маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

Nazorat savollari: 
1. Xitoy sivilizatsiyasi shakllanishining o’ziga xos jihatlariga baho 
bering. 
2. Xitoy davlatchiligida hukm surgan sulolalarni sanang. 
3. Xitoy madaniyatining erishgan yutuqlarini tahlil qiling. 
4. Xitoy falsafiy maktablari va ularning ta’limoti haqida ma’lumot 
bering. 
11-mavzu: Hindiston sivilizatsiyasi 
Asosiy savollar: 
1. Hind sivilizatsiyasining taraqqiyot bosqichlari. 
2. Qadimgi hind madaniyati va uning taraqqiyoti. 
 
1-savolning bayoni: 
Janubiy Osiyoda eng qadimgi bo’lgan hind sivilizatsiyasi m.a. 
III ming yilliklardayoq, ibtidoiy-jamoa tuzumining emirilishi va sinfiy 
jamiyatning yuzaga kelishi davrida asosan Hindistonning shimoliy 
qismida, Hind daryosi vodiysida (hozir asosan Pokiston hududida,
taxminan m.a. XXII-XVI asrlar) shakllana boshlagan.
Qadimgi Hind sivilizatsiyasi tarixini quyidagi bosqichlarga bo’lib 
o’rganish mumkin: 
1. Eng qadimgi Hind sivilizatsiyasi. Bu davr taxminan m.a. XXIII-
XVIII asrlar bilan belgilanadi. (Ilk shaharlarning paydo bo’lishi). 
2. «Veda» davri. M.a. XIII-VII asrlar. Shimoliy Hindistonda ilk 
davlatlarning yuzaga kelishi.
3. «Budda davri». M.a. VI-III asrlar. Bu davr buddaviylik dinining
paydo bo’lishi va tarqalishi, umumhind davlatining tashkil topishi 
bilan xarakterlanadi. 


88 
4. «Klassik davr». M.a. II asrdan eramizning V asrigacha. Janubiy 
Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyoti va madaniyatini gullab-yashnagan 
davri. 
Hind daryosining g’arbida m.a. VII-VI ming vujudga kelgan 
Moxenjodaro va Xarappa madaniyati m.a. 2 ming yillikning 
o’rtalarida, Hind vodiysiga g’arbdan rivojlanishda pastki pog’onada 
turgan oriylar qabilalarining bostirib kirishi natijasida halok bo’ldi.
Ikkinchi davr bizga asosan Hindistonning qadimgi adabiy 
yodgorligi – “Veda” lar (m.a. 2 ming yillik) orqali ma’lum. «Veda 
davri» (m.a. XIII-VII asrlar) Shimoliy Hindistonda ilk davlatlarning 
tashkil topishi bilan xarakterlanadi. So’nggi veda matnlari shakllangan 
paytda oriy qabilalari Hind-Gang tekisligining butun markaziy 
qismiga tarqalgan edi. “Rigveda” (hind-oriylarning vedalarining eng 
qadimgi qismi) yaratilgan davrida oriylarda sinfiy jamiyat va davlat 
hali shakllanmagan edi. Iqtisodiyotda yirik qoramolchilikka
asoslangan chorvachilik rivojlangan, dehqonchilikka e’tibor
berilmagan.
Veda davrida avvalgidek yirik shaharlar qurilmagan. Odamlar 
katta 
bo’lmagan 
manzillarda 
yashaganlar. 
Lekin 
qadimgi 
paytlardagidek, shaharda binolar rejalashtirish printsipida joylashgan. 
Veda davri tasviriy va amaliy san’at namunalari bizgacha kam yetib 
kelgan. Bular, asosan, loydan, oltindan ishlangan kichik hajmdagi 
haykallardir. 
Gang daryosining yuqori qismi, Gang va Jamna o’rtasidagi 
yerlardagi kechgan hayot “Maxabxarata” epik asarining syujetini 
tashkil qiladi. Ijtimoiy tashkilot qabila bo’lgan, qabila boshlig’i roja-
harbiy boshliq va yo’lboshchi sifatida o’z qarindoshi va 
xizmatkorlariga tayangan. Qabila uch tabaqa: kohinlar, harbiylar va 
oddiy jamoachilarga bo’lingan. Ilk veda davrida qulchilik mavjud 
bo’lgan. Qadimda hindcha “dasa” - qulni bildirgan so’z ko’pgina veda 
madhiyalarida uchraydi. Asirlar qulga aylantirilgan.
So’nggi veda davrida iqtisodiyot, ijtimoiy siyosiy tuzumda
keskin o’zgarishlar yuz bergan. Dehqonchilik rivojlanib, Hind-Gang 
vodiysida keng dalalar o’zlashtiriladi, daraxtning qattiq yog’ochidan 
omoch yasay boshlanadi.
M.a. II ming yillik oxiri I ming yillik boshlaridaShimoliy
Hindistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti jamiyatning “kohinlar”, 
qabila harbiy zodagonlari-“kshatriylar”, to’la huquqli xalq- “vayshilar” 


