―Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ona haqidagi asarlarni zamonaviy



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/32
tarix23.03.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#89358
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
“Jimjitlik” o`yini 
Bu o`yin o`quvchilarning hayolini, tasavvurini va fikrlashini kеngaytirishga 
xizmat qiluvchi o`yin bo`lib, bunda o`quvchilar jim o`tirishadi. Ya'ni ular hеch 
qanday so`z ishlatmaydi. O`qituvchi esa doskaga hadislar haqida savol yozadi yoki 
buyuk muhaddislar nomini, hadislarini yozib qo`yishi mumkin. O`quvchilar 
yozilgan hadis, savol yoki muhaddislar haqida tushunchalarini so`zsiz mimika 
orqali bayon etishga harakat qilishlari kеrak. Bu o`yin turi ko`proq nutq o`stirishga 
bog`liq bo`lib, o`quvchilar qo`l harakatlari orqali fikrni ifodalashga harakat 
qilishadi.
Boshlang`ich sinflarda didaktik o`yinlar bilan bir qatorda albatta quyi sinf 
o`quvchilarining tarqoq diqqatini bir joyga to`plash maqsadida dam olish 
daqiqalari ham o`tkazilib boriladi. Dam olish daqiqalari mavzuga bog`langan holda 
tashkil qilinsa o`tilayotgan mavzu o`quvchilar ongida tеzroq sintеz qilinishi va 
o`qituvchi birgina dam olish daqiqasini o`tkazish orqali o`quvchida ushbu 
mavzuga bog`liq bo`lgan ko`plab tushunchalarni hosil qilishi mumkin. 
Buyuk ajdodlarimiz mеrosini o`rganishda yoki hadislarni o`rganish 
jarayonida quyidagi dam olish daqiqalaridan yoki bolalarga muhaddislar haqidagi 
shе'rlarni yodlatib, o`rgatib borish mumkin. Bu jarayonda o`quvchilar mеxanik 
yodlagan so`zlarini takror aytish orqali mazmunini chaqishga harakat qiladi. 
Dam olish daqiqasi 
Tariximiz buyuk mеrosi,


63 
O`zbеk xalqining buyuk bobosi. 
Jahonda dovrug`i bor ustoz muhaddis, 
Yozib qoldirgan bizga nеcha ming hadis. 
Samarqandga chorlar bizni bir maqbara, 
Islom olamidagi ulug` ikkinchi Ka'ba 
Hadislarni o`rganib, 
Odob nima anglaymiz. 
Ota–ona hurmatin, 
Bilib salom bеrgaymiz. 
Hadis o`rgangan bola, 
Zеhnli bo`lar doim. 
Imom al Buxoriy ham, 
Bilsangiz buyuk olim. 
Yoshlikdan olsak bilim, 
Toshga o`yarmiz naqsh. 
Kеksayib olsak bilim,
Muzga bitarmiz shakl.
Shuning uchun donolar, 
Dеydilar o`rgan bilim. 
Ilmda ko`p sinoat, 
Ilmla yuksak elim. 
Kеltirilgan dam olish daqiqalarini o`quvchilarga yodlatish mobaynida ushbu 
hadislar va Imom al Buxoriy haqidagi fikrlarni ifodalab, izohlab bеrish, ota-ona 
haqida ma‘lumotga ega bo‘lish, onaning o‘gitlariga quloq solish, tushunarsiz 
so`zlarni tushuntirib o`tish va dam olish daqiqasini o`quvchilarning aqliy 


64 
salohiyatiga qarab o`rgatish lozimdir.
Dеmak, boshlang`ich sinflarda ona haqidagi asarlarni o`qitishda I–IV 
sinflardagi har bir sinf uchun mos kеluvchi usullardan foydalanish va ushbu 
sinflarning aqliy qobiliyatiga e'tibor qaratgan holda osondan qiyinga qarab, 
oddiydan murakkabga tomon yo`naltirilgan usullarni va didaktik o`yinlarni 
qo`llash lozim. Usullardan III–IV sinflarda qo`llash mumkin bo`lganlarini I–II 
sinflarda qo`llash mumkin emas. Didaktik o`yinlar va dam olish daqiqalaridan ona 
gaqidagi asarlarni o`rgatishda foydalanish samarali natija bеradi.
Bugungi kunda yangi zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarning darslarga 
joriy etilishi ushbu sinf o`quvchilarini kеlajagi porloq, o`zbеkiston yoshlari bo`lib 
еtishishiga erishish uchun asosiy vosita sifatida ishlatish, mafkuramizdagi 
bo`shliqlarning oldini olishga yordam bеruvchi, milliy istiqlol g`oyasi va 
ma'naviyatimiz shakllanishida bosh mеzonlardan biri bo`lib xizmat qilishi 
mumkin. 
Maktab dasturlarida ishlab chiqilgan nizomlar yoki tashkiliy faoliyat 
jarayonlarini kuzatganimizda shunday jarayonlarga duch kеlamizki, maktabda 
boshlang‘ich o‘qish darslarida ona haqidagi asalarni o‘rganish juda muhim rol 
o`ynaydi. Ona haqidagi asarlarni o‘rganish tarbiya borasida o`quvchilar onggi va 
fikrlash qobiliyatiga juda katta ta'sir o`tkazadi. 
Birinchi sinf o'quvchilari o'qishning bir necha turlarini, ya'ni, ravon, tez 
o'qishni, ayni paytda, turli janrdagi matnlarni o'qib, o'rganib olgan bo'ladilar. 
Ikkinchi sinf o'quvchilari bilan ana shu malakalarni takomillashtirishga qaratilgan 
ish tizimi olib boriladi. Bolalarning o'qish tezligini oshirish, ifodali o'qish 
malakalarini egallash, badiiy matn ustida ishlash, she'r va kichik matnlarni yod 
olish, tushunganlarini gapirib berish kabi ish turlarini ko'proq o'tkazish ko'zda 
tutiladi. 
O'qish kitobida (―Bilim bog'i‖), ―Ona yurtim — oltin beshigim‖, ―Maktabim 
— kitobim — oftobim‖, ―Oltin kuz —hosiling yuz‖, ―Mehnat — baxt keltirar‖, 
―Otalar so'zi —aqlning ko'zi‖, ―Kumush qish — misoli oqqush‖, ―Qushlar va 


