Nazorat uchun savollar:
1. Yapon sivilizatsiyasining yakkalik xususiyati uning rivojida qay
tariqa o’z aksini topdi?
2. Yapon sivilizatsiyasining qaysi xususiyatlari uning o’ziga xosligini
belgilaydi deb hisoblaysiz?
3. Bugungi kunda yapon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga baho bering.
13-mavzu: Islom sivilizatsiyasi
Asosiy savollar:
1. Islomning vujudga kelishi va Arab xalifaligining tashkil topishi.
2. Islom jamiyati va ijtimoiy diniy harakatlar.
3. Arab musulmon madaniyati taraqqiyoti.
1-savolning bayoni:
Arablarning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti VII asr boshlarida arab
qabilalarining birlashishi va umumlashuviga olib keldi. Islom dini, bu
birlashuvni mafkuraviy tasdiqlovchi, oqlovchi bo’ldi: hamma uchun
bab baravar printsiplar, millatlarning etnik kelib chiqishiga qaramay,
din oldida hammaning huquq tengligi arablar oldida katta imkoniyatlar
tug’dirdi.
Islom dinining asoschisi, «Allohning elchisi» (rasululloh),
Muhammad (s.a.v) (570-632 yy) 610 yildan Makkada yangi diniy
ta’limotni boshlaydi. 610—620 yillar davomida Makkaning an’anaviy
butparast jamoalari bilan yangi din tarafdorlari orasida to’xtovsiz
kurash ketadi. Bu kurash 622 yilda payg’ambarimizning Yasrib
(Madina) ga hijrati bilan yakunlanadi. Musulmonlar jamoasi (ummat)
Madinada mustahkamlanib, kuchaydi. 630 yili Makka jangsiz
Muhammadga (s.a.v) taslim bo’ldi. Makka Islomning diniy markaziga
aylandi. Ka’ba ichidagi majusiy butlar va sanamlar tantanali ravishda
buzib tashlandi, u eng muqaddas sajdagohga aylantirildi, bu yerga haj
qilish Islomning asosiy farzlaridan biri deb e’lon qilindi. Bu
Muhammad (s.a.v) jamoasining badaviylarga nisbatan ta’sirini
kuchaytirdi va ular o’rtasida Islomni keng yoyishda muhim ahamiyatga
ega bo’ldi.
Muhammad (s.a.v) dan so’ng chahoriyorlari Abu Bakr Siddiq
(568—634), Umar ibn al-Xattob (634-644 yy), Usmon ibn Affon
100
(644—656), Ali ibn Abu Tolib (656—661 yy) lar birin ketin xalifa
bo’ldilar va zabt etish, islom dinini tarqatish siyosatini davom ettirdilar.
Dastlabki saylangan to’rt xalifadan so’ng xalifalikda hokimiyat
Ummaviylar sulolasi qo’liga o’tdi. Bu sulola asoschisi yirik savdogar
va qurayshiylar zodagoni Abu Sufyonning o’g’li, Suriya hokimi
Muoviyadir. Muoviya Ali xalifaligini tan olmay, Damashqda o’zini
xalifa deb e’lon qilgan. Ali vafotidan keyin (661 y.) arab zodagonlari
va harbiy boshliqlar yordamida Muoviya yagona hukmron-xalifa bo’lib
qoladi. Xalifalik poytaxti Madinadan Damashqqa ko’chirildi.
Abbosiylar sulolasiga Muhammad (s.a.v) amakisi avlodlaridan
Abulabbos as-Saffoh (749—754 yy) Abbosiylar davrida poytaxt
Damashqdan Bag’dodga ko’chirildi.
Arab xalifaligi Arabiston yarimoroli, Yaqin va O’rta Sharq,
Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o’z ichiga
olgan yirik feodal davlat edi. Arablar Vizantiyaga qaram bo’lgan
Suriya, Misr, Eron, Markaziy Osiyoda mavjud ijtimoiy va siyosiy
davlat tuzumi, ma’muriy tashkilotlar, moddiy va ma’naviy hayot
udumlarini qabul qiladilar. Masalan Erondagi Sosoniylar davlatidan
markazlashgan davlat idorasi, feodal ishlab chiqarish usulini qabul
qiladilar.
Umaviylar davrida qator ma’muriy harbiy o’zgarishlar amalga
oshirildi: xalifalik lavozimi nasliy merosga aylantiriddi, davlat xazinasi
va davlat arxivi tashkil etildi, arab tili davlat tili deb e’lon qilindi, yangi
oltin, kumush va mis pullari chiqarildi, harbiy-dengiz floti tashkil etildi.
Abbosiylar davrida Old va O’rta Osiyoning shuningdek Shimoliy
Afrikaning juda keng hududida ma’lum vaqtgacha tinchlik qaror
topishi natijasida xalifalik iqtisodiy jihatdan g’oyat taraqqiy topdi.
Soliq solishda ham eron usullarining o’zlashtirildi. Xalifalik Erondagi
singari ma’muriy jihatdan viloyatlarga bo’linib, ularga gubernator –
amirlar boshliq qilib qo’yilgan. Arab xalifaligida xo’jalik ishlarining
turli sohalariga ham katta e’tibor berilgan, bu borada ham qisman Eron,
qisman Mesopotamiya an’analaridan foydalandi. Markaziy hukumat
irrigatsiya tizimiga muttasil e’tibor berishi natijasida, bu davrda
dehqonchilik sohasida katta yutuqlarga erishildi.
IX-X asrlarda xalifalikning siyosatida keng ko’lam olgan ichki
savdo va ayniqsa tashqi xalqaro savdo juda katta o’rin tutar edi. Arab
savdogarlari yiroq shimolgacha – yuqori Volgagacha va hatto Boltiq
dengizi qirg’oqlarigacha borib savdo qilardilar. Uzoq sharqda Xitoy,
101
Hindiston va Indoneziyada doimiy suratda savdo qilardilar. Arablar
Yaqin sharqda - Levantda, ayniqsa, qizg’in savdo olib bordilar.
Bog’dod xalifaligi davrida arablarda yer egaligi munosabatlari
uzil-kesil
qaror
topdi.
Xalifalikga
qarashli
mamlakatlarda
ekspluatatsiya qilinuvchi asosiy sinf jamoachi dehqonlar edi. Jamoachi
dehqonlarning ko’pchiligi xalifaning yerlarida yashab, feodal rentani
bevosita davlatning o’ziga to’lar edi. Arab qonunlariga muvofiq butun
yer xalifaga qarashli bo’lib xalifa bu yerning biror qismini o’z
xizmatkorlariga vaqtinchagina berar edi. Shu tufayli xalifalikda katta
yer egaligining nasldan-naslga o’tishi o’rta asr Yevropasidagi kabi
qat’iy emas edi.
Iqto-harbiy xizmat o’taganligi uchun beriladigan chek yer bo’lib,
G’arbiy Yevropa benifetsiyalariga o’xshab ketadi. Mulk – in’om
qilingan va asta sekin nasldan naslga meros bo’lib o’tadigan yer
mulklar, xissa va boshqa imtiyozli yerlar g’aznaga soliq to’lashdan
ozod qilingan bo’lib, bular o’sib kelayotgan xususiy yer egaligining
shakllari edi.
Arablar hukmronligining ilk davrida ancha engil tortgan
mehnatkash aholisining ahvoli keyinchalik og’irlasha bordi. Dehqonlar
qisman natura shaklida va qisman pul shaklida katta-katta soliqlar
to’lardi, bu esa mayda ishlab chiqaruvchi dehqon yoki hunarmandning
deyarli hamma qo’shimcha maxsulotlarini yamlab ketar edi-da, natijada
ularning o’zlari juda achinarli kun kechirar edi. Amaldorlarning
o’zboshimchaligi va jabr zulmi, dehqonlarning huquqsizligi va
himoyasizligi, ularni yarim qul holiga solib qo’ygan edi. Xalifalikda
qullarning ahvoli esa nihoyatda og’ir edi. Bunga javoban yirik r
egalariga va ularning manfaatini himoya qiluvchi xalifaga qarshi bir
necha marta qo’zg’olon ko’tarildi. Keng ko’lam olgan xalq xarakatlari
xalifalikni larzaga keltirib ko’p vaqtgacha uning birligini buzib qo’ydi.
Biroq xalifalikni parchalanishiga boshqa sabablar ham bor edi.
Xalifalik turli mamlakatlarni o’z ichiga olgan bo’lib, turli tuman
xalqlarning murakkab bir konglomeratidan iborat ediki, bulardan
ba’zilari o’tmishda o’zining yorqin tarixiga ega edi; shuning uchun ham
bu xalqlar o’z mustaqilligini tiklashga intilar edilar; ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanishi natijasida maxalliy aloqalar mustahkamlanib
borgan sari bu intilish kuchayib borardi. Shu bilan birga xalifalik
hokimiyati tobora zaiflashib bormoqda edi. Xalifalik haqiqatda VIII
asrdayoq parchalana boshlgan edi. 756-yilda Qurdoba amirligi ajralib
chiqqandan keyin VIII asrning oxiri IX asrda boshlarida Marokash
102
bilan Tunis ajralib chiqdi, IX asrning o’rtalarida Misr mustaqil bo’lib
oldi (bu yerda avvaliga tumanlar, keyinchalik X asrda Alining avlodlari
– Fotimiylar idora qila boshlab, ular 969-yildan etiboran Misrni
mustaqil Qohira xalifaligiga aylantirdi). IX va X asrlarda Eron ajralib
chiqdi, 945 yili Erondagi buvayhiylar Bag’dodni egallab, abbosiylarni
siyosiy hokimiyatdan chetlatdilar, fors tilida so’zlashuvchi aholidan
iborat katta hudud mustaqillikka erishdi.
Movaraunnahrda
Movaraunnahrda
mahalliy
sulolalar
boshchiligida Tohiriylar, Safforiylar va Somoniylar davlati tuzildi.
Shu tarzda qudratli abbosiylar xalifaligi parchalanib keta
boshladi. 1055 yilda saljuqiy turklar Bog’dod shahrini bosib oldi,
Abbosiy xalifa qo’lida faqatgina diniy hokimiyat saqlanib qoldi. Eng
so’nggi xalifa Mu’tasim mo’g’ullar xoni Xuloku tomonidan 1258 yili
qatl etildi. Mana shunday qilib abbosiylar xalifaligi besh asr va
umuman Muhammad (s.a.v.) payg’ambardan keyin tashkil topgan arab
xalifaligi 626 yil hukm surdi.
Dostları ilə paylaş: |