89 
jamoaning pastki to’la huquqli bo’lmagan aholi qismi - “shudra” 
(qullar) kabi to’rt qatlamini vujudga keltiradi.
Har bir qatlam epik toifalar – varna (so’zma-so’z “nav”) ga 
aylanadi. Har bir varna (kasta) vakilining merosiy mavqei ularning 
mashg’uloti va diniy majburiyatlarini belgilagan. Kohinlik va 
o’qituvchilik majburiyati braxmanlarga, jang qilish va boshqarish
kshatriylarga, vayshiylarga mehnat qilish, shudralarga uch oliy 
varnalarga so’zsiz xizmat qilish majburiyati yuklatilgan. Bu toifaviy 
mavqe meros bo’lib o’tgan.
M. a. VI-III asrlar, “Budda davri” da shimoliy Hindiston 
jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarida keskin o’zgarishlar yuz 
beradi. Bu o’zgarishlar to’grisida arxeologik va yozma manbalar 
ayniqsa, budda manbalari boy ma’lumot beradi.
Bu davrda shaharlar aholisining soni keskin oshadi. Tovar – pul
munosabatlarining o’sishi natijasida er. avv. I ming yillik o’rtalarida 
tanga pul zarb qilina boshlaydi.
Qishloqda oila yetakchi o’rin tutgan. Oila boshlig’i ota yer-
chorvani oila nomidan boshqargan. Ayollar hurmat qilinsada, lekin 
mulk huquqiga ega bo’lmaganlar. Patriarxal oilada bir necha avlod 
yashagan. Xususiy mulkchilikning rivojlanishi mulkiy tengsizlikka 
olib kelgan.
M.a. I ming yillik o’rtalarida hokim (roja) lar davlat 
boshqaruvida shakllanayotgan ma’muriy apparat va xizmatga 
tortilayotgan aslzoda bo’lmagan kishilarga tayanganlar. Hokim uchun 
asosiy tayanch kuch qo’shin edi. Armiyada engil jang aravalari o’rnini 
og’ir kvadrigalar egallaydi, otliq qo’shinlardan keng foydalanildi, 
jangovar fillardan qo’shin tuzila boshlanadi.
M.a. I ming yillik o’rtalarida Hindistonda yirik davlatlar paydo 
bo’ladi. Ularning ko’pchiligida alohida sulolalar, faqat ayrimlarida
oligarxiya hukmron edi. Magadxa va Koshala Gang daryosining quyi
oqimida, Gang va Yamun oralig’ida Vatsa, Avanti davlatlari o’rtasida
yetakchilik uchun kurash olib boradilar. M.a. IV asrda Magadxa 
davlati kuchli ta’sirga ega bo’ladi va yuz yil o’tgach u birinchi 
umumhind davlatiga asos soladi. 
Shimoliy Hindistonda Panjobdan to Bengaliyagacha bo’lgan 
yerlar Mauriya urug’idan bo’lgan Magadxalik zodagon Chandragupta 
(m.a. 317-yil hokimiyatni egallagan) tomonidan bo’ysundiriladi. Uning 
vorisi davrida Mauriyalar hokimiyati Dekan hududigacha yetib boradi. 


90 
Ashoka (m.a. 264-231-yillar) davrida Mauriyalar davlati gullab-
yashnaydi.
Podsho hokimiyati poytaxtda oliy mansablarni egallagan
zodagonlar va podsho qarindoshlaridan tuzilgan podsho kengashi 
bilan cheklangan. O’z navbatida podsholar ham urug’ zodagonlari 
kshatriylarning imtiyozlarini cheklashga, ularni o’z tarafdorlari bilan 
almashtirishga harakat qiladi.
Hindistondagi barcha davlatlarning hukmdorlari noan’anaviy 
dinlarga, asosan budda diniga homiylik qilganlar. Mauriylar budda 
dini targ’ibotiga jiddiy e’tibor berganlar. Turli mamlakatlarga budda 
g’oyalarini targ’ib qilish uchun missionerlar yuborilgan. Ayniqsa, 
Hindiston bilan yaqin aloqa bo’lgan viloyatlarda budda ta’limoti tez 
qabul qilinadi.
M.a. IV-III asrlarda sekin-asta umumhind davlati tashkil topa 
boshlaydi. Bu butun janubiy Osiyoning barcha hududlarining 
sivilizatsiyalashuvida muhim rol o’ynagan. M.a. II asr boshlarida bu 
siyosiy birlashma parchalanib ketadi, lekin u to’g’risida xotira qoldi. 
Ashokia 
kapitelidagi to’rt sher hozirgi kunda Hindiston 
Respublikasining milliy ramzi hisoblanadi. Madaniy birlik, davlat 
paydo bo’ladi.
Klassik davr (m.a. II asrdan- milodiy V asrgacha) boshlarida 
Maurilarning so’nggi vakili hukmronligi tugab, shu vaqtdan 
mamlakatda uzoq siyosiy tushkunlik boshlandi. Shimoliy-g’arbiy 
Hindistonda yunon-baqtriyaliklar paydo bo’ldi va ular Gandxarada
o’rnashib qoldilar. M.a. I asrlarda sak qabilalari kirib kelib
shimoliy-g’arbda bir necha davlatlarni barpo qiladilar. Sak podsholari 
o’zlarini «buyuk podsholar podshosi» deb ataydilar. Yirik davlat 
birlashmalarida noiblik, satrapliklar joriy qilinib, hududlarda satrap
(kshatrap) ancha mustaqil bo’lgan.
Eramizning 
boshlarida 
shimoliy–g’arbiy 
Eronning ba’zi 
viloyatlari parfiyaliklarga bo’ysundi. Eramizning I asrida Markaziy
Osiyoda Kushon davlati yetakchi rol o’ynaydi. Kushonlar 
Hindistonning shimoli-g’arbiy qismida o’rnashib oladilar.
Eramizning IV-V asrlarida Magadha Gupta sulolasi
hukmronligi ostida yana rivojlana boshladi. IV asr o’rtalarida 
Samudragupta (335-380-yillar) davrida Magadxa qudratli davlatga 
aylanadi. Samudragupta Shimoliy Hindistonda unga yaqin 
davlatchalarni, Dekanda o’n besh davlatchani tugatadi. Dekan
viloyati g’olibona yurishga qaramasdan Gupta davlati tarkibiga


91 
kirmaydi. Chandragupta II (380-445 yillar davrida) Gupta davlati 
gullab-yashnadi. Uning davri hind tarixining “oltin davri” hisoblanadi. 
Uning vorislari davrida o’zaro urushlar kuchayib ketadi. O’rta 
Osiyodan kelgan eftalitlar V asrda Gupta davlatini qulatdi. V asrda
shimoliy Hindiston kichik davlatchalarga bo’linib ketadi.
Dekan mamlakatlari tarixida Satavaxan sulolasi alohida o’rin
tutadi. Eramizning ikkinchi asrida Satavaxanlar davlati o’z 
taraqqiyotining yuqori cho’qqisiga chiqadi. Uning asosiy markazlari 
g’arbiy Dekanda edi. III asrda bu davlat parchalanib ketadi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin