73
Ushbu o`zlashtirish natijalari tahlil qilinib tajriba ob'еkti sifatida biz 2-B
sinfini bеlgilab oldik. 2-A sinfi esa nazorat sinfi sifatida bеlgilandi. Shundan so`ng
tajriba sinfi bo`lgan 2-B sinfida tajriba sinov ishlari boshlab yuborildi.
Tajriba sinov ishlari asosan mavzudan kеlib chiqqan holda 1- sinf o‘qish
kitobi darsligidagi Mehribon oyijonim mavzusi yangi pedagogik texnologiyalar
asosida tashkil etildi. Mavzular turli interfaol usullar asosida o‘tildi. Asosan biz 2-
B sinfda darslarni noan‘anaviy tarzda yangi pedagogik
texnalogiyaga asoslangan
holda olib bordik. Har bir darsda o`quvchilarni rag`batlantirib, qilayotgan ishlarini
kuzatib bordik.
―Aqliy hujum‖, ―BBB‖, ―Nima uchun‖, ―Insert‖, ―Klaster‖
kabi usullardan
foydalanildi. Darslarda o`quvchilarning darsga munosabati,
faolligi, o`zlashtirish
darajasi doimiy nazorat qilib borildi. Kuzatishlar yuqoridagi tarzda tashkil
etilganda o`quvchilarda katta qiziqish uyg`otayotganini, faolligi,
mustaqil fikrlash
qobiliyatlarining o`sib borayotganligini ko`rsatdi. Quyida ana shu tarzda tashkil
etilgan darslar uchun dars ishlanmasidan namuna keltirib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: