinchi tarafdan, yosh avlodga - kelajak 
hukmdorlariga ham munosib hurmat ko„rsatish lozimligi, davlatning 
davomiyligini e‟tirof etish va shu bilan birga diplomatiyaning nozik qonun-
qoidalarini ularga yoshligidan singdirib borish, chet elliklar bilan muloqotga 
tayorlash maqsadlari nazarda tutilgan bo„lsa, ajab emas. 

Yüklə 253,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin