маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

2-savolning bayoni: 
Ilk islom jamiyatini boshqarish Qur’on asosida olib borilgan. 
Vaqt o’tishi bilan musulmonlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy diniy 
faoliyatini qamrab oluvchi qonunlar majmuasiga ehtiyoj tug’ildi. Islom 
ilohiyotchilari bir necha asr mobaynida shariat qonunlarini ishlab 
chiqqanlar. Shariat (arab.-to’g’ri yo’l, ilohiy yo’l, qonunchilik) - islom 
diniy huquq tizimidir. Shariatga asos qilib Qur’on va sunna, 
keyinchalik ijmo’ va qiyos olingan. Unda sof huquqiy masallardan 
tashqari ahloqiy normalar va amaliy diniy talablarga ham qonun tus 
berilgan.
Islom dastlabki davrda hech qanday yo’nalish, mazhab va 
oqimlarga bo’linmagan. Keyinchalik islom dinida ijtimoiy ziddiyatlar va 
hokimiyat uchun kurash jarayonida turli yo’nalishlar va oqimlar 
vujudga keldi. Islom mazhablaridan besh turini bir-biridan tafovut 
qilish kerak:
1) Islomdagi asosiy yo’nalishlar. Islomda dastlab yuz bergan 
ixtilolar natijasida diniy ta’limot, marosimchilik, ahloqiy-huquqiy 
normalarga oid bir qator masalalarda bir-biridan farq qiladigan uch 
asosiy yo’nalish vujudga kelgan: - sunniylik, shialik va xorijiylar.
Sunniylik (arab. sunna— odat, an’ana, xatti-harakat tarzi) islom 
dinidagi 2 asosiy yo’nalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi
barcha musulmonlarning taxminan 90 % i sunniylikka mansub. 


103 
Sunniylikda to’rtta diniy-huquqiy mazhab (hanafiylik, molikiylik, 
shofi’iylik, hanbaliylik) mavjud. Sunniylik islomda an’anaviy e’tiqod 
yo’li deb e’tirof etilib kelgan. 
Shialik (arab.-guruh, tarafdorlar) – o’zining tarqalishi va ijtimoiy-
siyosiy mohiyati bilan sunniylikdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Hozir 
jahonda musulmonlarning 8 % shialikka mansub hisoblanadi. Shialik 
VII asr o’rtalarida xalifa Ali hokimiyati tarafdorlaridan iborat siyosiy 
guruh sifatida vujudga kelgan. VII asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda 
keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yo’nalishga aylangan.
Xorijiylar (arab. - ajralib chiqqan, isyonchi) - islomdagi ilk oqim 
tarafdorlari. Xalifa Ali bilan umaviylar o’rtasidagi kurash davomida 
VII asrning 2-yarmi boshlarida vujudga kelgan. Keyinchalik xorijiylar 
bir necha mayda guruhlarga bo’linib ketgan. Umaviy va abbosiy 
xalifalar VII-IX acrlarda xorijiylarga qarshi keskin kurash olib borgan.
2) Islomdagi sektalar (firqalar), mohiyatan aqidaviy ta’limot va 
marosimchilik masalalarida bir-biridan farqlanadigan diniy guruhlar. 
Islom sektalarining eng ko’pi shialikdan ajralib chiqqan, bulardan 
qarmatlar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar, aliilohiylar, druzlar va
boshqalar, hamda ular ichidan ajralib chiqqan ko’p kichik sektalarni, 
bobiylik, bahoiylik kabilarni tilga olish mumkin. Sunniylikdan ham 
o’rta asr oxirlari va yangi davrda turli sekta va oqimlar ajralib chiqqan: 
ravshaniylar, 
ahmadiya, 
voisovchilar 
sektalarini, 
vahhobiylar, 
mahdiylar, panislomizm kabi diniy-siyosiy oqimlarni ko’rsatish 
mumkin. Masalan, zamona oxir bo’lishi va Imom Mahdiyning kelishi 
haqidagi diniy ta’limot. Zamona oxir bo’lganda “yashiringan imom” 
yerga qaytib kelib, adolatli tuzum o’rnatadi, degan e’tiqod dastlab 
shialar o’rtasida kelib chiqqan. Keyinchalik bu ta’limot sunniylarga 
ham o’tgan. Islom mamlakatlarida mahdiylik g’oyalaridan ayrim 
davlatga qarshi harakatlarning rahnamolari ham foydalangan (Erondagi 
bobiylik harakati).
Ismoiliylar – shialik ichida vujudga kelgan firqalardan birining 
tarafdorlari. Ushbu haakat VIII asr o’rtalarida boshlangan, X-XI 
asrlarda Yaqin va O’rta Sharqda keng tarqalgan imom Ja’far as-Sodiq 
vorisi masalasi yuzasidan shialar o’rtasida kelib chiqqan ixtilof bilan 
bog’liq. Ismoiliylar turli davrlarda turli nomlar bilan atalgan: botiniylar, 
sa’biylar, ta’limiylar, mulhidlar va h.k. IX asrning ikkinchi yarmidan 
ismoiliylik ta’limoti tarafdorlarini qarmatlar deb atay boshlaganlar. 
Qarmatlar harakati Janubiy Iroqda vujudga kelgan, Suriya va Yamanda 
tarqalgan. Harakat o’z nomini uning rahbari va tashkilotchisi Hamdon 


104 
ibn al-Ash’asning laqabi Qarmatdan olgan. Qarmatiylar yerga jamoa 
egaligini, umumiy (qullardan tashqari) tenglik g’oyalarini targ’ib 
etishgan. Ular islom marosimlarini bajarishmagan, shariat qoidalarini 
tan olmagan, ularda masjidlar bo’lmagan.
3) Mazhablar, shariat mazhablari ham islomdagi ajralishning 
alohida shaklidan iborat.
4) Ilohiyot oqimlari bo’lib, ular islom ilohiyotining shakllanish 
bosqichida ilohiyotga oid ayrim masalalar bo’yicha ixtiloflar tufayli 
vujudga kelgan. Bulardan ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar, 
mu’taziliylar va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Masalan, ash’ariylar 
kalomning asosiy yo’nalishlaridan biri-Ash’ariy maktabi tarafdorlaridir. 
Ash’ariylarning dunyoqarashida aql diniy an’ana-naqldan ustun 
qo’yiladi. Ash’ariylarning qarashlarini eng avval Eronda (X asr) keng 
tarqalgan shofi’iylik mazhabi tarafdorlari qabul qilganlar. Bu ta’liaot 
Boqiloniy, G’azzoliy va boshqalarning asarlari tufayli musulmon 
olamida katta ta’sirga ega bo’lib, kalomning eng keng tarqalgan 
oqimiga aylangan. 
5) Sufiylik yoki tasavvuf tariqatlari. Sufiylik g’oyalari keng 
tarqalgach, musulmon mamlakatalarida har biri o’z yo’li (suluk) ni olib 
borgan sufiylik pirlari nomi bilan bog’liq ravishda juda ko’p 
uyushmalar paydo bo’lgan. Umuman olganda o’ttizdan ortiq turli 
tariqatlar mavjud, ulardan O’rta Osiyoda vujudga kelgan 
naqshbandiylik, yassaviylik, kubraviylik, Kavkazda vujudga kelgan 
muridchilik va h.k. lar mashhur. Masalan, muridchilik sfiylikning 
shimoliy Kavkazda keng yoyilgan shakli bo’lib, sufiylik ta’limotining 
zohidlik, murshidlik va imomat g’oyalariga asoslanadi. Muridchilik 
XIX asrda o’ziga xos diniy-siyosiy va harbiy uyushma sifatida tarqalib, 
G’ozi Muhammad, Hamzat, Shomil kabi imomlar rahbarligida 
tog’liklarning Rossiyaga qarshi urushida namoyon bo’lgan.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin