Nazorat savollari:
1. Anatoliyaning qadimgi madaniyat markazlarini sanab bering.
2. Finikiya sivilizatsiyasining jahon sivilizatsiyasida tutgan o’rnini
tahlil qiling.
3. Xett podsholigining davlat tuzumiga baho bering.
4. Yaxudo dini insoniyat tarixidagi birinchi yakka xudolikka
52
asoslangan din sifatida qanday rol o’ynadi?
6-mavzu: Qadimgi Afrika va Janubiy Arabiston sivilizatsiyasi
Asosiy savollar:
1. Qadimgi Afrika sivilizatsiyasi o’choqlari.
2. Janubiy Arabiston sivilizatsiyalari taraqqiyotining omillari.
1-savolning bayoni:
M.a. IV ming yillikda Yuqori Misr va Shimoliy Nubiyada deyarli
bir xil madaniyat tarqalgan bo’lsa, keyinchalik geografik omillar
xususiyatiga ko’ra madaniyatlar taraqqiyoti turlicha yo’ldan ketdi.
Nilning uchinchi va beshinchi ostonalari oralig’idagi hududlarni
asoan Kush podsholari nazorat qilgan, ba’zan esa ular o’z
hukmronligini
shimolda
Asuandan
janubda
Xartumgacha
kengaytirishga muvaffaq bo’lgan. Kushda asosan dehqon-chorvador
birlashmalar istiqomat qilgan.
M.a. III ming yillikda Misr fir’avnlarining istilochilik yurishlari
tufayli Nilning birinchi ostonasidan janubdagi hududlarda yuzaga
kelgan madaniyatlar almashib turgan. Shimoliy Suriyadagi Kush
hududida yashagan aholi sezilarli darajada negroid elementlari
aralashgan Kerma madaniyatiga mansub bo’lgan. Kerma shahri
xarobasi, bu yerdan topilgan buyumlar jamiyatning ancha yuksak
darajadagi taraqqiyotidan dalolat beradi. Sopol idishlardagi naqshlarda
qora Afrikaning kuchli ta’siridan dalolat beradi. Kerma aholisi Misr,
Sharqiy Saxara, Xartum viloyatlari va Efiopiyaning chegara rayonlari
bilan yaqin aloqada bo’lgan.
Kermaning gullab-yashnash davri Misrdagi O’rta podsholik va II-
O’tish davriga to’g’ri keladi. Bu davrda Kerma ikkinchi ostonadan
to’rtinchi Nil ostonasigacha bo’lgan hududni nazorat qilgan. Kush
sivilizatsiyasining keyingi davriga oid markazlar - Kava, Napata va
Meroyening dafn inshootlari ushbu sivilizatsiyaning mahalliy
ildizlaridan darak beradi. Ushbu hududda mavjud bo’lgan oltin,
chorvachilikni rivojlantirish, qimmatbaho yog’och navlari va asirlarni
haydab ketish uchun qulay sharoit Misrni doimo qiziqtirib kelgan. Misr
kolonizatsiyasi davrida Kush madaniyati Misr madaniyati bilan juda
yaqinlashib ketgan, ammo mahalliy an’analar va qarashlar saqlanib
qolgan.
XXV sulola davrida endi Misr Kush tomonidan istilo qilinadi.
Kushlik fir’avnlar hukmronligiga Ossuriya qo’shinlarining qudrati va
zarbasi chek qo’ydi.
53
Shimoldan bosqinchilarning hujumi xavfi yoki boshqa sabab
bilan Kush sivilizatsiyasining markazlari janubga, Napata va Meroyega
ko’chadi. M.a. VI-V asrlarda podsho oilasining qarorgohi Meroyeda
joylashgan, ammo Napata bosh diniy markaz, podsholarning asoisiy toj
kiyish marosimi o’tkaziladigan joy bo’lib qolavergan.
Mahalliy me’morchilik va san’atning eng yorqin namunasi
Musavvarat-as-Sufradagi diniy majmuadir. Bu yerda sher boshli
mahalliy xudo Apedemakkka topinilgan. Ushbu yodgorlik shaklan Misr
an’analariga o’xshatib barpo etilgan, biroq u mazmunan Afrika
madaniyatiga mansub.
Meroye xatida bitilgan ilk yozuvlar m.a. II asrga oid, ammo u
ilgaridan mavjud bo’lgan. Bu yozuv Afrika qit’asidagi eng qadimgi
alifboli yozuv bo’lib, bevosita Misr iyeroglif va demotik yozuvi
ta’sirida paydo bo’lgan.
Meroye madaniyati rivojining butun tarixi qadimgi dunyoning
buyuk davlatlari bilan bog’liq tarzda kechgan. Kushda ushbu
davlatlarning ko’plab an’analari va yutuqlari qabul qilingan. Bunda
ayniqsa Misrning ta’siri eng kuchli bo’lgan.
O’ziga xos va betakror Kush madaniyati qadimgi Sharq
mamlakatlarining umumiy madaniy merosiga o’z hissasini qo’shgan,
Sudan xalqlarining zamonaviy madaniyati manbai bo’lib xizmat qilgan.
Tropik Afrikada temir davriga o’tish bilan bir vaqtda yuzaga
kelgan, o’ziga xos moddiy va ma’naviy madaniyatga ega bo’lgan
markazlarni shartli ravishda sivilizatsiya deb atash mumkin. Bir-biridan
ulkan masofalar ajratib turgan, ammo o’zaro bog’liq holda rivoj topgan
bu qadimiy sivilizatsiyalarga G’arbiy Sudan va unga tutash bo’lgan
Saxara hududlari, hozirgi Nigeriyaning markaziy va janubiy-g’arbiy
qismlari, Lualaba daryosining yuqori qismi havzasi (hozirgi Zairdagi
Shaba viloyati), hozirgi Zimbabve Respublikasining markaziy va
sharqiy viloyatlari hamda Hind okeanining Afrika qirg’oqlarini kiritish
mumkin. Ushbu qadimgi sivilizatsiyalar va Afrikaning o’rta asr
sivilizatsiyalari - G’arbiy Sudanning buyuk davlatlari (Gana, Mali,
Songai), Ife, Benin, Kongo, Zimbabve, suaxili sivilizatsiyalari orasidagi
to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik arxeologik tadqiqotlar natijasida isbotlab
berilgan.
G’arbiy Sudan va Nigeriyada vujudga kelgan sivilizatsiyalar
ayniqsa rivoj topgan. Markaziy Afrika o’choqlari temir va mis
metallurgiyasi, shahar tipidagi yirik manzilgohlarning paydo bo’lish
vaqtiga ko’ra orqada qolgan edi. Sharqiy Afrika markazi uning
54
shakllkanishida dengiz savdosi o’ynagan rol bilan bog’liq o’ziga xos
xususiyatlari bilan ajralib turgan.
Tropik Afrika sivilizatsiya o’choqlarining bir-biridan uzoq
masofalar bilan ajratilganligi ularning o’rtalarida o’rtasida aloqalar
o’rnatishga to’sqinlik qilmagan. Bu aloqa G’arbiy Sudan va Nigeriya
o’chog’i, Nigeriya va Kongo havzasi o’rtasida kuzatiladi. Arxeologik
ma’lumotlar hozirgi Zimbabve, Zambiya va Yuqori Lualaba,
shuningdek, sharqiy Afrika qirg’oqbo’yi hududlari m.a. II ming yillik
boshlarida o’zaro aloqada bo’lganligini tasdiqlaydi. Biroq ularning
ko’pchiligi, masalan, Nigeriya va Markaziy Afrika o’choqlari
Afrikadan tashqaridagi sivilizatsiyalar bilan to’g’ridan – to’g’ri aloqa
bog’lash imkoniga ega bo’lmagan.
Sahroi Kabir hududi orqali o’tgan savdo yo’llari bu yerdagi
taraqqiyotga o’z ta’siri ko’rsatdi. Tropik Afrikadagi yagona G’arbiy
Afrika bronza davri industriyasi va undan so’ng yuzaga kelgan
metallurgiyani mana shu ta’sir natijasi deb baholash mumkin.
Mavritaniyadagi (Akjujta) fransuz olimlarining tadqiqotlari bu yerda
m.a. VI-V asrlarda mis va bronza davri industriyasining yirik markazi
bo’lganligini ko’rsatib berdi. U Marokash janubida ilgariroq yuzaga
kelgan metallurgiya markazi bilan bog’liq bo’lgan.
Niger daryosi o’rta oqimining Gundam rayoni – Niafunkdagi
yodgorliklar (dahmalar va megalitik inshootlar) esa miloddan oldingi
davrdayoq shakllangan shahar hayoti an’analariga ega Mali
sivilizatsiyasi bilan bog’liq.
Malidagi Jenna shahri xarobalarida amerikalik olimlar tomonidan
o’tkazilgan tadqiqotlar bu yerda rivojlangan temir metallurgiyasi
mavjud bo’lganligini ko’rsatadi. Radiouglerod tekshiruvlai an’anaga
ko’ra VIII asrda paydo bo’lgan deb hisoblanib kelingan bu shahar m.a.
III asrda vujudga kelganligini aniqlab berdi.
M.a. I ming yillikda Sahroi Kabirning suvsizlanishi va
ko’chmanchilarning janubga kirib kelishining kuchayishi dehqonlarda
bu hujumga qarshi tura oladigan ilk yirik tashkiliy siyosiy
birlashmalarning vujudga kelishiga olib keldi. Milodiy III-IV asrlar
chegarasida ushbu hududdagi eng qadimgi davlat birlashmasi bo’lgan
Gananing vujudga kelishi aynan mana shu jarayonning mantiqiy yakuni
bo’ldi.
Qadimgi Markaziy Afrika sivilizatsiyasining Nigeriya o’chog’i
to’g’ridan – to’g’ri G’arbiy Afrikada temir industriyasi bilan bog’liq.
Ushbu o’choqning ko’pchilik sivilizatsiyalari u yoki bu darajada bu
55
regiondagi ilk temir asri madaniyati bo’lgan Nok madaniyati bilan
aloqador (m.a. V asr).
Nok sivilizatsiyasi izlari ilk bor 1928 yilda Jos yassitog’liklarida
ochilgan. 1943 yilda Nok qishlog’i yaqinida topilgan haykalchalar
uning keng miqyosda o’rganilishini boshlab berdi. Nok sivilizatsiyasi
hozirgi Nigerning markaziy va janubi-g’arbiy qismlarida, qisman Benin
va Nigeriya hududlarida tarqalgan. So’nggi tadqiqotlar natijasida uning
xronologiyasi taxminan m.a. 900 yildan milodiy 200 yillar bilan
belgilanmoqda.
Nok sivilizatsiyasi vakillari Sahroi Kabirdan janubdagi hududda ilk
bor
sopol
buyumlar
tayyorlay
boshlagan
va
metallurgiya
ko’nikmalariga ega bo’lib, tosh davridan to’g’ridan-to’g’ri temir
davriga o’tgan. Nok sivilizatsiyasi vakillari yaratgan ajoyib sopol va
bronza haykalchalar ushbu madaniyatning sof Afrika ildizlariga ega
ekanligini ko’rsatadi. Ushbu haykalchalar dafn marosimi uchun xizmat
qilgan. Ular sof badiiy fazilatlaridan tashqari, an’anaviy afrika
haykaltaroshligida bugungi kungacha saqlanib qolgan uslub aks
etganligi bilan qiziqarlidir.
Hozirgi yoruba xalqining ajdodlari tomonidan yaratilgan Ife
sivilizatsiyasining Nok bilan aloqasi mashhur Ife bronzalarida o’z
aksini topgan. Ifening bronza va sopol haykalchalari juda mukammal
bo’lib, antik haykalchalarga o’xshab ketadi, biroq ularda tasvirlangan
odamlar negroid irqiga mansub.
Lualaba daryosining yuqori oqimlarida ham o’ziga xos qadimgi
sivilizatsiyalar shakllangan. Bu hududda topilgan yirik Sanga (m.a.
VII-IX asrlar) va Katoto (m.a. XII asr) dahmalaridagi boy arxeologik
topilmalar - mis va temir buyumlar, fil suyagidan tayyorlangan
buyumlar,
sopol
Buyumlar
xarakteri
buyumlar
mahalliy
hunarmandchilikning yuksak taraqqiyotidan dalolat beradi. Xronologik
jihatdan Sanga Lualaba va Zambezi havzasi o’rtasidagi tovar
ayirboshlash shakllangan davrga to’g’ri keladi.
Hozirgi Zambiya va Zimbabve hududlarida vujudga kelgan
sivilizatsiyaning gullab-yashnashi XII-XIII asrlarga to’g’ri keladi.
Ammo uning shakllanish omillari ancha oldingi davrlarga oid. Bu
hududdagi Inyango platosidan topilgan mis buyumlar VIII-IX asrlar
bilan belgilanadi.
Zimbabve davlatining Masvingo viloyatida joylashgan Katta
Zimbabve qadimgi Afrika shahrining ulkan tosh xarobalarian iborat. U
shona (bantu guruhiga kiruvchi xalq) xalqi ajdodlarining bosh
56
ibodatxonasi va diniy markazi bo’lgan deb hisoblanadi. 1928-29
yillarda ingliz arxeologi G.Katon-Tompson tomonidan o’rganilgan
ushbu yodgorlik taxminan 1130 yillarda barpo etilgan. Ushbu
hududning o’zlashtirilishi esa III asrdan boshlangan. Qadimda ushbu
shahar Monomotapa yoki Buyuk (Katta) Zimbabve, Muene, Mutapa,
munxumutapa nomlari bilan mashhur davlatning markazi bo’lgan. U
hozirgi Zimbabve (ushbu nom aynan shu shahar nomidan olingan
bo’lib, “tosh uylar”, “ibodat uylari” ma’nosini anglatadi) va Mozambik
hududlarini o’z ichiga olgan.
O’rta asr Afrika sivilizatsiyalariga yorqin misol sifatida Suaxili
sivilizatsiyasini ko’rsatish mumkin. I-VIII asrlar davomida shakllangan
ushbu sivilizatsiyaning gullab-yashnashi XII-XIII asrlarga to’g’ri
keladi.
Milodimiz boshlariga kelib Sharqiy Afrika allaqachon Qizil dengiz
va Fors qo’ltig’i, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo bilan savdo va
madaniy aloqalar bilan bog’langan edi. Suaxiliya sivilizatsiyasining ilk
asoslari okean dengizchiligi va okean xo’jaligiga asoslangan. Bu
hududda savdo va dengiz xo’jaligi bilan bog’liq holda paydo bo’lgan
yirik manzilgohlar keyinchalik suaxiliya sivilizatsiyasi uchun xos
bo’lgan Kilva, Mombasa kabi mashhur shahar-davlatlarga aylangan.
Sharqiy
Afrikadagi
turli
arxeologik
tadqiqotlar
Suaxili
sivilizatsiyasining gullab-yashnagan davri haqida ham, ya’ni hudud
tarixining musulmon davriga oid ma’lumotlar beradi.
Shunady qilib VIII asrga kelib Tropik Afrika hududida ilk
sivilizatsiyalarning bir qancha o’choqlari yuzaga kelgan va afrika
madaniyatlarining keyingi taraqqiyoti uchun zamin bo’lib xizmat
qilgan.
Dostları ilə paylaş: |