―Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ona haqidagi asarlarni zamonaviy


 Boshlang’ich sinf o’qish darslarining ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’rni



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/32
tarix23.03.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#89358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
1.2. Boshlang’ich sinf o’qish darslarining ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’rni 
Boshlang‘ich sinfda o‘qish darsi o‘z mazmuni, o‘quvchilar fikrini, 
dunyoqarashini, nutqini, bola shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi xususiyatlari 


16 
bilan boshqa o‘quv-predmetlari orasida muhim o‘rin tutadi. O‘qish darslari 
jarayonida o‘quvchilarning o‘qish malakalari takomillashadi. O‘quvchilarning 
to‘g‘ri, ravon, ongli va ifodali o‘qish, badiiy asar g‘oyasini tushunish, asar yoki 
voqea-hodisaga o‘z fikrini bildira olishqobiliyatlari o‘sib boradi. ―O‘qish kitobi‖ 
dagi turli she‘rlar, hikoya va maqollarni o‘qish va ular ustida ishlash natijasida 
o‘quvchilarda borliq va voqelik haqidagi bilimlari, tushunchalari kengayib boradi. 
O‘quvchilar ta‘limning dastlabki kunlaridan boshlab tabiat, jamiyat, kishilar 
mehnati va hayvonlarning yashash faoliyatlari haqida va bir qator shunga o‘xshash 
bilimlarni o‘zlashtirib boradilar. 
Birinchi sinfda savod o‘rgatish davri tugagandan so‘ng o‘qish darslari 
boshlanadi va keyingi sinflarda davom ettiriladi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarga matematika, yozuv, 
tabiatshunoslik, rasm, musiqa, jismoniy tarbiya, mehnat ta‘limi kabi fanlardan 
boshlang‘ich bilimlarni berib boradilar. O‘qituvchi uchun eng muhimi shundan 
iboratki, bola o‘zi olayotgan bilim, unda shakllanadigan his-tuyg‘u hayotda zarur 
va ahamiyatli ekanini tushunib yetsin. O‘qish darsi orqali o‘quvchilarga mana 
shunday xislatlarni singdirib boriladi. Bu o‘rinda o‘qish darslari muhim o‘rin 
tutadi. Sinfda o‘qish darslarida quyidagi vazifalar bajariladi:
1
1. O‘qish malakalarini takomillashtirish, o‘quvchilarda yaxshi o‘qish 
sifatlari, to‘g‘ri, tez ongli, ifodali o‘qish malakalarin shakllantirish; 
2. Bolalarda kitobga muhabbat uyg‘otish,
Qanday tovushni anglatishini bilgan holda tez, ongli, to‘g‘ri va ifodali o‘qiy 
oladi. 
O‘qish darsini yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchi esa boshqa fanlarni ham tez va 
osongina o‘zlashtiradi. Ana shunday ekan, savod o‘rgatish davridan boshlaboq 
o‘quvchilarni darsga qiziqishini oshirish, ularni to‘g‘ri, ravon, xatosiz, ifodali qilib 
o‘qishga o‘rgatib borish kerak. 
O‘qish darslari o‘quvchilar fikrini va nutqini o‘stirish, vatanga muhabbat 
ruhida tarbiyani amalga oshirish hamda o‘quvchi shaxsini har tomonlama 
1
Qosimova K., Matchonov S. Ona tili o‘qitish metodikasi. T., ―Noshir‖ nashriyoti. 2009 y. 68-bet. 


17 
rivojlantiruvchi xususiyatlari bilan ham boshqa fanlar orasida alohida o‘rin tutadi. 
Chunki o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘qishni tugutish bilan bir qatorda turli narsalar 
va 
ko‘rgazmali 
qurollar 
yordamida 
ularning tasavvur tushunchalarini 
kengaytiradilar. Dars davomida o‘tilgan turli badiiy asarlar orqali asarda ishtirok 
etgan obrazlar namunasida tarbiyaviy ta‘sir o‘tkaziladi. 
Mana shu ta‘sir o‘quvchilar hayotida ijobiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi, 
ularni axloqiy yo‘lga yetaklashi lozim. 
O‘qish darslarining asosiy qismini o‘quvchilarning o‘qishiga ajratish lozim. 
O‘quvchilar turli xildagi aniq topshiriqlar asosida bir marta o‘qitiladi va o‘qish 
mas‘uliyatlari orttirib boriladi. O‘quvchilarga qo‘yiladigan bunday talablar va 
topshiriqlar dastlab sodda va oson bo‘lib, asta-sekin murakkablashtirib boriladi. 
O‘qish darslari davomida o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish va nutq 
o‘stirish masalasiga alohida e‘tibor beriladi. O‘qish darslarini o‘tishda darslikdagi 
va boshqa turli xil rasmlardan foydalanib Shu asosda suhbat o‘tkazish 
o‘quvchilarning so‘zlashuv natijasida og‘zaki hikoya tuzdirish, she‘r, topishmoq va 
maqollarni yoddan aytirish singari turli o‘qitish usullaridan foydalanib darsni 
tashkil etish mumkin. 
O‘qish darslarida o‘qitish va so‘zlab berish jarayonida o‘quvchilarning 
adabiy talaffuz normalariga rioya qilishlari talab qilinadi. Buning natijasida 
o‘qituvchi o‘quvchilarni tiniq va ravon so‘zlashlari, har bir so‘z tinglovchilar 
e‘tiborini o‘ziga jalb qilishi kabi nutq malakalarini egallashlariga katta hissa 
qo‘shgan bo‘ladi. 
O‘qish kitobidagi turli janrlarga xos bo‘lgan badiiy asarlarni o‘qish va ular 
ustida ishlash orqali o‘quvchilarning borliq, voqelik haqidagi tasavvur 
tushunchalari kengayadi. 
Birinchi sinfda o‘quvchilar ongli, to‘g‘ri va bir me‘yorda bo‘g‘inlab o‘qish 
malakalarini egallaydilar. Ayrim nutq tovushlarining talaffuzidagi qiyinchiliklar 
asta-sekin 
bartaraf etiladi. O‘quvchilar o‘qigan matnlarining mazmunini 
o‘qituvchining yordamchi savollari asosida, hamda kichik hajmdagi matn 
mazmunini unga ishlangan rasmdan foydalanib so‘zlab berishga o‘rgatib boradilar. 


18 
Ikkinchi sinf o‘quvchilarida so‘zni butunicha o‘qish malakalari shakllanadi 
va ongli, to‘g‘ri, ifodali o‘qishga intilish yaqqol seziladi, o‘qish tezligi ortadi. 
Ayrim matnlarni ovoz chiqarmay o‘qiy boshlaydilar. O‘qituvchi rahbarligida 
o‘qilgan matndagi asosiy fikrni aniqlaydilar, undagi ayrim voqea-hodisalarni so‘z 
bilan tasvirlashga o‘rganadilar. 
3-sinfda o‘quvchilar so‘zlarni butunicha o‘qish malakalarini to‘la egallab, 
ongli va ifodali o‘qishga ko‘proq e‘tibor qaratadilar. O‘qilgan matn mazmunini 
mulohaza qilish, voqealar yo‘nalishini aniqlash qobiliyatiga ega bo‘ladilar. 3-sinf 
o‘quvchilariga o‘zaro fikr oliShuv jarayonida xalq maqollari va obrazli iboralardan 
o‘rinli foydalanish adabiy talaffuz normalariga rioya qilish o‘rgatiladi. 
4-sinfda esa o‘quvchilar matndagi so‘zlarni butunicha, ma‘nosiga tushunib, 
to‘g‘ri o‘qish malakalrini egallaydilar. O‘qiganlari mazmunini qayta hikoyalash, 
matnlarni qismlarga bo‘lish va sodda reja tuzish vazifalarini mustaqil bajara 
oladilar. 
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, boshlang‘ich sinflarda o‘qish asosiy 
dars, o‘quv-predmetlaridan biri sifatida o‘qitib boriladi. Umuman olganda, 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘qishni o‘rgatish ularga tarbiyaviy ta‘sir etish 
bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Ya‘ni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga 
darslar davomida bilim berish bilan bir qatorda ularga iroda, e‘tiqod va yaxshi 
xislatlarni tarkib toptiriladi va ularni qiziqish, qobiliyat va iste‘dodlarini o‘stirish 
vazifalarini ham bajariladi. O‘qish darslaridagi barcha asarlarni o‘qitish orqali 
o‘quvchilarga tarbiyaviy ta‘sir o‘tkazib boriladi. 
Tarbiya – yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama o‘stirish 
uning ongi va hulq-atvorini tarkib toptirish jarayonidir. Tarbiyaning umumiy 
maqsadi o‘zida ma‘naviy boylikni, axloqiy poklik va jismoniy barkamollikni 
uyg‘un tarkib toptirgan insonlarga xos bo‘lgan barcha xislatlarni o‘zida 
mujassamlashtirgan va har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishdan iborat. 
Tarbiya jarayonida o‘quvchilarning onginigina emas, balki. Uning xis-
tuyg‘ularini ham o‘stirib borish unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan ta‘limiy va 
axloqiy talablariga muvofiq keladigan hulqiy malaka va ko‘nikmalarini tarkib 


19 
toptirish lozim. Tarbiya to‘xtovsiz va sistemali ravishda olib borilishi zarur bo‘lgan 
ko‘p qirrali va murakkab jarayondir. Tarbiya berish qanchalik erta boshlansa u 
shuncha samarali bo‘ladi. Shu o‘rinda ushbu rivoyat juda ham qo‘l keladi. Ibn Sino 
bobomizning oldiga bir chaqaloqni olib keladilar va ―Biz bolamizga qachondan 
tarbiya berishni boshlasak bo‘ladi‖- deb so‘raydilar. Shunda yosh kelin-kuyovdan 
Ibn Sino chaqaloqni tug‘ilganiga qancha bo‘ldi - deb so‘raydilar. Ular olti oy deb 
javob beradilar. Ibn Sino chaqaloqning ota-onasiga ―Sizlar tarbiya berishga olti oy 
kechikibsizlar,‖ – deydi. 
Bu rivoyatdan ko‘rinib turibdiki, tarbiyani hatto bolaning chaqaloqlik 
davridanoq boshlash, bolani kelajakda ilmli, tarbiyali, mehnatsevarligi va insonlar 
bilan bo‘ladigan muloqoti bilan barcha insonlarning e‘tiborini qozonadi. Shuning 
uchun Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlaganda bu masalaga jiddiy e‘tibor 
beriladi. 
Ta‘lim olish uchun maktabga kelgan har bir bola to‘la tarbiya olib kelmaydi. 
Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta‘limiy tushunchalarni berishdan 
oldin ularda tarbiyaviy masalalar yuzasidan ko‘plab tushuntirish ishlarini olib 
borish lozim.
Boshlang‘ich sinfda o‘qituvchi bolalar ongini, dunyoqarashini qaysi 
tomonga 
bursa, 
ularning 
fikrlarini 
nimalar 
bilan 
boyitsa 
bu 
narsalar 
o‘quvchilarning xotirasida saqlanib qoladi. Zero, yoshlikda olingan bilim toshga 
o‘yilgan naqsh kabidir, - deb bejiz aytilmagan. Shu jihatdan boshlang‘ich sinflarda 
o‘qish darslari muhim o‘rin tutadi. Odob-axloq, hulq-atvor, do‘stlik, o‘rtoqlik, 
vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy tuyg‘ular asosan o‘qish 
darslarida singdirib boriladi. 
Maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta‘lim-tarbiya berish jarayoni 
tarbiyaning jamiyatimiz talab qiladigan maqsad hamda vazifalarni bajaruvchi, 
mavjud bilimga ega bo‘lgan muallimlarning muayyan maqsadga qaratilgan ongli 
faoliyati natijasida vujudga keladi
1
. Maktabda o‘quvchilarning ta‘lim jarayonini 
takomillashuvi 
ta‘lim-tarbiya nazariyasidagi barcha masalalarni maktabda 
1
Umarova M. 3-sinfda ona tili darslari. T., ―Ijod dunyosi‖ nashriyoti. 2004 yil. 7-bet.


20 
ta‘limning mazmuni, ta‘lim printsiplari, o‘qitishning shakl va usul, vositalari, 
ta‘limni tashkil etish shakllari va bir qator vazifalarini mas‘uliyat bilan bajarishni 
o‘qituvchilardan talab qiladi. 
Boshlang‘ich sinflarda ta‘lim-tarbiya ishlarini doimiy va uzviy bog‘liq holda 
olib borish kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘qish darslari orqali ta‘lim va 
tarbiyaviy bilimlar berib boriladi. Darslar davomida o‘quvchilarga xulq insonning 
xatti-harakatida, insonlarga bo‘lgan munosabatida, jamoat joylarida o‘zini tutishda, 
odobida namoyon bo‘ladigan iinsoniy tuyg‘u ekanligi haqida tushunchalar berib 
borish zarur. Insonning xulqi uning har bir harakatida yaqqol ko‘zga tashlanib 
turadi. Inson hulqi tufayli jamiyat orasida Shuhrat qozonadi, biror mavqega ega 
bo‘ladi yoki badnom bo‘lib, yoqimsiz bir shaxsga aylanib qolishi mumkinligini 
darslikda berilgan ta‘lim-tarbiyaga oid asarlar orqali ularni tasavvur va 
tushunchalarini kengaytirib borish lozim. Boshlang‘ich isnflarda o‘qitiladigan har 
bir umumlashtiruvchi o‘qish darslari ta‘limiy, tarbiyaviy xarakterda bo‘lishi kerak. 
Umuman olganda, boshlang‘ich sinf o‘qish darsini o‘tishda dastlab ta‘lim va 
tarbiyaga oid bilimlar berib borilishi, kelajak avlodni barkamol o‘sib ulg‘ayishiga 
mustahkam zamin hozirlaydi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin