маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

Nazorat uchun savollar: 


81 
1. Dongshon sivilizatsiyasining o’ziga xos xususiyatlarini sanab 
bering. 
2. Buddizmning kirib kelishi va tarqalishi Janubi-Sharqiy Osiyo 
sivilizatsiyalari taraqqyotida qanday o’rin tutdi.
3. Janubi-Sharqiy Osiyo madaniyatining o’ziga xos jihatlariga misol 
keltiring. 
 
10-mavzu: Xitoy sivilizatsiyasi 
Asosiyo savollar: 
1. Qadimgi Xitoy davlatchiligining taraqqiyoti 
2. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasining yutuqlari
 
1-asosiy savol:
Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi tarixi m.a. Xuanxe vodiysida 
protoshaharlar paydo bo’lgan III-II ming yilliklarga borib taqaladi. 
Uning yakuni esa Xan imperiyasining qulashi bilan belgilanadi. 
Xitoyning tabiiy sharoiti ma’lum ma’noda qadimgi Xitoy 
sivilizatsiyasining o’ziga xos xususiyatlarini belgilab berdi. M.a. I 
ming 
yillikning 
ikkinchi 
yarmiga 
qadar 
Xitoyning 
boshqa 
sivilizatsiyalardan uzilgan holda rivojlanganligi ham bu o’rinda muhim 
rol o’ynadi.
Xuanxe daryosi havzasida mahalliy paleolit va mezolit 
madaniyatlari asosida m.a. V ming yillikda Xunshan, naqshinkor 
sopolli Yanshao neolit madaniyatlari shakllandi. III ming yillikda u 
qora sopolli Lunshan madaniyati bilan o’rin almashdi. M.a. II ming 
yillikda Xitoyda shahar-davlatlar tipiga kiruvchi ilk sinfiy tuzilmalar 
paydo bo’ldi. Ilk shahar madaniyatlari Xenani, Shansi, Shensi, Shandun 
va boshqa hududlarda topilgan. Ularning orasida Xenandagi Anyan 
shahri rayonida topilgan “Buyuk shahar Shan” ajralib turgan. Shan (In) 
shahar davlati anchagina yirik birlashmaning boshida turgan. Shan 
hukmdori van deb atalgan. Ular harbiy vakolatlarga va oliy kohinlik 
funktsiyalariga ega bo’lgan. Shanliklar doimiy urushlar olib borgan, 
harbiy asirlar ommaviy ravishda ilohiylashtirilgan ajdodlar va ruhlarga 
qurbonlik qilingan. 
M.a. II-I ming yilliklar chegaralarida Shanga g’arbdan, Vey 
daryosi havzasidan kelgan chjou qabilalari tomonidan bosib olingan. 
Istilo oqibatida chjouliklar katta, ammo mustahkam bo’lmagan davlat 
birlashmasi tuzganlar.
U an’anaviy ravishda G’arbiy Chjou deb 
ataladi. Uning tepasida Chjou podsho urug’idan bo’lgan va 


82 
shanliklardan “van” unvonini qabul qilgan merosiy hukmdorlar turgan. 
Bu davrda podsholikning kelib chiqishi ilohiylashtirilgan. Van Osmon 
O’g’li (Tyan-tszi) va uning yerdagi de sehrli kuchiga ega “Yagona” 
timsoli deb e’lon qilingan. Van hokimiyatni Osmondan olgan va u 
Tyansya – Osmon ostining hukmdori deb hisoblangan. G’arbiy Chjou 
davlati despotik shaklga ega bo’lmagan, vanlar hokimiyati uning 
huzuridagi amaldorlar kengashi bilan cheklangan.
M.a. IX asrdan G’arbiy Chjouda davlati ichki siyosiy inqirozlar 
davri boshlandi. Chjou zodagonlari – chjuxou separatizmining o’sishi 
bilan vanlarning harbiy qudrati susaygan. M.a. VIII asr boshlarida 
shimoli-g’arbdan kirib kelgan ko’chmanchilar hujumining kuchayishi 
sharoitida G’arbiy Chjou tashqi xavfga qarshi tura olmagan. 
Chjouliklarning Vey daryosi havzasidagi yerlari tsyuanjunlar 
tomonidan bosib olingach, m.a. 770 yilda Chjou poytaxti sharqqa 
(hozirgi Loyan hududi) ko’chirilgan. Endi manbalarda Sharqiy Chjou 
deb atala boshlagan davlatning hududi keskin qisqargan. Xitoyda bir 
qancha mustaqil podsholiklar paydo bo’ldi. Ular orasida Xuanxening 
o’rta oqimi va Buyuk Xitoy tekisligidagi madaniy an’analarining 
yagonaligi bilan mashhur bo’lgan podsholiklar ajralib turgan. Bu 
podsholiklar mamlakatning an’anaviy birligini ramzi sifatida Chjou 
vanining Osmon O’g’li sifatidagi oliy hokimiyatini rasman tan 
olardilar.
Bu 
podsholiklar 
hududida 
xuasya 
madaniy-genetik 
mushtarakligining shakllanish jarayoni borar edi, natijada m.a. I ming 
yillik 
o’rtalarida o’rta podsholiklarning (chjungo) barqaror 
etnomadaniy-siyosiy majmui tashkil topdi. Chjungojen (o’rta podsholik 
odamlari) larning madaniy ustunligi g’oyasi qadimgi xitoyliklar o’z-
o’zini anglashining muhim komponentiga aylandi. Chjou an’anasiga 
ko’ra Xitoyda mahalliy etnik asosda tashkil topgan va o’rta 
podsholiklardan til va madaniyat jihatidan farq qiladigan, ammo hudud 
va taraqqiyot jihatidan kam bo’lmagan boshqa davlatlar “varvarlar” 
sifatida talqin qilingan. Chuntsyu (Bahorlar va kuzlar) davrida o’z 
hukmini butun Osmon ostiga o’tkazgan “Besh gegemon” orasida 
to’rttasi “varvar” podsholiklardan edi. M.a. V-III asrlarda, Chjango 
(kurashayotgan podsholiklar) davrida eng kuchli yetti podsholikdar 
uchtasi xuasya podsholiklari emas edi: Yan, Chu va Tsin.
O’rta podsholiklar qo’shni xalqlar bilan doimiy aloqada bo’lgan, 
bunda assimilyatsiya va o’zaro ta’sirning murakkab jarayoni ham 
borgan.


83 
Chuntsyu davridagi podsholiklarda yetakchi mavqe merosiy 
aslzodalarga tegishli edi. Yirik podsholiklarda asta-sekin markaziy 
siyosiy-ma’muriy tizim joriy etila boshlandi. Asosiy ishlab chiqaruvchi 
kuch erkin dehqon-jamoachilar edi. Jamolar orasida mulkiy tengsizlik 
jarayoni kuchaydi. Qarz uchun qullik paydo bo’ldi.
M.a. I ming yillik o’rtalarida Xitoyning siyosiy xaritasi 
Chuntsyuning boshlanish davriga ko’ra o’zgarib ketdi. 200ga yaqin 
davlat birlashmalaridan 30 dan ozi qoldi. Bu davr ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning o’sishi, temir eritishning o’zlashtirilishi, hunarmandchilik 
va dehqonchilikning, sug’orish tizimlari barpo etishning rivojlanish 
davri edi. Tsin podsholigi tomonidan IV asr oxiri- III asr boshlarida 
yirik suv xo’jalik tadbirlarining o’tkazilishi bilan sug’orma 
dehqonchilik uning ravnaqi garoviga aylandi.
Chjango davrida qariyb yarim million 
aholiga savdo-
hunarmandchilik shaharlari paydo bo’ldi. Yerga jamoa mulkchiligi 
tizimi tugadi. M.a.. 1000 yillik o’rtalaridan yerni sotish va olish huquqi 
bilan yerga xususiy mulkchilik paydo bo’ldi. Davlat yer egalaridan yer 
solig’ini olishni joriy qildi, boy hunarmand-savdogarlar tabaqasi 
shakllandi.
M.a. IV asrda ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlarni barqaror
holatga keltirish uchun ko’pgina podsholiklarda islohotlar o’tkaziladi. 
Ana shunday islohotlardan biri m.a. 350 yilda Tsin podsholigida oliy 
amaldor Shan Yan tomonidan o’tkaziladi. Mamlakat uezdlarga 
bo’linadi, yer sotib olishga ruxsat beriladi, o’lchov birliklari 
unifikatsiya qilinadi, urug’ zodagonlarning ayrim imtiyozlari bekor 
qilinadi. Ushbu islohotlardan so’ng Tsin qudratli davlatga aylandi. 
Ichki ziddiyatlardan foydalangan Tsin vanlari butun Xitoyni 
birlashtirdilar. M.a. 221 yilda Tsin so’nggi mustaqil podsholik- 
Shandun orolidagi Tsi podsholigini bosib oldi. Tsin vani In Chjen
yangi “xuandi” - imperator unvonini oldi va tarixga Tsin Shixuandi – 
“Tsinning birinchi imperatori” sifatida kirdi. Tsin poytaxti Syayan 
imperiya poytaxtiga aylandi.
Tsin Shixuandi shimoliy chegaralarning xavfsizligini ta’minlash 
uchun misli ko’rilmagan qurilish: minglab kilometr uzunlikdagi Buyuk 
Xitoy devorni bunyod qilishga kirishdi. Janubiy Koreya va Shimoliy 
Vyetnamga borsqinchilik yurishlari uyushtirildi. Tsin Shixuandi yakka 
hukmdor boshchiligidagi harbiy-ma’muriy imperiyani barpo etdi. 
Tsinliklar unda imtiyozli o’rin egalladi. Qonun bilan teng huquqli erkin 
fuqarolar uchun yagona bo’lgan “qora boshlar” nomi joriy etildi.


84 
M.a. 210 yilda Tsin Shixuandi vafotidan so’ng boshlangan xalq 
qo’zg’oloni Tsin sulolasini agdarib tashladi. Qo’zg’alon boshliqlaridan 
biri mayda amaldor Lyu Ban m.a 202 yilda «Xan imperatori»
unvonini qabul qilib, Xan imperiyasiga asos soladi. Bu sulola Xitoyda 
eramizning III asrigacha hukmronlik qiladi. Xan imperiyasi tarixi ikki 
davrga bo’linadi: To’ng’ich Xan (m.a.202 yildan – milodiy 8 yilgacha) 
va Kichik Xan (milodiy 25-220 yillar) imperiyasi. 
Imperator U-Di (m.a. 140-87 yy) boshqaruvi yillari Xan 
imperiyasining 
eng 
gullab 

yashanagan 
davri 
edi. 
U-Di
markazlashtirish siyosatini olib boradi. Konfutsiylik davlatning
yagona mafkurasi sifatida qabul qilingan. U-Di faol istilochilik 
siyosatini olib boradi. Xitoy Hindistonga boradigan yo’lda Yuanyan va 
Sichuanni, m.a. 108 yilda Koreya yarim orolidagi Choson davlatini 
bosib oladi.
U-Di shimolda ko’chmanchi xunnlar hududini bosib olishga 
harakat qiladi. Xunnlar bilan urush yillarida Xitoy O’rta Osiyo bilan 
birinchi aloqalarni o’rnatadi. U-di m.a 139 yilda o’z elchisi Chjan 
Tsyanni O’rta Osiyo («G’arbiy o’lka»)ga yuborgan, elchi o’n yildan 
keyin Xitoyga qaytib keladi. Xitoyliklar Farg’ona (Dovon), Baqtriya 
(Dasya) va Parfiya (Ansi) to’g’risida bilimga ega bo’ladilar va bu 
mamlakatlar bilan aloqa o’rnatadilar. Ana shu vaqtda Xitoy O’rta 
Osiyodan uzum, loviya, beda, anor va yong’oq daraxti, musiqa 
asboblari, idish-tovoqlarni o’zlashtirib oladi. Keyinchalik Xitoy O’rta 
Osiyodan budda dinini qabul qiladi.
Imperator U–Dining hukmdorlik yillari qadimgi Xitoy tarixida
«oltin davr» deb hisoblandi. Xan davrida qullarning soni oshdi. 
Xususiy, davlat qullari, qarz uchun qul qilingan qullar mavjud edi. 
M.a. II-I asrlarda xalqning iqtisodiy ahvoli yana og’irlashadi, yer va 
boshqa boyliklar oldi-sotdisi keng tus oladi.
Milodiy asr boshlarida yillarida yirik amaldor Van Man (9-23 
yy) imperator hokimiyatiga ega bo’lib, yer egaligi va quldorlik
munosabatlarida islohot o’tkazadi. Bu vaqtda dehqonlarning 
yersizlanishi kuchayib, katta-katta yer maydonlari alohida qullarda 
to’planib qolgan edi. Van Man barcha yerlarni imperator mulki deb
e’lon qilib, yerni sotishni ta’qiqlaydi. Qul savdosi ham ta’qiqlanadi, 
ammo bu islohotlar amalga oshmaydi. Mamlakatning ijtimoiy–iqtisodiy 
hayoti tobora tushkunlikka yuz tuta boradi. 18 yilda boshlangan “Qizil 
qoshlilar” qo’zg’aloni tufayli Van Man halok bo’ldi.


85 
Kichik Xan imperiyasi davridagi taraqqiyot zamirida chuqur 
ziddiyatlar yashirin edi. Imperiyadagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
inqiroz sharoitida 184 yilda Qadimgi Xitoy tarixidagi eng yirik 
qo’zg’alon – “Sariq ro’molliklar” qo’zg’aloni boshlanib ketdi. 
Qo’zg’alon bostirildi, ammo ichki ziddiyatlar tufayli zaiflashgan Xitoy 
220 yilda uch mustaqil davlat Vey, Shu va U ga bo’linib ketadi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin