Kirish.
Ulug‘ donishmandlar Vatanga eng munosib
ta‘rif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos
etganlarida katta ma‘no bor. Dunyoda ―muqaddas‖
degan so‘zga eng munosib zot ham – Onadir.
Onani e‘zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz
uchun oily qadriyat darajasidga ko‘tarilgan fazilat.
Islom Karimov
Mavzuning dolzarbligi. ―Mustaqillik – bu hech kimga qaram bo‘lmasdan,
o‘z milliy manfaatlarimizni, uzoq va davomli maqsadlarimizni ko‘zlab
iqtisodiyotimizni barqaror sur‘atlar bilan o‘sishini ta‘minlash, aholimizning
farovonligini, xalqaro maydonda Vatanimizning obro‘-etiborini munosib darajaga
ko‘tarishdir. Shu bilan birga ertangi kunimizni yanada yuksaltirishga mustahkam
zamin yaratishga qurbi-qudrati yetadigan, hech kimdan kam bo‘lmasdan hayotga
kirib kelayotgan yetuk va barkamol, mustaqil fikrlaydigan yangi avlodni kamol
toptirish demakdir‖
1
Ona tilini o'qitishdan asosiy maqsad o'quvchilarda o'z ona tilida fikrni to'g'ri,
aniq, ravshan va go'zal ifodalay olish ko'nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirishdan iboratdir.
So'zlarni to'g'ri tanlash, nutqni tinglovchiga qulay tarzda tuza olish insoniy
madaniyatning eng asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun har
bir so'z, birikma va gapni barcha qirralari bilan to'g'ri, o'rinli ishlata olishni
o'rgatish, o'z nutqiga nisbatan ehtiyotkorlik tuyg'usini shakllantirish ona tili
mashg'ulotlarining asosiy vazifasi sanaladi.
Biz yangi iqtisodiy, ijtimoiy sharoitda faqat bilimli kishilarni emas, balki
ijodkor, tadbirkor kishilarni ham yetkazib berishimiz lozim. «Bilimli kishi» bilan
«tadbirkor kishi» orasida farqi bor, albatta. Bilimli shaxs bilimga ega bo'lsa ham,
1
Karimov I. Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan mustaqil O‘zbekiston!//‖Xalq so‘zi‖ gazetasi. №117. 2013
yil.
6
lekin bilimini har vaqt ham amaliy faoliyatda qo'llay olmaydi. Tadbirkor shaxs esa
faqat bilimli bo'lib qolmasdan, balki egallagan bilimini sharoitga mos ravishda
qo'llay olish ko'nikmalariga ham egadir. Shuning uchun ―bilimlining bilimi
omborda yotgan sara urug' bo'lsa, tadbirkorning bilimi yerga ekilgan dondir‖
1
.
O‘quvchilarga
odob-axloq
sifatlarni
singdirish
maktabda
o‘qish
mashg‘ulotlarining bosh vazifasidir. Shuning uchun birinchi soatdan oxirgi
mashg‘ulotgacha o‘qish darslari o'quvchilarda odob-axloq sifatlarni tarbiyalashga
xizmat qilishi kerak.
O'quvchilarda odob-axloq sifatlarni rivojlantirishda ona haqidagi asarlarning
ahamiyati va o ‘ rni ham juda katta bo'lib, o'quvchilar ona haqidagi asarlar orqali
ravon, tekis, chiroyli jumlalardan foydalangan holda so'zlashga o'rganish bilan
birgalikda, ona va onaning o‘gitlari haqida ma‘lumotlarni ozlashtirib boradilar.
―Bizning mana shu qisqa – yigirma ikki yillik tariximizda mustaqillikka
erishish, milliy davlatchiligimiz, ertangi kunimizni qurishga, yurtimizni turli balo-
qazolardan asrashga, O‘zbekistonimizni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga
kirishi, jahon maydonida munosib obro‘ topishida eng asosiy omillar nima deb
so‘ralsa, men boshqa mezonlarni inkor qilmagan holda, bir fikrni alohida ta‘kidlab
aytgan bo‘lardim: bu yo‘ldagi eng muhim omil – bu ham jismoniy, ham ma‘naviy
jihatdan sog‘lom, hech kimdan kam bo‘lmasdan, boshini baland ko‘tarib
yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun ma‘suliyatni o‘z zimmasiga
olishga, xalqimiz intilayotgan kelajagi buyuk davlatni barpo etishga qodir bo‘lgan
barkamol avlodimiz, desam ayni haqiqatni aytgan bo‘laman
2
‖. Darhaqiqat
―Bolaning psixologik va jismoniy rivojlanishdagi eng asosiy davr – bu
boshlang‘ich sinf davridir‖
3
.
Boshlang‘ich sinflardagi dars mashg‘ulotlarida, xususan o‘qish darslarida
o‘quvchilarga axloqiy sifatlarni shakllantirishda she‘riy asarlarning yuqorida
ta‘kidlaganimezdek ahamiyati katta.
1
G‘ulomov A, Qobilov B. Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari. Uslubiy qo‘llanma.–T.,2006 yil.
2
Karimov I. Amalga oshirilayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish -yorug‘
kelajagimizn ing asosiy omilidir.//‖Inson va huquq‖ gazetasi. 2-bet. 2013 yil №147
3
O‘sha manbaa 3-bet. 2011 yil.
7
O‘zbek xalqi qadim-qadimdan odob-axloq normalariga qattiq rioya etgan
xalqdir. Salom alikdan tortib, toki kattalarni hurmatda, kichiklarni izzatda ko‘rish
odobiga muomalasining barcha qirralari o‘zbek millatida mavjud va bularni albatta
singdirib borish o‘qituvchilarning oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Zero,
―O‘z ona tilini bilmagan odam o‘z shajarisini, o‘zining ildizini bilmaydigan,
kelajagi yo‘q odam. Kishi tilini bilmaydigan uni dilini ham bilmaydi‖
1
.
Dostları ilə paylaş: |