65 
hayvonlar — bizning do'stimiz‖, ―Ertaklar — yaxshilikka yetaklar‖, ―Yoz — o'tadi 
soz‖ kabi bo'limlar mavjud. Har bir bo'lim bolalarga ta'lim berish bilan birga, 
bilim, malaka hosil qilish, ularda voqea, hodisalarga qiziqish uyg'otish, rasmlarni 
kuzatish, xulosalar chiqarishga o'rgatadi. 
Kitobdagi rasmlar bolalarning his va tuyg'ularini, nutqlarini o'stirishga 
hamda ularni ijodiy tahlil qilishga mo'ljallangan. O'quvchilar rasmlarni tomosha 
qilib, tasvirlangan narsa, voqea-hodisalarga o'z munosabatlarini bildiradilar, 
ulardan zavq oladilar, o'zlari ham ijodiy ravishda asar mazmuniga mos rasmlar 
ishlashga, o'z taassurotlarini ifodalashga o'rganadilar. 
Darslikda berilgan har bir matn o'quvchilarning fikrlash doiralarini o'stirish 
bilan birga, ularda tevarak-atrofga munosabat, odob-axloq malakalarini o'zlarida 
mujassamlash, asardagi qahramonlarga taqlid qilish, ulardagi eng yaxshi xislatlarni 
egallash, irodali, mehnatsevar, jasur, kamtar, vijdonli, mehribon va iltifotli bo'lish 
kabilarni o'zlashtirib borishga qaratilgan. Shuningdek, o'qiganlarini mazmunli qilib 
gapirib berish, fikrni jamlash, uzviylikka e'tibor berishga alohida ahamiyat qilinadi. 
Shunday qilinganda matn mazmunini o'zlashtirish ancha oson bo'ladi. O'qituvchi 
bolalarni darslikka nisbatan qanday munosabatda bo'lishga, undan ijodiy 
foydalanishga, mundarijasiga qarab kerakli asarni tez topish, o'qishga kirishish 
uchun ruhan tayyorlanish va shu talablarni bajarishga o'rgatadi. O'quvchilarning 
o'quv dasturi talablarini o'zlashtirishlari uchun sharoit yaratish, ularni darsda faol 
qatnashishga undash, o'zlashtirish sur'atlari va imkoniyatlariga qarab qo'shimcha 
vazifalar berish, darsning qiziqarli va samarali bo'lishi uchun mos vazifalardan 
unumli foydalanish, dars jarayonida bolalar jamoasi e'tiborini jalb qilgan holda 
muammoli vaziyatni yuzaga keltirish va uning yechimini topish, o'quvchilarning 
bilim, malakasini baholash, uyga beriladigan vazifalarni me'yorlash, ularning 
zo'riqishlarini oldini olish lozim. 
O'qish darslariga quyidagi talablar qo'yiladi: 
— ta'lim va tarbiya maqsadining birligi; 
— ta'lim va tarbiya vazifalarining birligi; 
— ta'lim va tarbiya manbalarining uzviy bog'liqligi; 


66 
— ta'lim va tarbiya metodlarining birligi. 
- Har bir dars pedagogik, psixologik, metodik tomondan to'g'ri tashkil 
etilishi, didaktik talablarga amal qilgan holda o'tkazilishi kerak. O'qituvchi darsda 
vaqtni to'g'ri taqsimlashi, undan unumli foydalanishi zarur. O'qish darsi o'zining 
mazmuni va mundarijasi jihatidan boshqa darslardan farq qilishi va ta'limda 
yetakchi ahamiyat kasb etishi kerak. 
Darsni tashkil etishda bolalar e'tiborini qiziqarli misollarga jalb qilish, 
tasviriy san'at asarlarini maroq bilan tomosha qilishga qaratish, shu yo'sinda asos iy 
mavzuga o'tish lozim. O'qituvchi darsga tayyorgarlik ko'rishda, ko'rgazmali 
qurollar tayyorlashda o'quvchilarning didini, nafosat tarbiyasini o'stiradigan 
materiallar tanlashi, uning o'zi esa darega hamisha yaxshi kayfiyat bilan kirishi, 
o'quvchilarda ham yaxshi kayfiyat hosil qilishi kerak. Bunday sifatlar boshlang'ich 
sinf o'quvchilari uchun zaruriy odatga aylanishi lozim. 
Darsda bolalarga to'la erkinlik berish, o'qituvchi bilan bolalar o'rtasida 
samimiy munosabat bo'lishi, ishonch va hurmat tobora ortib borishi kerak. O'tilgan 
mavzuni so'rashda ham, yangi mavzuni o'rgatishda ham bolalarning xotirasini 
mustahkamlovchi omillardan foydalanish, sezgi a'zolarining ishtirokini ku-
chaytirish, ko'rish va eshitish faoliyatlarini rivojlantirish, ularning faolliklarini 
ta'kidlab, darsda yanada yaxshi qatnashishga undash lozim. Sinf xonasini dars 
o'tishga tayyorlash, ko'rsatiladigan ko'rgazmalar, o'qib beriladigan har bir matn 
yoki magnit tasmasidan eshittiriladigan yozuvlarni taxt qilib qo'yish, o'quvchilarni 
esa mas'uliyatni his etish va o'quv qurollarini taxt qilishga o'rgatish darsning 
samarali o'tishiga imkon beradi. 
Mavzuning oson yoki murakkabligiga qarab, dars jarayonida vaziyatni 
o'zgartirish, muammoli o'qitish usulini keng qo'llash, interfaol metodlardan 
foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda bolalar tomonidan darsning qanday 
o'zlashtirilayotganini kuzatib, ularning idrok etish faoliyatlarini, hissiyotlarini 
faollashtirish kerak. Shunday qilib, o'quvchilarni shaxs sifatida kamol topishlarini 
ta'minlovchi barcha vositalarni qo'llash orqali dars sifatining yaxshi bo'lishiga 
erishish mumkin. 


67 
Birinchi sinf o‘qish kitobi darsligida 8- mart bayramiga va oanajonlarga oid 
mavzular deb darslikning 37- betidagi ― Ona allasi‖
1
(rivoyat) hamda 38-betdagi 
Po‘lat Mo‘minning ―Mehribon oyijonim‖ mavzularini olishimiz mumkin. Ushbu 
mavzular ‗Ko‘klam -yashnaydi olam‖ bolimida berilgan bo‘lib, yillik ish rejaga 
ko‘ra 8-mart bayramiga to‘g‘ri keladi. “Ko'klam — yashnaydi olam‖ bo‘limi 9 
soatga mo‘ljaqllangan. "Ko'klam — yashnaydi olam" bo'limida fasllar kelinchagi, 
yashash-yasharish faslining o'ziga xos xususiyatlari, inson hayoti va uning tabiatga 
ta'siri haqida hikoya qilingan asarlar o'rin olgan. O'quvchilarning sinfda va 
mustaqil o'qishlari lozim bo'lgan asarlar: 
1.Bahor. 2.Lola. 3.Ona allasi. 4.Mehribon oyijonim. 5.Bekinmachoq. 
6.Qushcha. 7.Quyoshdan erta turib. 8.Navro'z bayrami. 9. Navro'z.
Ushbu mavzularni 8-mart bayrami arafasiga to‘g‘ri kelishini hisobga olib 
o‘quvchilar bilan bayram haqida qisqacha suhbat o‘tkazish mumkin. Bu suhbatda 
bayramning kimlarning bayrami ekanligi va ushbu bayramga biz qanday sovg‘alar 
qilish mumkinligi haqida savol-javob o‘tkaziladi. Darslikda keltirilgan she‘rni yod 
olish orqali ularga chiroyli sovg‘a qilish mumkinligini aytiladi. 
Ona allasi
2
(Rivoyat), Ushbu rivoyat orqali o‘quvchilar ona allasini 
naqadar katta kuchga ega ekanligi va uning sehrli ohangi va jozibasi tufayli harbir 
farzand har tomonlama kamol topib tarbiya ko‘rishi haqida bilib oladilar. 
P‘olat Mo‘minning ―Mehribon oyijonim‖ she‘ri esa chin ma‘noda 
o‘quvchilarning onalari uchun bayram sovg‘asi bo‘lishi mumkin. 
Juda ham a‘losiz oyijon
Juda ham donosiz oyijon 
Siz meni qo‘zim deb sevasiz 
Nur to‘la ko‘zim deb sevasiz 
Oyijon oyijon oyijon 
Siz meni barchaga yaxshilab, 
Quchasiz o‘rgilib erkalab, 
1


68 
Shu aziz boshimni silaysiz
menga baxt omonlik tilaysiz 
Oyijon oyijon oyijon 
2-sinf darsligida 8-martga oid alohida bo‘lim ajratilgan bo‘lib 8 soatga 
mo‘ljallangan. Ular quyidagi mavzuardan iborat: 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin