маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

 
2-asosiy savol bayoni: 


78 
Markaziy va Janubi-Sharqiy Hindixitoy, Malakka yarimorolining 
shimoli va G’arbiy Nusantara orollaridagi mon-kxmerlar va 
austroneziyaliklar, G’arbiy Hindixitoydagi protobirmaliklar va monlar, 
shuningdek zamonaviy Yunnanning bir qancha tay-austroosiyo 
guruhlarining ajdodlarida ilk sinfiy davlat madaniyati va mafkurasining 
shakllanishi qadimgi Sharq sivilizatsiyalari bilan aloqalarning 
kuchayishi sharoitida kechgan.
Hindiston hamda Shri-Lankadan hinduiylik va buddizmning kirib 
kelishi diniy me’morchilik va ikonografiyaning umumqabul qilingan 
qoidalarining shakllanishiga olib keldi.
Arxeologik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, Hindixitoy yarim 
orolining janubidagi Bapnoma shahri kabi nisbatan taraqqiy etgan 
markazlarda, hind markazining yodgorliklari kirib kelishidan avvalroq 
qurilishning g’isht va tosh qo’llanilgan avtoxton an’analari mavjud 
bo’lib, ilk kxmer animistik e’tiqodlariga xizmat qilgan ibodatxonalar 
barpo etilgan.
Bu hududlarda o’ziga xos obrazlar va mavzularga ega diniy va 
dunyoviy haykaltaroshlik, naqsh-bezak san’ati mavjud bo’lgan. 
Milodiy II-V asrlarda Bapnom va Janubiy dengizdagi dengiz 
kommunikatsiyalarining forpostlari mahalliy madaniyatning hinduiylik 
va buddizm bilan keng tutashgan zona bo’lgan. Ushbu dinlar austrik 
xalqlarning ajdodlarga sig’inish e’tiqodi va tabiatning iloha-ruhlari, boy 
diniy-mifologik an’analariga moslashtirilgan. Me’morchilikda bu
podsho hokimiyatining vorisiyligi muqaddaslashtirilgan, Tog’ 
Podshoning Shiva qiyofasidagi hinduiylashtirilgan e’tiqodi bilan 
bog’liq ibodatxonalarning barpo etilishida namoyon bo’ldi.
Bapnom Oy sulolasining so’nggi podsholari (kurunglar) (V-VI asr 
boshlari) Angkor-Boreya rayonida Shivaning Podshoning ilohiy timsoli 
bo’lgan, muqaddas Tog’da istiqomat qiladigan Girishi va Maxeshvara 
qiyofasidagi ibodatxonalarini barpo etishgan. Bu an’ana Chenla 
(Kambudjadeshining o’tmishdoshi) tomonidan qabul qilingan va uning 
bosh ibodatxonasi Lingvi Vat Pxuda aks etgan.
Mazkur mafkuraviy tasavvurlar bilan bog’liq ibodaxona 
me’morchiligining yana bir markazi milodiy IV asrda Shiva-
Bxadreshvari sulolaviy e’tiqodi yoyilgan qadimgi Tyampa (Janubiy 
Vyetnamning 
Markaziy qismidan to shimoligacha) bo’lgan. 
Kxmerlarda Tog’ Podsho Eysora nomi bilan ma’lum bo’lgan va 
ibodatxonalar shahri Misonda Shivalingi ibodatxonalari barpo etilgan.


79 
Demak VI asrdayoq mahalliy mahobatli ibodatxona qurilishining 
ilk shakllari yaratilgan va u keyinchalik o’rta asr klassik 
me’morchiligiga, aynan “tog’-ibodatxona” shakliga asos bo’lgan. 
Mahalliy an’analarning hinduiylik (shivaizm, vishnuizm) va 
buddaviylik tasavvurlar bilan uyg’unlashuvi tufayli “tog’-
ibodatxona”ning 
minorasimon 
yoki 
piramidasimon-terassali 
konstruktsiyasi austroosiyo (monlar, kxmerlar va boshqalar) va 
austroneziya xalqlari me’morchiligining barqaror modeliga aylandi.
Buddizmning tarqalishi bilan bog’liq bo’lgan yana bir muhim 
me’morchilik yodgorligi qo’ng’iroqsimon yoki dubulg’asimon stupalar 
bo’lib, ular “tog’-ibodatxona” bilan bir qatorda qadimgi va o’rta asr 
Janubi- Sharqiy Osiyo davlatlari diniy me’morchiligining asosiy 
tuzilmasini tashkil etdi. Dastlab stupalar Quyi Birma va Tailand 
monlarida va O’rta Iravaddagi pyularning ilk Birma podsholigida keng 
tarqaldi.
Hindixitoy yarimoroli va Nusantara orollarida ma’lum bo’lgan 
diniy ikonografiyada dastlab Budda tasvirlari milodiy II-III asrlardagi 
Amavarati maktabi va uning Shri-Lanka mahalliy variantlari ta’sirida 
yaratilgan. Dong – Ziong (Vyetnam), Pong-Tuk (Tailand), Sungey-
Budjang (Malakka yarimoroli) dagi haykallarni esa Gupta davri hind 
obrazlarining mahalliy an’analar bilan uyg’unlashgan budda 
ikonografiyasi namunalari sifatida baholash mumkin. V-VI asrlardagi 
so’nggi Bapnom budda ikonografisida qadimgi kxmer mahobatli 
haykaltaroshligining ilk namunalaridan bo’lgan yirik yog’och 
haykaltaroshlik ajralib turadi. 
Mahalliy toshga va yog’ochga ishlov berish va bronza quyish 
san’ati chuqur ildizlarga ega bo’lganligi sababli antrpomorf tosh va 
metall budda haykaltaroshligi tez rivoj topdi. VSh asrning birinchi 
yarmida yuzaga kelgan Pnom Da uslubidagi Budda, Vishnu va boshqa 
hinduiylik xudolarining tasvirlarida mahalliy va antik an’analar 
uyg’unligi ko’zga tashlanadi.
Qadimgi dunyo va o’rta asrlar chegarasida Janubi-Sharqiy Osiyo 
xalqlarining klassik san’ati xarakterini belgilab bergan alohida siyosiy-
mafkuraviy omillarni sanab o’tish lozim. Birinchidan, yirik davlat 
birlashmalarining mavjudligi - Chenla (Kambudja), Tyao-Pray 
havzasidagi monlarning Dvaravat davlati, Iravad vodiysidagi 
Tarekkitar (Shrikshetra) ilk Birma podsholigi, hozirgi Janubi-G’arbiy 
Xitoydagi Dal (Nanchjao), Tyampa austroneziya davlati, Shrividjay 
(markazi Sumatra orolida) va Yava orolidagi Mataram. Navbatdagi 


80 
omil hinduiylik va buddizm qobig’ida hukmdor-xudo rasmiy 
e’tiqodining, ajdodlarga sig’inish e’tiqodining turli an’anaviy 
shakllarining yanada rivojlanishidir. ”Keng yo’l” (maxayana) 
buddizmining va ayniqsa vajrayana buddizmi afsonaviy mafkurasining 
tarqalishi yana bir muhim omil bo’lgan.
Badiiy madaniyatning muhim yutuqlari bu omillar bilan bog’liq 
bo’lgan va ilk o’rta asrlar klassik me’yorlariga asos bo’lgan.
1. 
“Tog’-Ibodatxona” me’morchilik obrazi kxmerlarlarning 
prasat, tyamlarning kalan, yavaliklarning chandi, malayyaliklarning 
biaro modellariga asos bo’lgan. Bu me’morchilik shakllarining barchasi 
zinapoyasimon piramida “tog’” ning yuqorisida barpo etilgan 
minorasimon, terassa-minorali ibodatxonalardir. Me’morchilikning 
ahamiyatga ega mahalliy yo’nalishlarining barchasida ibodatxona 
qurilishiga o’z an’analariga mos holda o’zgarishlar kiritilgan.
2. Haykaltaroshlikning yetakchi yo’nalishlari yuqorida qayd 
etilgan me’morchilik, ya’ni ibodatxona majmualari bilan bog’liq 
bo’lgan. Kxmerlarning Sambor Prey Kuk va Prasat Andetdagi 
hinduiylashtirilgan xudolari va ayniqsa mashhur Xarixara (Shiva-
Vishnu) haykallarida hukmdor hokimiyatining muqaddasligi va uning 
o’limidan so’ng ilohiylashtirilishi bilan bog’liq g’oyalar aks etgan. 
3. Qadimgi dunyo va o’rta asrlar chegaralarida mahobatli 
san’atning budda aqidalari doirasidagi mahalliy me’yorlari ishlab 
chiqilgan. Masalan, Markaziy Yavadagi Borobudur ibodatxoan 
majmuasida (VIII asr oxiri - IX asr boshi) muqaddas Tog’, stupa va 
piramida obrazlari birlashtirilgan.
4. Vyetnam madaniy arealida “shimoliy mustaqillik” davrida 
(m.a. I asr – milodiy IX asrlar) xitoy sivilizatsiyasining ta’siri 
Dongshon sivilizatsiyasi vakillari-lakvyetlar an’analari bilan to’qnash 
keldi. Dxyana buddizmining qabul qilinishi va adaptatsiya qilinishi 
o’ziga xos qirralarga ega alohida me’morchilik, haykaltaroshlik va 
naqsh san’ati yodgorliklarining paydo bo’lishi bilan birga borgan 
(Dayla va Lyuilaudagi budda va fuqarolik inshootlari, Tenzudagi 
stupalar modellari, turli dafn buyumlari). 
Qadimgi Janubi-Sharqiy Osiyo sivilizatsiyalarining badiiy merosi 
hozirda ushbu hududda istiqomat qiladigan etnoslar an’anaviy 
madaniyatining ajralmas qismini tashkil etuvchi madaniy qadriyatlarni 
yetkazishda katta rol o’ynadi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin