2-savolning bayoni:
Janubiy Arabiston sivilizatsiyasining o’ziga xosligi uning Misr,
Ikki daryo oralig’i va boshqa sivilizatsiya markazlardan to’liq
bo’lmasa-da, ajralganligi bilan belgilanadi.
Janubiy
Arabistonning
bo’g’ozdagi
qirg’oqbo’yidan
to
Xadramautning g’arbiy rayonlarigacha bo’lgan hududida olduvay
tipidagi ilk paleolit qurollarining, shuningdek Rub-al-Xalining shimoliy
chegaralarida ko’plab ilk paleolit manzilgohlarining topilishi Janubiy
Arabiston inson paydo bo’lgan va shakllangan hududga kirishini
ko’rsatadi. Dastlab qulay tabiatga ega bo’lgan Arabiston yarimorolida
m.a. XX ming yillikdan boshlangan tabiatdagi o’zgarishlar m.a. XVIII-
57
XVII ming yilliklarga kelib qurg’oqchil iqlimning shakllanishiga olib
keldi. Insonlar Arabiston yarimorolini tark etadi va faqat uning janubi
va sharqida “ekologik boshpanalar” da hayot davom etdi.
M.a. VIII ming yillikdan boshlab iqlim yana o’zgara boshladi va bu
safar insonlar uchun qulay sharoit tufayli ushbu hudud Jamdat-Nasr
madaniyati vakillari tomonidan egallanadi. M.a. III ming yillikka kelib
Sharqiy Arabiston, ayniqsa Ummon (qadimgi Magan) Ikki daryo
oralig’i va “Dilmun mamlakatlari” (Baxrayn)ning Shimoli-G’arbiy
Hindiston bilan savdosida faol ishtirok eta boshlaydi.
M.a. III ming yillik oxiri – II ming yillik boshlarida Janubiy
Arabistonga dehqonchilik bilan tanish bo’lgan va sug’orish, qurilish
ko’nikmalariga ega bo’lgan semit qabilalari kirib keladi. Janubiy
Arabiston tabiatining o’ziga xos xususiyatlari ko’chib kelgan xalqlarni
alohida guruhlar va urug’lar bo’lib joylashib, biqiq madaniyat
o’choqlarini shakllantirishiga olib keldi.
M.a. III m.y. ning ikkichi yarmiga oid shumer hujjatlarida
Ikkidaryo oralig’i bilan aloqada bo’lgan Magan va Meluxxa
mamlakatlari tilga olinadi.
M.a. II ming yillik oxiridan to m.a. VI asrga qadar yuzaga kelgan
Sabey, Kataban, Xadramaut va Mayn sivilizatsiyalari o’ziga xos yorqin
xususiyatlarga ega bo’lib, m.a. I ming yillik davomida yonma-yon
mavjud bo’lgan.
Qadimgi Xadramaut madaniyatida uzoq vaqtgacha janubiy
Ikkidaryo oralig’i ta’sirida bo’lgan Arabiston yarimorolining eng
chekka sharqiy viloyatlariga xos alohida qirralar saqlanib qolgan.
M.a. I ming yillikning birinchi yarmida bu sivilizatsiyalar sun’iy
sug’orishga asoslangan dehqonchilik, ko’plab shaharlar, rivojlangan
me’morchilik va san’atga ega bo’lgan. M.a. VII asrda barpo etilgan va
o’n uch asr faoliyat ko’rsatgan Marib to’g’oni bu sohada erishilgan
hayratlanarli natijalardan guvohlik beradi.
Bu hududlarda yetishtirilgan ko’plab ekinlarga Yaqin Sharq va
O’rtayer dengizi mamlakatlarida talab kuchli bo’lgan. Xushbo’y hidli
daraxtlarni o’stirish qadimgi Yaman davlatlarining gullab-yashnashiga
asos bo’lgan. M.a. X asrda Sharqiy O’rtayer dengizi bilan savdo va
diplomatik aloqalarini o’rnatgan Saba davlati m.a. VIII asrda Ossuriya
davlati bilan muloqotga kirishgan va m.a. VII asrda hozirgi Shimoliy-
Sharqiy Efiopiya hududlarini koloniyalashtirgan.
Xushbo’y o’simliklar yetishtirish asosan Xadramaut (qisman
Kataban) rayonlarida jamlangan bo’lib, tashqi karvon savdosi esa m.a.
58
VI asrdan Mayn qo’lida bo’lgan.
Janubiy Arabistonning Hindistondan Afrika va Misr hamda
O’rtayer dengiziga boruvchi dengiz yo’li ustida joylashganligi m.a. I
ming yillikdayoq uning Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq, Hind okeani va
O’rtayer dengizi havzasining qadimgi sivilizatsiyalari orasidagi
mahsulot ayirboshlashda vositachilik vazifasini belgilab berdi.
M.a. VII asrdan butun Janubi-g’arbiy Arabistonga Sabaning
siyosiy hukmronligi tarqaldi, ammo VI-IV asrlardan uzoq urushlar
tufayli Mayn, Kataban va Хadramaut Saba hukmronligidan ozod bo’ldi.
Urushlar m. a. I ming yillikning ikkinchi yarmida davom etgan va
milodiy III asrga kelibgina hududda barqarorlik o’rnatilgan. Urushlar
natijasida Mayn Saba tomonidan zabt etilgan, Kataban tarix sahnasidan
yo’q bo’lib ketgan, Sabada esa Janubiy Arabistonning janubi-sharqiy
burchagida joylashgan viloyat – Ximiyara sulolasi hukmronligi
o’rnatilgan. Ximiyara davlatining poytaxti Zafar bo’lib, IV asrga kelib
u butun Janubiy Arabiston ustidan o’z hukmronligi o’rnatgan.
Milodimiz boshlariga kelib Qizil dengiz va Adan ko’rfazining
g’arbiy
qismmining
yunon,
misr
dengizchilari
tomonidan
o’zlashtirilishi Janubiy Arabistonning Hindiston va Misr o’rtasidagi
savdoda yakkahukmronlik mavqeiga zarba bergan hamda mahalliy
sivilizatsiyalar taraqqiyotiga katta ta’sir o’tkazgan. Suriya va Misrning
Rim tomonidan egallanishi esa vaziyatni yanada murakkablashtirgan.
Endi kurash savdo yo’llarida hukmronlik uchun emas, balki hosildor
yer va qulay ko’rfazlarga ega dengizbo’yi hududlari uchun olib
boriladigan bo’ldi.
Qadimgi Yaman sivilizatsiyalarining asoschilari o’zlari bilan
Janubiy Arabistonga xo’jalik va madaniy hayotning ko’plab sohalarida
mustahkam bilim, ko’nikma va malakalarni olib kelishgan. Ajoyib tosh
inshootlar, vodiylardagi baland tepaliklarda barpo etilgan ulkan
shaharlar, sug’orish tizimlari shundan dalolat beradi. Marib, Timna,
Shabva va Karnava shaharlari xarobalariga ko’ra, shaharlar to’g’ri
to’rt burchak shaklida qurilib, balandligi 10-12 metrli tosh devorlar
bilan o’rab olingan. Shahar devorlarida kvadrat shaklida minoralar
bunyod qilingan. Haykaltaroshlik taraqqiy etgan, alebaster, jez va
loydan haykallar yasalgan. Oltin va bronzadan yasalgan hayvonlar
(ho’kiz, tuya, ot) dinamik va ifodali tasvirlangan.
Qadimgi janubiy arabistonliklar Sharqiy O’rtayer dengizining
(finikiya yoki protosinay) alifboli yozuvi asosida yaratilgan o’ziga xos
yozuvdan foydalanishgan.
59
Ushbu xalqlarning ma’naviy hayoti haqida bizgacha u qadar ko’p
narsa yetib kelmagan. Ilk bosqichlarda bu yerda qadimgi semit xudosi
Astar yetakchilik qilgan. Astral xudolar va ikkinchi darajali mahalliy
xudolar muhim rol o’ynagan. Erkak ilohalar bilan bir qatorda ayol
ilohalar ham e’zozolangan. Yagona xudolar panteoni shakllanmagan.
Sabeylar Almakax deb atagan oy xudosi Janubiy Arabiston qabilalarida
katta rol o’ynagan. Eramiz boshlarida Astar asta-sekin siqib chiqarilib,
“mahalliy xudolar” birinchi o’ringa chiqqan. Kohinlik funksiyasini
Janubiy Arabistonda boshqaruv ishlari va ijroiya hokimiyatiga ega
bo’lgan mansabdor shaxslar - mukarriblar bajargan
Janubiy
Arabiston
sivilizatsiyalarining
ichki
hududlardagi
ko’chmanchilar bilan doimiy qo’shnichiligi ularning taraqqiyotiga o’z
ta’sirini o’tkazgan. Nisbatan past taraqqiyot bosqichida turgan
chorvador qabilalar asrlar davomida Yaman yerlarida o’rnashib
mahalliy sivilizatsiyalar bilan bevosita aloqaga kirishgan. Bu o’z
navbatida xo’jalik hayoti va madaniyatning tushkunligiga olib keldi.
Kuchayib borayotgan salbiy omillar ta’sirida Janubiy Arabiston
tsivlizatsiyalari milodiy asrning ilk asrlaridan yemirila boshladi va VI
asrda halokatga uchradi. Ammo Janubiy Arabistonning qadimgi
sivilizatsiyalari halokatiga ma’naviy hayotning yuksak taraqqiyoti
hamroh bo’ldi.
Janubiy Arabistonning qulay geografik joylashuvi buyuk
imperiyalarning nazaridan chetda qolmadi. Milodiy asr boshlarida
Janubiy Arabistonning dengiz bo’ylaridagi shaharlarida joylashgan
yunon va misr savdogarlarining savdo manzilgohlari so’nggi ellin
(keyinchalik xristianlik) ta’siri tarqalishining tabiiy markazlariga
aylandi. Milodimizning birinchi asrlarida Adan va Sokotradagi yunon-
rim muhitida xristianlik ham tarqala boshladi.
IV asrdan sharqiy Rim imperiyasi Aleksandriya cherkovidan
hamda Efiopiya (Habashiston) hududida milodimiz boshida yuzaga
kelgan va ayrim qirg’oqbo’yi hududlari, janubiy-G’arbiy Arabistonni
bosib olgan Aksum davlatining xristianlashgan yuqori tabaqasidan
foydalangan holda bu hududda xristianlikni yanada keng yoyishga
harakat qildi. Ko’p o’tmay Arabistonda arianlar, monofistlar,
nestorianlar ko’payib, mahalliy majusiy dinlar, ibtidoiy e’tiqodlar bilan
birgalikda Arabiston yarimorolining janubidagi siyosiy hodisalarga o’z
ta’sirini o’tkaza boshladi.
Arabiston janubidagi g’oyalar kurashi kuchayib, butun yarimorolga
yoyila boshladi. Bu kurashda bosh siyosiy g’oya – birlik g’oyasi o’z
60
o’rnini egallay boshladi va islom tug’ildi.
Dostları ilə paylaş: |