Qumqirg‘oq (plaj), glyatsial va eol sochma konlari Kimyoviy cho‘kindi konlar



Yüklə 113,5 Kb.
səhifə1/5
tarix24.01.2023
ölçüsü113,5 Kb.
#80403
  1   2   3   4   5
1403759953 46409


Allyuvial sochma konlar
Reja:



  1. Qumqirg‘oq (plaj), glyatsial va eol sochma konlari

  2. Kimyoviy cho‘kindi konlar

  3. Kolloid eritma cho‘kmalari

Allyuvial sochmalar daryo tubi cho‘kmalarining harakati natijasida hosil bo‘ladi. Daryo suvining oqish tezligi ham vaqt, ham fazo ichida o‘zgarib turadi. Tezlikning vaqt ichidagi o‘zgarishi ham asriy, ham fasliy xarakterga ega. Asriy o‘zgarish eroziya bazisining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lib, avval oqim juda tez bo‘ladi; keyinchalik, cho‘kindi ko‘paya borgan sari sekinlashadi. Fasliy o‘zgarish bahordagi toshqin va kuzdagi soqin suvlar tezligiga bog‘liq. Vaqtning qisqaligiga qaramasdan bo‘lakli jinslarning asosiy qismi toshqin paytida keltiriladi.Tezlikning fazoviy o‘zgarishi daryo o‘zanining turli qismidagi turli tezliklardan iborat bo‘lib, asosiy oqimning yo‘nalishiga bog‘liq.


Bahor paytida daryoning botiq qirg‘og‘i tomonidan yotqiziqlar bo‘rtiq qirg‘oq tomoniga ko‘chirilsa, kuzga yaqin buning teskarisi bo‘ladi.
Undan tashqari daryoning tor va sayoz qismlarida oqim tezlashadi.Umuman daryo o‘zanidagi har qanday o‘nqir-cho‘nqirliklar va to‘siqlar oqim tezligi va yo‘nalishining o‘zgarishiga olib keladi. Xuddi shu kabi suvlarning qo‘shilish joyi ham oqim tezligi va yo‘nalishini keskin o‘zgartiradi.
Allyuvial sochmalar qatlamsimon, linzasimon, lentasimon, bog‘ichsimon va ba’zida uyasimon shaklda bo‘lib, odatda 3 km gacha,ba’zan 10 km va undan uzun ham bo‘lishi mumkin. Ular asosan nam gumid iqlim sharoitida gilli nurash qobig‘ining yuvilishi natijasida hosil bo‘ladi.
Allyuvial sochmalar daryo cho‘kmalarining ma’lum fatsiyalari bilan bog‘liqdir. Toshqin suvlar hosil qilgan, yoz paytida o‘t bosib yotadigan adoqlar hamda qirg‘oq bo‘yidagi qiya qatlamlar hosil qiluvchi cho‘kmalar sochma hosil qilmaydigan fatsiyalar hisoblanadi.

Allyuvial cho‘kindilarning saralanish jarayonida faqat zarralarning kattakichikligi va solishtirma og‘irligi emas, ularning ishqalanishidagi mexanik chidamliligi ham katta ahamiyatga ega. Zarralarning yeyilish darajasi ularning qattiqligi, ishqalanish kuchi va harakat tezligiga bog‘liq bo‘lib, zarra diametrining kubiga, harakat tezligining kvadratiga, zarra moddasining zichligiga va yo‘lning uzunligiga to‘g‘ri proporsional, qattiqligiga esa teskari proporsional.


Zarra hajmi yarmiga kamayishi uchun mergel bo‘laklari 30 km,ohaktosh 50 km, dolomit 60 km, granit 100–150 km, kvars 150 km yo‘l bosishi kerakligi aniqlangan.
Mineral zarralarining yoyilishida ularning ho‘llanish xossalari ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, monatsit, olmos, sulfidlar kabi suvni o‘ziga olmaydigan minerallar harakat paytida tezroq yemiriladi.
Minerallarning ana shunday abraziv chidamliligi ularning tarqalish imkoniyatini belgilab beradi. Minerallarni ularning tarqalish imkoniyatiga qarab uch guruhga bo‘lish mumkin:
1) past darajada tarqalish imkoniyatiga ega bo‘lgan kinovar, volframit, sheelit, barit va boshqalar;
2) o‘rtacha tarqalish imkoniyatiga ega bo‘lgan magnetit, granat,monatsit, kassiterit, oltin va boshqalar;
3) yuqori darajada tarqalish imkoniyatiga ega bo‘lgan xromshpinelidlar, ilmenit, platina, rutil, sirkon, korund, olmos va boshqalar.
Minerallarning bu xususiyati qidirish ishlarida katta ahamiyatga ega.
Daryo yotqiziqlarining eng tagida yotuvchi xarsang va g‘o‘la toshlardan tuzilgan perlyuvial cho‘kmalar, botiq qirg‘oq yaqinidagi daryo tubi cho‘kmalari va daryoning o‘rta qismidagi yotqiziqlar sochma hosil qiluvchi asosiy fatsiyalardir.Daryo o‘zining rivojlanishi tarixida ma’lum bosqichlarni bosib o‘tadi. Bu bosqichlarning har biri sochma konlar hosil bo‘lishida turlicha ahamiyatga ega. Dastavval boshlang‘ich yoki yoshlik stadiyasi vaqtida daryo o‘zani vertikal yo‘nalishda chuqurlashadi. U zinapoya va shovvalardan tuzilgan tor va tik nishabli o‘zan bo‘yicha tez oqadi va maydalangan jinslarni oqizib, pastga tushirish bo‘yicha katta ish bajaradi. O‘rta yoki yetuklik bosqichida daryo qirg‘oqni yuvib kengayadi; ilon izi holiga kelib, cho‘kmalarni saralaydi. Og‘ir minerallar cho‘kindining tagiga o‘tirib, foydali qazilma sochmalarini hosil qiladi. Kechki yoki qarilik bosqichida eroziya deyarli to‘xtaydi, faqat toshqin suvlarigina biroz cho‘kmalar keltiradi.
Daryo o‘zining turli joylarida bu bosqichlardan turli vaqtda o‘tadi. Bir siklli vodiylarda daryoning quyi oqimi qarilik, o‘rta oqimi yetuklik va yuqori qismi yoshlik bosqichiga to‘g‘ri keladi. Yaxshi taraqqiy etgan daryo vodiylarida yangidan eroziya boshlanib, yangi siklga yo‘l ochib beradi. Natijada terrasalar vujudga keladi. Har bir
terrasa bir sikl tarixini aks ettiradi. Ular bilan bog‘liq bo‘lgan qadimgi vodiy yoki o‘zan sochmalari esa endi terrasa sochmalariga aylanadi.Shunday qilib katta daryolarda bir necha terrasa sochmalari hosil bo‘lishi mumkin. Eng pastki, daryoga yondoshgan terrasaning tagida vodiy sochmalari, daryo suvining tagida o‘zan sochmalari, qirg‘oq bo‘yida esa qirg‘oq bo‘yi sochmalari hosil bo‘lishi mumkin.
Allyuvial sochmalar baland tog‘ va past tekislik sharoitlarida hosil bo‘lmaydi. Ular uchun qulay sharoit yassi tog‘lik va o‘rtacha tog‘lik (mutlaq balandlik 650–950 m) relyeflaridir.
Ba’zi allyuvial sochmalarning hosil bo‘lishida tektonika ham katta ahamiyatga ega. Yer qobig‘i bo‘laklarining cho‘kishi yoki ko‘tarilishi natijasida eroziya bazisi o‘zgarib, sochma konlar hosil bo‘lishi uchun qulay sharoit tug‘iladi. Eski sochmalar esa yangidan yuvilib yana ham boyroq konlar hosil qilishi mumkin.
Allyuvial sochmalar ichida o‘zan, vodiy, terrasa, qirg‘oq bo‘yi va delta sochmalari hosil bo‘lishi sharoitlari miqdor va sifat jixatidan bir-biridan ajralib turadi.
O‘zan, vodiy va terrasa sochmalari allyuviyning tubiga intiladi va foydali mineral sochmasining bir necha qavatidan iborat bo‘ladi.Vodiy va terrasa sochmalari pastdan yuqoriga qarab:1) zamin, 2) shag‘al, 3) gil va 4) tuproq qatlamlaridan tuzilgan bo‘ladi. Zamin daryo o‘zanining tub jinslaridan iborat bo‘lib, tekis, qirrali va to‘lqinsimon
bo‘lishi mumkin. Tekis zamin massiv jinslarining ustida hosil bo‘lib,sochma to‘planishi uchun noqulaydir. Qirrali zamin slanes kabi qavatqavat jinslarga xos va ayniqsa, qirrali suvning oqimiga ko‘ndalang bo‘lsa, uzun va boy sochmalar hosil qiladi. To‘lqinli yoki o‘nqircho‘nqir zamin karstlashgan karbonat jinslari va shu kabilarga xos bo‘lib, sochma hosil bo‘lishi uchun eng qulay hisoblanadi.
Sochmalar bir necha qavatdan iborat bo‘lgan murakkab konlarda yuqoridagi zaminlar soxta zamin deb ataladi.
Shag‘al qatlami umuman xarsang, tosh, qum va qisman gil mahsulotlarining arashmasidan iborat bo‘lib, foydali qazilma qatlamini tashkil qiladi.
Gil qatlami – gil, qisman qum va shag‘aldan iborat bo‘lgan ma’dansiz qatlamdir.
Bu xildagi sochma oltin konlariga misol qilib G‘arbiy O‘zbekistondagi Ustuk, Otquloq va boshqa o‘zan sochmalarini, Temirqobiq, Keskansoy va boshqa vodiy sochmalarini, Kattaich, Oqcho‘p va boshqa terrasa sochmalarini keltirish mumkin.
Qirg‘oqbo‘yi sochmalari daryolarning burilish joyidagi suv o‘rab turadigan yassi qirg‘oqlarda, orolchalarda suvning yuqori qismi hisobiga hosil bo‘lib, kichik-kichik linzasimon to‘plamlardan iborat bo‘ladi. Ular mayda va yupqa minerallarning qum va shag‘al ustidagi sochmalari bo‘lib, bir mavsumning o‘zidan yo‘qdan bor va bordan yo‘q bo‘lishi mumkin. Amaliy ahamiyati kam.Delta sochmalari daryo deltasida minerallarning juda mayda zarralaridan hosil bo‘ladi.
Allyuvial sochmalar mayda konlardan tortib katta va ulkan konlargacha hosil qiladi. Hozirgi zamon sochma konlaridagi oltin zaxiralari bir necha o‘n tonnagacha boradi. Ularda bir kub metr qumdagi oltin miqdori bir necha o‘n milligramdan bir necha grammgacha bo‘lish mumkin. JARdagi Vitvatersrand koni kubometriga taxminan
o‘n grammdan oltin beradi. Hozirgacha bir necha o‘n ming tonna zaxirasi aniqlangan. Shuningdek platina, olmos, qalay va volframning ham ancha yirik sochmalari mavjud.

Yüklə 113,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin