86
tushunchalarni ifodalaydigan ko’pgina tasvirlar qo’shilmasi -
ideogramma ko’rinishidadir.
In belgilarining hozirgi Xitoy iyerogliflaridan 3 xil farqli tomoni
bor. Birinchidan, har bir elementar belgi qandaydir buyumning
konturini tasvirlagan, ikkinchidan bir belgilini yozilishida ko’p xilma-
xillik mavjud. Uchinchidan belgini qatorning nisbiy yo’nalishiga
tomon
harakati hali barqaror bo’lmagan. In yozuvining m.a. I ming yillikda
Chjoular tomonidan o’zlashtirilishi, uning taraqqiyotini uzib qo’ymadi.
M.a. II-I ming yilliklarda iyerogliflarning mahalliy variantlari
unifikatsiya qilindi, belgilarni yozishning yangi husnixati paydo
bo’ldi.
Qadimgi Xitoyda odatda yupqa yog’och yoki bambuk
taxtachalariga yozilgan. M.a. I ming yillikning o’rtalarida ipak
matoga ham yozilgan. Yangi era boshida qog’oz kashf
qilinib ishlatila
boshlandi va qog’oz boshqa materiallarni siqib chiqardi.
Chjango davri an’anaviy ravishda Xitoy ma’naviy madaniyati
tarixida klassik davr hisoblanadi. Manbalarda ta’kidlanganidek “Yuz
maktab raqobati” davri bo’lgan bu davrda qadimgi Xitoyning asosiy
ta’limotlari: konfutsiylik, legizm, daosizm vujudga keldi.
Konfutsiy
(Kun-size m.a. 551-479-yillar) ta’limoti bo’yicha inson tabiatan ezgulik
xislatiga ega va o’z burchini sidqidildan o’tashga tayyor. Konfutsiy
barcha ijtimoiy munosabatlar uchun oilani namuna hisoblaydi. Oilada
kattalar kichiklarga g’amxo’rlik qiladilar va ularni tarbiyalaydilar,
kichiklar ularni hurmat qiladilar va ularga bo’ysunadilar. Davlatga xalq
farzandlar o’rnida, hukmdor ota o’rnida bo’ladi, hukmdor o’z shaxsiy
manfaati emas xalq farovonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishi lozim.
Eng qadimgi Xitoy she’riyati namunalari m.a. XI-VI asrlarda jez
ko’zalardagi yozuvlarda yetib kelgan. “Qo’shiqlar kitobi”
qadimgi
Xitoy adabiyotining haqiqiy xazinasidir. Bu yodgorlik 4 bo’limga
bo’lingan («Podsholik ahloqi», «Kichik odalar», «Buyuk odalar»,
«Madhiyalar») 305 poetik asarlar majmuasidan iborat.
Musiqa, poeziya va raqs kabi san’at janrlari Xitoyda yuqori
darajada shakllangan. Xitoy me’morchilik san’atida yog’och asosiy
xom-ashyo edi. Xan davrining noyob me’morchilik yodgorligi
imperiya poytaxti Chanyan shahri 12 darvozali devor bilan o’rab
olingan. Ma’muriy binolar sariq rangda, imperator saroylari qizil
rangda bo’yalgan. Xan davrida portret san’ati yuksak darajada bo’lgan,
saroylar portret freskalari bilan bezatilgan.
87
Qadimgi Xitoyda ilmiy bilimlar, ayniqsa, matematika rivojlangan.
M.a. II asrda to’qqiz kitobdan iborat «Matematika» traktati tuzildi.
Matematika bilan yonma-yon astronomiya fani ham rivojlandi. M.a.
104-yilda bir yil 365,25 kunga tengligi hisoblab
chiqildi va kalendar
ishlab chiqildi. Qadimgi Xitoyda tibbiyot sohasida katta yutuqlarga
erishildi. M.a. III asrda Xitoy vrachlari igna bilan davolashni kashf
qilganlar. Tabiblar 52 kasallikni davolashni bilganlar, 280 davolash
usulini qo’llaganlar.
Dostları ilə paylaş: