маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

2-savolning bayoni: 
Urartuning halokatidan keyingi davrda sinfiy jamiyat va 
davlatchilikning shakllanishi yana uchta Kavkazorti markazida 
yakuniga yetdi: Kolxida, Iberiya va Albaniya. Urartuning merosxo’ri 
bo’lgan Qadimgi Arman podsholigidagi singari bu yerda ham 
keyinchalik mahalliy va qadimgi Sharq madaniy an’analariga antik 
sivilizatsiya katta ta’sir ko’rsatdi.
Shu tariqa Kavkazorti sivilizatsiyasini quyidagicha davrlashtirish 
mumkin: m.a. I ming yillikning ilk asrlarida bu yerda sinfiy jamiyat va 
davlatchilikning yagona markazi Urartu mavjud bo’lgan; so’ngra bu 
hududga Kavkazortining Qora dengizbo’yi qirg’oqlarida yuzaga kelgan
qadimgi Kolxida; ellinistik davrda esa – bu regionning qolgan 
hududlari - Iberiya (hozirgi sharqiy Gruziya ) va Kavkaz Albaniyasi 
(hozirgi Ozarbayjonning shimoli va Dog’istonning bir qismi) ham 
qo’shilgan. 
Sobiq Urartu mulklarining katta qismi Midiya davlati, so’ngra 


64 
Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirdi. Ular bir necha satraplik 
tarkibiga kiritilgan va markaziy hokimiyatga boj to’lagan. Shunday 
satrapliklar doirasida m.a. VI-V asrlarda o’z ichiga urartlarning 
avlodlari va boshqa qabilalarni qamrab olgan qadimgi arman xalqining 
shakllanishi boshlangan.
Ahamoniylar boshqaruvga jalb etgan mahalliy zodagonlar ichida 
satrapliklarning birini boshqargan Yervantitlar (yunoncha Orontitlar)
bor edi. Satrap va uning atrofidagilarning madaniyati va turmush tarzi 
ahamoniylar namunasida tashkil etilgan. Erebunidan topilgan m.a. V 
asrga oid yunon tangalari madaniy va savdo aloqalarining 
kengayganligidan dalolat beradi. Qadimgi Eron diniy ta’limotlari, 
xususan zardo’shtiylik, qadimgi Armanistonga katta ta’sir ko’rsatgan. 
Biroq ommaviy, xalq madaniyati ko’p jihatlarda ururtu an’analarini 
davom ettirgan.
Yervantitdar mulkining markazi Armavir bo’lgan. Armanistonning 
mustaqilligi m.a. 220 yilda, Antiox III ning bu davlatni Salavkiylar 
davlati doirasida tashkil etgan Buyuk Armanistonga qo’shishi bilan 
nihoyasiga yetdi.
Salavkiylar davlati zaiflashgan davrda (m.a. II asr) Van ko’lidan 
g’arbdagi hududda Zariadr (arm. Zarex) boshchiligida Sofen, Van va 
Sevan ko’llari oralig’ida Armaniston kabi davlatlar barpo etilgan. 
Armanistonning birinchi podshosi Artashes I (m.a. 189-161 yy) 
Artasheslar sulolasiga asos soldi va yangi poytaxt Artashagni barpo 
etdi.
M.a. 95 yilda parfiyaliklar yordamida Artasheslar taxtiga Tigran II 
o’tiradi. Ko’p o’tmay bu uddaburon siyosatchi parfiyaliklarning o’zini 
siquvga ola boshladi. Qadimgi Arman podsholigining qisqa yuksalishi 
davrida Salavkiylarning sobiq mulklarining bir qismi va Van ko’lidan 
janubi-g’arbdagi yerlarni qo’shib olib, ellinistik yunon polislari tipidagi 
yangi poytaxt – Tigranokertni barpo etadi.
Biroq Old Osiyodagi umumiy vaziyat murakkablashib borib, 
Tigran II rimliklar bilan kelishishga majbur bo’ladi. Pompey bilan m.a. 
66 yilda imzolangan tinchlik shartnomasiga ko’ra “Buyuk 
Armaniston”ning chegaralari qisqaradi, “podsholar podshosi” o’zini 
“rim xalqining do’sti va ittifoqchisi” deb tan oladi.
Trayan davrida, 114 yilda Armaniston Rimga tobe davlatga aylandi 
va II asrgning ikkinchi yarmiga kelibgina o’z mustaqilligini qayta 
qo’lga kiritdi. Armanistonni o’zlariga bo’ysundirishga intilgan 
Sosoniylar kuchli qarshilikka duch keldilar. Qadimgi an’analarga ega 


65 
bo’lgan davlat mafkuraviy mustaqillikka ham erishishga harakat qilib, 
Tiridat III (287-330 yy) davrida xristianlikni davlat dini deb e’lon qildi.
Miloddan oldingi so’nggi asrlar va milodiy birinchi asrlarda 
Armaniston yuksak madaniyatga ega davlat edi. Urbanizatsiya jarayoni 
buning yorqin dalilidir. Doimiy rejalashtirish asosida barpo etilgan 
qadimgi arman shaharlari ellinistik shaharsozlik qoidalari asosida barpo 
etilgan. Milodiy I asrda bunyod etilgan Garnidagi Mixr ibodatxonasi 
arman me’morchilikning yuksak taraqqiyotidan dalolat beradi. 
Armaniston haykaltaroshligi rang-barangligi bilan ajralib turadi, unda 
ellinistik va mahalliy an’analar uyg’unlashib ketgan. Kulolchilik
metallsozlik, zargarlik ham yuksak taraqqiy etgan.
Antik davrdagi Armanistonning ma’anaviy hayoti haqida u qadar 
ko’p narsa ma’lum emas. Armaniston diniga sinkretizm xos bo’lib, 
unda qadimgi mahalliy e’tiqodlar va Eron ta’siri qorishib ketgan. 
Arman xudolarining panteonida Mixr, Anait va Vaxagn kabi xudolar 
muhim o’rin tutgan. 
Kavkazorti tarixida Kolxida alohida o’rin tutadi. Uning tarixi antik 
mualliflar, arxeologik tadqiqotlar natijalari tufayli yaxshi o’rganilgan. 
Kavkazortining boshqa davlatlaridan farqli ravishda Kolxida O’rtayer 
dengizi madaniyatlari bilan chambarchas bog’liq bo’lgan va m.a. VI 
asrda yunon koloniyalashtirishining ob’ektiga aylangan. Qora 
dengizning 
sharqiy 
qirg’oqlarida 
vujudga 
kelgan 
yunon 
koloniyalarining iqtisodiy asosini vositachilik savdosi tashkil etgan.
Kolxida davlatining yuzaga kelishida ilk temir davrida ishlab 
chiqarishning rivoj topishi muhim omil bo’ldi. Kolxida temir 
metallurgiyasining muhim markazlaridan biriga aylandi. Kolxidadagi 
ijtimoiy tabaqalanish dafn yodgorliklarida yaqqol namoyon bo’ladi. 
Masalan, m.a. V asrga oid ayol qabridan 1600 ta oltin buyum, shu 
jumladan ho’kiz va ohuni ovlayotgan sher tasvirlangan ajoyib tillaqosh 
topilgan.
Yuksak darajada rivoj topgan hunarmandchilik va savdo 
Kolxidaning gullab-yashnashiga asos bo’ldi. Antik dunyoda Kolxida 
haqida argonavtlar sarguzashtiga sabab bo’lgan “oltin mo’yna” 
mamlakati sifatida ma’lum edi.
Dioskuriadada 70 ta qabila va xalq vakillari savdo uchun 
to’planishganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Kolxidada nafaqat 
mahalliy, balki tranzit savdoning ham taraqqiy etganligi pul 
muomalasining ham erta rivojlanishiga olib keldi. Du yerda yunon va 
mahalliy tangalar muomalada bo’lgan. M.a. V- III asrning birinchi 


66 
yarmida zarb etilgan mahalliy tangalarning old tarafida hukmdor, orqa 
tarafida ho’kiz boshining tasviri bo’lgan. M.a. III asrda podsho Aka 
nomidan tilla tangalar zarb etilgan. Ma’muriy jihatdan Kolxida 
provintsiyalarga bo’lingan, ularning tepasida skeptux (tojdor) unvoniga 
ega shaxslar turgan. 
Kolxida madaniyatining o’ziga xos jihati unda mahalliy va yunon 
an’analarining qorishib ketganligidir. Van shahri xarobalaridan 
topilgan buyumlar, inshootlarda yunon ta’siri kuchli ekanligi ko’rinib 
turibdi. Kolxida hududidan o’ziga xos tosh va bronza haykallar
koroplastika, torevtika, gliptika namunalari topilgan. 
Kolxida keyinchalik Rimning ta’siriga tushadi va I asrda Rimning 
Kappadokiya viloyatiga qo’shiladi.
Milodiy III-IV asrlar antik manbalarida G’arbiy Gruziya Lazika 
deb atalgan, mahalliry aholi esa uni Egrisi deb atagan. Poytaxti 
Arxeopol. IV asrdan bu yerda xristianlik tarqalgan.
Ellinistik davrda Kavkazortida Iberiya davlati shakllandi va 
mustahkamlandi. Yunon – rim mualliflari antik davrdagi Sharqiy 
Gruziya podsholigini (m.a. III- milodiy III-IVasr) Iberiya 
deb 
ataganlar. O’rta asr gruzin manbalarida u Kartli deb yuritilgan. Iberiya 
hozirgi Sharqiy va junubiy Gruziya yerlarini egallagan. Vaqt o’tishi 
bilan u Kolxidaning ayrim hududlarini o’ziga qo’shib olishga muvaffaq 
bo’ladi. 
Iberiya davlatining shakllanishi va mustahkamlanishi ellinistik 
davrda sodir bo’ldi.Dedoplis-Mindoridan topilgan, m.a. II-I asrlarga 
oid, mahalliy gruzin astral ilohalari bilan qo’shilib ketgan mazdakiylik 
ilohalariga 
bag’ishlangan 
ibodaxona 
majmuasi 
Iberiyada 
me’morchilikning yuksak taraqqiyotidan dalolat beradi.
Qadimgi Gruziya tarixiy an’analariga ko’ra, Iberiyaning ilk 
podshosi Parnovaz o’z qarorgohini Armazi tog’ida barpo etgan. 
Bagineti tepaligida joylashgan bu shahar arxeologlar tomonidan 
o’rganilgan. Sarkine, Dazalisi, Urbnisi va boshqa joylardan ham Iberiya 
shaharlarining xarobalari topilgan. O’ziga xos g’or-shaharlar ham 
mavjud bo’lgan (Uplistsixe). Iberiya san’atida ham yunon-rim 
madaniyatining ta’siri ko’rish mumkin. Masalan, Iberiyada Dionisga 
e’tiqod qilish keng tarqalgan. Sarkinedan topilgan Dionis va Ariadna 
tasvirlangan sopol niqoblar, Dionisiy doirasidagi ilohalar haykalchlari
shundan dalolat beradi.
Kavkaz Albaniyasi Kavkazortining boshqa viloyatlariga nisbatan 
yunon-rim dunyosining markazlaridan uzoqda joylashgan va shu 


67 
sababdan uning tarixi va madaniyati antik mualliflar asarlarida kam 
yoritilgan. Uning tarixi asosan arxeologik ma’lumotlar asosida 
o’rganilgan. Bu yerda davlatchilik va sinfiy jamiyatning paydo bo’lishi 
muammosi hanuz bahstalab bo’lib qolmoqda. Biroq bu jarayon ellinisik 
davrda nihoyasiga etgan deb hisoblashga asos bor.
M.a. I asrda bu yerga ham rimliklar kirib kelgan. Boku yaqinidagi 
Gobuston tog’idan topilgan m.a. I asrga oid XII legion senturioni 
nomidan tuzilgan lotin yozuvi bunga guvohlik beradi. Keyinchalik 
Kavkaz Albaniyasida hukmronlikni Arshakiylar sulolasi o’z qo’liga 
oldi. Albaniya u yoki bu darajada Kavkazortidagi rim-parfiya 
kurashlariga jalb etilgan. 
M.a. I asrda Albaniyaning eng yirik shahar markazi va poytaxti 
Kabala (maydoni 50 ga) edi. Bundan tashqari Shemaxa, Mingechaur, 
Tazakent va mamlakatning shimoliy qismi, Dog’iston hududida ham 
ko’plab antik davr shaharlari aniqlangan.
Albaniyada qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik, savdo taraqqiy 
etgan. Aleksandr Makedonskiy draxmalariga taqlid qilib yaratilgan 
mahalliy tangalar muomalada bo’lgan. San’atning haykaltaroshlik turi 
keng tarqalgan. Kulolchilik namunalari antropomorf va zoomorf 
shakllarda yaratilgan. Albaniya hayotida din muhim o’rin tutgan. 
Straboning ma’lumotiga ko’ra, oliy xudolar uchligiga Selena, Gelios va 
Zevs kirgan (Strabon mahalliy xudolarning yunoncha nomlarini 
keltirgan). Bosh kohin podshodan keyingi o’rinda turgan.
Kavkazorti sivilizatsiyalari o’ziga xoslik bilan bir qatorda, 
o’xshash jihatlarga ham ega. Bu esa ularning ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzumidagi yaqinlik, tarixiy taqdirlarining tutashligi va uzoq vaqt 
davomidagi aloqalar bilan izohlanadi.
Janub va shimolning doimiy bosimi ostida bo’lishiga qaramasdan 
Kavkazorti xalqlari o’ziga xos sivilizatsiyalarni yaratish, saqlab qolish 
va rivojlantirishga muvaffaq bo’lishdi. Qadimgi madaniy an’analar 
bilan tashqi ta’sir uyg’unlashib ketgan bu sivilizatsiyalar jahon 
madaniyatiga ulkan hissa qo’shdi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin