BAYRAMINGIZ MUBORAK
2
Yusuf
Shomansur
Sakkizinchi mart bugun, Quvonchlarim bir jahon.
15
Boshlang'ich sin o'qish fanidan uzviylashtirilgan o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar. Ziyonet.uz
2
Umarova M . va boshqalar 3- sinfga o‘qish darslari, T., 2010 yil
71
Bayramingiz muborak, Aziz ona — onajon!
So'zlari bol, durdona, Mehnatda eng mardona,
olam ichra yagona, Sizsiz, ey aziz ona!..
Bizni yuvgan, to'ydirgan, Quvontirgan, kuldirgan,
Elga mehr qo'ydirgan, Onajonlar bo'ladi.
Shuning uchun mehribon, Onalarni ardoqlang.
A'lo o'qib doimo, Ona hurmatin oqlang.
Sakkizinchi mart bugun, Quvonchlarim bir jahon.
Bayramingiz muborak, Aziz ona — onajon!
Ushbu she‘r orqali o‘quvchilarda onalarni o‘z farzandlariga qay
darajada mehnatlari singganini, ularni tarbiyalashda qanchalik zaxmatli
yo‘lni bosib o‘tishini, borliqdagi barcha narsalarni tanishda ilk yo‘l
ko‘rsatuvchi va bilim beruvchi onalarimiz ekanini singdirishimiz lozim.
4-sinf o‘qish fani dasturida esa 8-martga oid mavzular umuman
berilmagan. Bizning fikrimizcha 4-sinf dasturida 8-mart bayrami tarixi,
qayerlarda ushbu bayram nishonlanishi haqida qisqacha ma‘lumot berish va
bayram tabrigini tayyorlash yuzasidan ma‘lumotlar berish lozim. Chunki
o‘quvchilar 4-sinfga kelib tafakkur operatsiyalaridan tahlil, taqqoslash, xotira
kabilar anchagina rivojlanganligi uchun bunday ma‘lumotlar ularning
kelgusida tarix va adabiyot fanlaridan ilk elementar bilimlar sifatida xizmat
qiladi. Shu bilan birga o‘quvchilarning 8- mart bayramiga oid mavzular
orqali jamiyatimizda onalar, ayollarning rolini yanada yaxshiroq anglab olar
edilar.
|