80
omil hinduiylik va buddizm qobig’ida hukmdor-xudo rasmiy
e’tiqodining, ajdodlarga sig’inish e’tiqodining turli an’anaviy
shakllarining yanada rivojlanishidir. ”Keng yo’l” (maxayana)
buddizmining va ayniqsa vajrayana buddizmi afsonaviy mafkurasining
tarqalishi yana bir muhim omil bo’lgan.
Badiiy madaniyatning muhim yutuqlari bu omillar bilan bog’liq
bo’lgan va ilk o’rta asrlar klassik me’yorlariga asos bo’lgan.
1.
“Tog’-Ibodatxona” me’morchilik obrazi kxmerlarlarning
prasat, tyamlarning kalan, yavaliklarning chandi, malayyaliklarning
biaro modellariga asos bo’lgan. Bu me’morchilik shakllarining barchasi
zinapoyasimon piramida “tog’” ning yuqorisida barpo etilgan
minorasimon, terassa-minorali ibodatxonalardir. Me’morchilikning
ahamiyatga ega mahalliy yo’nalishlarining barchasida ibodatxona
qurilishiga o’z an’analariga mos holda o’zgarishlar kiritilgan.
2. Haykaltaroshlikning yetakchi yo’nalishlari yuqorida qayd
etilgan me’morchilik, ya’ni ibodatxona majmualari bilan bog’liq
bo’lgan. Kxmerlarning Sambor Prey Kuk va Prasat Andetdagi
hinduiylashtirilgan xudolari va ayniqsa mashhur Xarixara (Shiva-
Vishnu) haykallarida hukmdor hokimiyatining muqaddasligi va uning
o’limidan so’ng ilohiylashtirilishi bilan bog’liq g’oyalar aks etgan.
3. Qadimgi dunyo va o’rta asrlar chegaralarida mahobatli
san’atning budda aqidalari doirasidagi mahalliy me’yorlari ishlab
chiqilgan. Masalan, Markaziy Yavadagi Borobudur ibodatxoan
majmuasida (VIII asr oxiri - IX asr boshi) muqaddas Tog’, stupa va
piramida obrazlari birlashtirilgan.
4. Vyetnam madaniy arealida “shimoliy mustaqillik” davrida
(m.a. I asr – milodiy IX asrlar) xitoy sivilizatsiyasining ta’siri
Dongshon sivilizatsiyasi vakillari-lakvyetlar an’analari bilan to’qnash
keldi. Dxyana buddizmining qabul qilinishi va adaptatsiya qilinishi
o’ziga xos qirralarga ega alohida me’morchilik, haykaltaroshlik va
naqsh san’ati yodgorliklarining paydo bo’lishi bilan birga borgan
(Dayla va Lyuilaudagi budda va fuqarolik inshootlari, Tenzudagi
stupalar modellari, turli dafn buyumlari).
Qadimgi Janubi-Sharqiy Osiyo sivilizatsiyalarining badiiy merosi
hozirda ushbu hududda istiqomat qiladigan etnoslar an’anaviy
madaniyatining ajralmas qismini tashkil etuvchi madaniy qadriyatlarni
yetkazishda katta rol o’ynadi.
Dostları ilə paylaş: