маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

 
Nazorat uchun savollar: 
1. Qadimgi Eronning qaysi diniy ta’limotlari antik dunyoning filosofik 
qarashlariga va xristianlik hamda islomda esxolatik ta’limotlarning 
yuzaga kelishiga katta ta’sir ko’rsatdi? 
2. Elam sivilizatsiyasi yuzaga kelgan va gullab-yashnagan davrni 
aniqlang.
3. Eron tsivilizatsiyasining har bir taraqqiyot bosqichiga xos 
xususiyatlarni ko’rsating. 
4. Eron va O’rta Osiyo xalqlari madaniy aloqalari haqida ma’lumot 
bering. 
 
9-mavzu: Qadimgi Janubi-Sharqiy Osiyo sivilizatsiyasi 
Asosiy savollar: 
1. Dongshon sivilizatsiyasi va uning o’ziga xos xususiyatlari 
2. Milodiy I ming yillikda yuzaga kelgan sivilizatsiyalar 
1-savolning bayoni: 
Dongshon sivilizatsiyasi m.a. I ming yillikning boshlarida 
Hindixitoy yarimorolining shimoliy-sharqiy qismidagi Qizil daryoning 
quyi oqimlarida yashagan austroosiyo til oilasiga kiruvchi tilda 
so’zlashuvchi lakvyetlar tomonidan barpo etilgan.


76 
Dongshonliklarning ma’naviy madaniyatida ajdodlar ruhiga 
sig’inish ustunlik qilgan va u asta-sekin sinfiy jamiyatning alohida 
dinini shakllantirgan. Sholikor lakvyet-dongoshliklarda, boshqa 
dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi xalqlarda bo’lgani kabi, osmon 
jismlariga, hosildorlikka topinish ham mavjud bo’lgan. Dongshonliklar
dinining ko’pgina elementlari boshqa austri xalqlari tomonidan qabul 
qilingan, rivojlantirilgan va to’ldirilgan.
Dongshon sivilizatsiyasining tushkunlikka yuz tutishi uning 
vakillari diniy tasavvurlarining o’zgarishi bilan bog’liq edi. 
Lakvyetlarning xanliklar bilan aloqaga kirishishi xanliklar ma’naviy 
hayotining ta’sirini olib kelmagan bo’lsa-da, bilvosita diniy ma’lumotni 
saqlashda tasviriy vositadan ko’ra matn rolining oshishiga olib keldi.
Dongshon sivilizatsiyasi diniy maqsadlarga xizmat qilgan o’ziga 
xos realistik san’ati bilan mashhur. Diniy marosimlar odamlar kundalik 
hayoti bilan bog’liq bo’lgan va shu tufayli marosimning realistik 
tasvirlanishi talab etilgan. Insonlar qat’iy belgilangan kompozitsiyalar 
doirasida tasvirlangan, ushbu kompozitsiyalar diniy marosim buyumi – 
“dongshon nog’oralari” (kesik konus)da aks ettirilgan. Ushbu 
konuslarda tasvirlangan sahnalar deyarli bir xil: harbiy kema, kemadagi 
yoki piyoda jangchilar va uchayotgan laylak (dongshonliklarda laylak 
muqaddas qush sanalgan). Ta’kidlab o’tish lozimki, tasvirlar shunchaki 
turli real odamlarni emas, belgilab qo’yilgan mazmunga ega sahnalarni
aks ettirgan. Dongshon san’atining ommaviy tarqalgan marosimiy turi 
mayda bronza haykaltaroshlik bo’lgan.
Demak dongshon san’atining muhim vazifasi marosimni qayd 
etish bo’lgan. Bu jihatdan u vazifasiga ko’ra boshqa dinlardagi 
marosimni tasvirlovchi matnga mos keladi.
Dongshon san’ati lakvyetlarda sehrgalik, qurbonlik, muqaddas 
qushga topinish kabi amaliyotlarning bo’lganligi, rivojlangan harbiy 
marosimlarning mavjudligini ko’rsatadi. Etnograflarning keyingi 
kuzatuvlariga ko’ra “nog’oralar” ni marosimlarda qo’llash xudolar 
tasviri va kohinlar ishtirokisiz bajariladigan marosimlar orqali 
insonlarning narigi dunyo kuchlari bilan munosabatlarini yo’lga 
qo’yishga xizmat qilishi lozim bo’lgan.
M.a. VI-IV asrlarda gullab-yashnagan dongshon san’ati bir 
qancha lokal variantlarning yuzaga kelishiga turtki berdi. Uning 
Janubiy-Sharqiy 
Osiyoning 
iqtisodiy 
jihatdan 
taraqqiy 
etgan 
hududlarida yashagan boshqa austri xalqlari tomonidan tez qabul 
qilinishiga ikkita omil sabab bo’lgan: sinfiy jamiyatga o’tayotgan 


77 
asosiy sholikor vodiylar aholisi rivojlangan mafkura zarur edi va 
ikkinchidan, bu barcha xalqlarning diniy tasavvurlarining asosi yagona 
bo’lgan – ajdodlarga sig’inish.
Ilk bosqichlarda dongshon sivilizatsiyasi Indoneziyaning Malakka 
yarimoroli tomonga, shuningdek Qizil daryoning yuqori oqimi bo’ylab 
tarqalgan. Keyinchalik shimoli-sharqqa, lakvyetlarga qardosh bo’lgan, 
o’z davlatiga ega bo’lgan namvyetlar yerlariga tarqalgan. 
Dongshon san’ati ta’sirida shakllangan eng qiziqarli maktablar 
sirasiga malayya-yava maktablarini, tay-austroosiyo muhitida Dien 
davlatini (hozirgi Yunnani), shuningdek namvyetlarni (Namvyet 
davlati-Guansi va Guandun hududlari) kiritish mumkin.
Dienada “nog’oralar” o’zgartirilgan holda saqlanib qolgan, ularda 
mahalliy obrazlar aks ettirilgan. Diena san’atida naqshlar uslubi 
o’zgargan, bu yerda e’tiqod qilinadigan yo’lbars va ilon tasviri paydo 
bo’lgan. Austroneziyaliklarda (malayalar, yavalilar va boshqalar) diniy 
sahnadagi asosiy qism – laylak parvoziva patli dubulg’ali jangchilar 
saqlanib qolgan. Shu bilan birga mahalliy muqaddas obrazlar paydo 
bo’lgan. Namvyet maktabida insonlarning mahalliy obrazlari 
yaratilmagan, yangi elementlar naqshli belgilardan iborat bo’lgan. 
Namvyetliklarda “yomg’ir chaqiruvchi” qurbaqalarga sig’inish rivoj 
topgan. 
So’nggi dongshon davrida (m.a. II-I asrlar) mazkur san’at izlari 
o’chib borgan, milodiy asr boshlaridan esa Qizil daryo vodiysi va 
undan janubdagi vodiylarda diniy marosim buyumlarini ishlab 
chiqarish ham to’xtagan. Ammo bu yerda ajdodlarga sig’inish 
hanuzgacha saqlanib qolgan. Bu Hindistondan buddizmning kirib 
kelishi 
va 
lakvyetlarning 
xanliklar 
bilan 
madaniy 
assimilatsiyalashtirishga urinish bilan bog’liq edi. Milodiy I-II asrlarda 
“nog’oralar” bilan bog’liq e’tiqod Xan ma’muriyati tomonidan ta’qib 
qilingan.
Milodiy I asrdan lakvyetliklar orasida buddizmning tarqalishi va 
asosiy dinga aylanishi dongshon diniy marosim amaliyotining yo’q 
bo’lib ketishiga asosiy sabab bo’ldi. Ushbu amaliyot uzoqroq 
vaqtgacha chekka tog’li hududlarda va Indoneziya orollarining bir 
qismida saqlanib qoldi. Vyetlar e’tiqodida bronza nog’ora uzoq 
vaqtgacha vyet imperatorlarinning ruhlari kabi vyetlar davlatini 
asrovchi mo’’jizaviy kuchlar timsoli sifatida saqlanib qolgan.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin