маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

Nazorat uchun savollar: 
1. Yapon sivilizatsiyasining yakkalik xususiyati uning rivojida qay 
tariqa o’z aksini topdi? 
2. Yapon sivilizatsiyasining qaysi xususiyatlari uning o’ziga xosligini 
belgilaydi deb hisoblaysiz? 
3. Bugungi kunda yapon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga baho bering. 
13-mavzu: Islom sivilizatsiyasi 
Asosiy savollar: 
1. Islomning vujudga kelishi va Arab xalifaligining tashkil topishi.
2. Islom jamiyati va ijtimoiy diniy harakatlar. 
3. Arab musulmon madaniyati taraqqiyoti. 
 
1-savolning bayoni: 
Arablarning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti VII asr boshlarida arab 
qabilalarining birlashishi va umumlashuviga olib keldi. Islom dini, bu 
birlashuvni mafkuraviy tasdiqlovchi, oqlovchi bo’ldi: hamma uchun 
bab baravar printsiplar, millatlarning etnik kelib chiqishiga qaramay, 
din oldida hammaning huquq tengligi arablar oldida katta imkoniyatlar 
tug’dirdi.
Islom dinining asoschisi, «Allohning elchisi» (rasululloh), 
Muhammad (s.a.v) (570-632 yy) 610 yildan Makkada yangi diniy 
ta’limotni boshlaydi. 610—620 yillar davomida Makkaning an’anaviy 
butparast jamoalari bilan yangi din tarafdorlari orasida to’xtovsiz 
kurash ketadi. Bu kurash 622 yilda payg’ambarimizning Yasrib 
(Madina) ga hijrati bilan yakunlanadi. Musulmonlar jamoasi (ummat) 
Madinada mustahkamlanib, kuchaydi. 630 yili Makka jangsiz 
Muhammadga (s.a.v) taslim bo’ldi. Makka Islomning diniy markaziga 
aylandi. Ka’ba ichidagi majusiy butlar va sanamlar tantanali ravishda 
buzib tashlandi, u eng muqaddas sajdagohga aylantirildi, bu yerga haj 
qilish Islomning asosiy farzlaridan biri deb e’lon qilindi. Bu 
Muhammad (s.a.v) jamoasining badaviylarga nisbatan ta’sirini 
kuchaytirdi va ular o’rtasida Islomni keng yoyishda muhim ahamiyatga 
ega bo’ldi. 
Muhammad (s.a.v) dan so’ng chahoriyorlari Abu Bakr Siddiq 
(568—634), Umar ibn al-Xattob (634-644 yy), Usmon ibn Affon 


100 
(644—656), Ali ibn Abu Tolib (656—661 yy) lar birin ketin xalifa 
bo’ldilar va zabt etish, islom dinini tarqatish siyosatini davom ettirdilar.
Dastlabki saylangan to’rt xalifadan so’ng xalifalikda hokimiyat 
Ummaviylar sulolasi qo’liga o’tdi. Bu sulola asoschisi yirik savdogar 
va qurayshiylar zodagoni Abu Sufyonning o’g’li, Suriya hokimi 
Muoviyadir. Muoviya Ali xalifaligini tan olmay, Damashqda o’zini 
xalifa deb e’lon qilgan. Ali vafotidan keyin (661 y.) arab zodagonlari 
va harbiy boshliqlar yordamida Muoviya yagona hukmron-xalifa bo’lib 
qoladi. Xalifalik poytaxti Madinadan Damashqqa ko’chirildi.
Abbosiylar sulolasiga Muhammad (s.a.v) amakisi avlodlaridan 
Abulabbos as-Saffoh (749—754 yy) Abbosiylar davrida poytaxt 
Damashqdan Bag’dodga ko’chirildi.
Arab xalifaligi Arabiston yarimoroli, Yaqin va O’rta Sharq, 
Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o’z ichiga 
olgan yirik feodal davlat edi. Arablar Vizantiyaga qaram bo’lgan 
Suriya, Misr, Eron, Markaziy Osiyoda mavjud ijtimoiy va siyosiy 
davlat tuzumi, ma’muriy tashkilotlar, moddiy va ma’naviy hayot 
udumlarini qabul qiladilar. Masalan Erondagi Sosoniylar davlatidan 
markazlashgan davlat idorasi, feodal ishlab chiqarish usulini qabul 
qiladilar.
Umaviylar davrida qator ma’muriy harbiy o’zgarishlar amalga 
oshirildi: xalifalik lavozimi nasliy merosga aylantiriddi, davlat xazinasi 
va davlat arxivi tashkil etildi, arab tili davlat tili deb e’lon qilindi, yangi 
oltin, kumush va mis pullari chiqarildi, harbiy-dengiz floti tashkil etildi. 
Abbosiylar davrida Old va O’rta Osiyoning shuningdek Shimoliy 
Afrikaning juda keng hududida ma’lum vaqtgacha tinchlik qaror 
topishi natijasida xalifalik iqtisodiy jihatdan g’oyat taraqqiy topdi. 
Soliq solishda ham eron usullarining o’zlashtirildi. Xalifalik Erondagi 
singari ma’muriy jihatdan viloyatlarga bo’linib, ularga gubernator – 
amirlar boshliq qilib qo’yilgan. Arab xalifaligida xo’jalik ishlarining 
turli sohalariga ham katta e’tibor berilgan, bu borada ham qisman Eron, 
qisman Mesopotamiya an’analaridan foydalandi. Markaziy hukumat 
irrigatsiya tizimiga muttasil e’tibor berishi natijasida, bu davrda 
dehqonchilik sohasida katta yutuqlarga erishildi.
IX-X asrlarda xalifalikning siyosatida keng ko’lam olgan ichki 
savdo va ayniqsa tashqi xalqaro savdo juda katta o’rin tutar edi. Arab 
savdogarlari yiroq shimolgacha – yuqori Volgagacha va hatto Boltiq 
dengizi qirg’oqlarigacha borib savdo qilardilar. Uzoq sharqda Xitoy, 


101 
Hindiston va Indoneziyada doimiy suratda savdo qilardilar. Arablar 
Yaqin sharqda - Levantda, ayniqsa, qizg’in savdo olib bordilar.
Bog’dod xalifaligi davrida arablarda yer egaligi munosabatlari 
uzil-kesil 
qaror 
topdi. 
Xalifalikga 
qarashli 
mamlakatlarda 
ekspluatatsiya qilinuvchi asosiy sinf jamoachi dehqonlar edi. Jamoachi 
dehqonlarning ko’pchiligi xalifaning yerlarida yashab, feodal rentani 
bevosita davlatning o’ziga to’lar edi. Arab qonunlariga muvofiq butun 
yer xalifaga qarashli bo’lib xalifa bu yerning biror qismini o’z 
xizmatkorlariga vaqtinchagina berar edi. Shu tufayli xalifalikda katta 
yer egaligining nasldan-naslga o’tishi o’rta asr Yevropasidagi kabi 
qat’iy emas edi.
Iqto-harbiy xizmat o’taganligi uchun beriladigan chek yer bo’lib, 
G’arbiy Yevropa benifetsiyalariga o’xshab ketadi. Mulk – in’om 
qilingan va asta sekin nasldan naslga meros bo’lib o’tadigan yer 
mulklar, xissa va boshqa imtiyozli yerlar g’aznaga soliq to’lashdan 
ozod qilingan bo’lib, bular o’sib kelayotgan xususiy yer egaligining 
shakllari edi.
Arablar hukmronligining ilk davrida ancha engil tortgan 
mehnatkash aholisining ahvoli keyinchalik og’irlasha bordi. Dehqonlar 
qisman natura shaklida va qisman pul shaklida katta-katta soliqlar 
to’lardi, bu esa mayda ishlab chiqaruvchi dehqon yoki hunarmandning 
deyarli hamma qo’shimcha maxsulotlarini yamlab ketar edi-da, natijada 
ularning o’zlari juda achinarli kun kechirar edi. Amaldorlarning 
o’zboshimchaligi va jabr zulmi, dehqonlarning huquqsizligi va 
himoyasizligi, ularni yarim qul holiga solib qo’ygan edi. Xalifalikda 
qullarning ahvoli esa nihoyatda og’ir edi. Bunga javoban yirik r 
egalariga va ularning manfaatini himoya qiluvchi xalifaga qarshi bir 
necha marta qo’zg’olon ko’tarildi. Keng ko’lam olgan xalq xarakatlari 
xalifalikni larzaga keltirib ko’p vaqtgacha uning birligini buzib qo’ydi. 
Biroq xalifalikni parchalanishiga boshqa sabablar ham bor edi. 
Xalifalik turli mamlakatlarni o’z ichiga olgan bo’lib, turli tuman 
xalqlarning murakkab bir konglomeratidan iborat ediki, bulardan 
ba’zilari o’tmishda o’zining yorqin tarixiga ega edi; shuning uchun ham 
bu xalqlar o’z mustaqilligini tiklashga intilar edilar; ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning rivojlanishi natijasida maxalliy aloqalar mustahkamlanib 
borgan sari bu intilish kuchayib borardi. Shu bilan birga xalifalik 
hokimiyati tobora zaiflashib bormoqda edi. Xalifalik haqiqatda VIII 
asrdayoq parchalana boshlgan edi. 756-yilda Qurdoba amirligi ajralib 
chiqqandan keyin VIII asrning oxiri IX asrda boshlarida Marokash 


102 
bilan Tunis ajralib chiqdi, IX asrning o’rtalarida Misr mustaqil bo’lib 
oldi (bu yerda avvaliga tumanlar, keyinchalik X asrda Alining avlodlari 
– Fotimiylar idora qila boshlab, ular 969-yildan etiboran Misrni 
mustaqil Qohira xalifaligiga aylantirdi). IX va X asrlarda Eron ajralib 
chiqdi, 945 yili Erondagi buvayhiylar Bag’dodni egallab, abbosiylarni 
siyosiy hokimiyatdan chetlatdilar, fors tilida so’zlashuvchi aholidan 
iborat katta hudud mustaqillikka erishdi. 
Movaraunnahrda 
Movaraunnahrda 
mahalliy 
sulolalar 
boshchiligida Tohiriylar, Safforiylar va Somoniylar davlati tuzildi. 
Shu tarzda qudratli abbosiylar xalifaligi parchalanib keta 
boshladi. 1055 yilda saljuqiy turklar Bog’dod shahrini bosib oldi, 
Abbosiy xalifa qo’lida faqatgina diniy hokimiyat saqlanib qoldi. Eng 
so’nggi xalifa Mu’tasim mo’g’ullar xoni Xuloku tomonidan 1258 yili 
qatl etildi. Mana shunday qilib abbosiylar xalifaligi besh asr va 
umuman Muhammad (s.a.v.) payg’ambardan keyin tashkil topgan arab 
xalifaligi 626 yil hukm surdi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin