49
Xett podsholigi davri deb nom oldi. M.a. XIV asr boshlarida Old
Osiyoda Misr, kassitlar Bobili va Mitanni davlatlari zaiflashib, xalqaro
munosabatlarda Xett davlatining kuchayishi uchun qulay shart-sharoit
tug’iladi. Yangi Xet podsholigi davri sanalgan m.a. XIV -XII
asrlarda
ushbu davlat yana yuksaldi.
Yangi sulola podsholari qadimgi xett buyuk davlatchiligi
g’oyalarini qaytarishga da’vo qilib, harbiy-byurokratik monarxiyani
tashkil qildilar. Podsho ilohiylashtirilgan mutlaq hukmdorga aylandi.
Xett hukmdorlari bu davrda Sharqiy O’rtayer dengizi qirg’og’i mayda
davlatchalarini va Mitanni davlatini bosib oldilar. Mitanniga tegishli
Suriya viloyatlarini va shaharlarini, Kichik Osiyodagi janubiy Frigiya
va Lidiya, Milavan (Milet) hokimlarini bo’ysundiradilar.
Ammo Misr XIX sulola davrida
yanada kuchayib va Sharqiy
O’rtayer dengizi qirg’ogi uchun Xett davlati bilan yana raqobat
boshlaydi. Xettlar Falastin, Finikiya va Suriyani katta qismidan siqib
chiqariladi. Oxir oqibatda Misr va Xett davlati eramizdan avvalgi
1280 yilda tinchlik shartnomasini imzolaydilar. Shartnoma bo’yicha
Suriyaning
bir qismi, Shimoliy Finikiya Xett davlati ta’siri ostida
qoladi.
Endilikda Xett davlati kuchayib borayotgan Ossuriyaning harbiy
tazyiqiga qarshi Bobil bilan ittifoq bo’lishga harakat qiladi, lekin
Ossuriyani Yuqori Mesopotamiyadan siqib chiqara olmadi. Xett davlati
kuchli qo’shinga ega bo’lgan Ossuriya
tazyiqini qiyinchilik bilan
qaytaradi.
So’ngi xett podsholari davrida axeylar, Bolqondan kelgan
frigiyaliklarni Kichik Osiyoning g’arbida hujumini zo’rg’a qaytaradilar.
Axeylar tor-mor qilinganidan keyin Kichik Osiyo g’arbidagi Ilion
shahri bosib olinadi. M.a. XII asr oxirida Egey dengizi qirg’oqlari va
orollarining «dengiz xalqlari» Xett davlatini tor-mor qiladilar.
Shunday qilib, yangi Xett davlati tarix sahnasidan abadiy tushib ketdi.
Markazlari Karxamesh va Melida bo’lgan so’nggi Xett podsholiklari
qoldiqlari m.a. VIII asr oxirlarida Ossuriya tomonidan tugatiladi.
Xettlar xo’jaligining
asosi dehqonchilik, chorvachilikning
qo’ychilik sohasi bo’lgan. Dehqonchilikda sun’iy sug’orish sezilarli
bo’lmagan. Hunarmandchilikning taraqqiyoti to’g’risida qonunlar va
boshqa hujjatlarda temirchi, kulol, duradgor va tikuvchi kasblari tilga
olinadi. Mehnat qurollari va harbiy aslahalar
ishlab chiqarish uchun
asosiy xom ashyo dastlab mis, keyinchalik qalay edi. Temirdan faqat
diniy marosimlar uchun haykalcha va boshqa buyumlar yasashda oz
50
miqdorda foydalanilgan. Xett davlatida podsho oilasi va podsho bosh
koxin sifatida juda katta miqdorda yerga egalik qilgan.
Podsho va
ibodatxona yerlarida ishlovchilar o’z yerlariga berkitib qo’yilib, turli
soliq va majburiyatlarni o’taganlar.
Xett jamiyatida barcha aholi ikki guruhga bo’lingan. Soliq
to’lovlari va boshqa majburiyatlarni o’tovchi (podsho, ibodatxona eki
xususiy shaxs foydasiga) kishilar erkin bo’lmagan mavqega ega bo’lib,
kamsitilganlar. To’la ma’noda erkin kishilar deb zodagonlar,
amaldorlar, kohinlar va katta yer egalari hisoblanganlar. Xett davlati
bosib olgan hududlarni boshqarmagan, faqat
ulardan xiroj olish bilan
cheklagan.
Dostları ilə paylaş: