103
Sunniylikda to’rtta diniy-huquqiy mazhab (hanafiylik, molikiylik,
shofi’iylik, hanbaliylik) mavjud. Sunniylik islomda an’anaviy e’tiqod
yo’li deb e’tirof etilib kelgan.
Shialik (arab.-guruh, tarafdorlar) – o’zining
tarqalishi va ijtimoiy-
siyosiy mohiyati bilan sunniylikdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Hozir
jahonda musulmonlarning 8 % shialikka mansub hisoblanadi. Shialik
VII asr o’rtalarida xalifa Ali hokimiyati tarafdorlaridan iborat siyosiy
guruh sifatida vujudga kelgan. VII asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda
keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yo’nalishga aylangan.
Xorijiylar (arab. - ajralib chiqqan, isyonchi) - islomdagi ilk oqim
tarafdorlari. Xalifa Ali bilan umaviylar o’rtasidagi kurash davomida
VII asrning 2-yarmi boshlarida vujudga kelgan. Keyinchalik xorijiylar
bir necha mayda guruhlarga bo’linib ketgan. Umaviy va abbosiy
xalifalar VII-IX acrlarda xorijiylarga qarshi keskin kurash olib borgan.
2) Islomdagi sektalar (firqalar), mohiyatan aqidaviy ta’limot va
marosimchilik masalalarida bir-biridan farqlanadigan diniy guruhlar.
Islom sektalarining eng ko’pi
shialikdan ajralib chiqqan, bulardan
qarmatlar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar, aliilohiylar, druzlar va
boshqalar, hamda ular ichidan ajralib chiqqan ko’p
kichik sektalarni,
bobiylik, bahoiylik kabilarni tilga olish mumkin. Sunniylikdan ham
o’rta asr oxirlari va yangi davrda turli sekta va oqimlar ajralib chiqqan:
ravshaniylar,
ahmadiya,
voisovchilar
sektalarini,
vahhobiylar,
mahdiylar, panislomizm kabi diniy-siyosiy oqimlarni ko’rsatish
mumkin. Masalan, zamona oxir bo’lishi va Imom Mahdiyning kelishi
haqidagi diniy ta’limot. Zamona oxir bo’lganda “yashiringan imom”
yerga qaytib kelib, adolatli tuzum o’rnatadi, degan e’tiqod dastlab
shialar o’rtasida kelib chiqqan. Keyinchalik bu ta’limot sunniylarga
ham o’tgan. Islom mamlakatlarida mahdiylik g’oyalaridan ayrim
davlatga qarshi harakatlarning rahnamolari ham foydalangan (Erondagi
bobiylik harakati).
Ismoiliylar – shialik ichida vujudga
kelgan firqalardan birining
tarafdorlari. Ushbu haakat VIII asr o’rtalarida boshlangan, X-XI
asrlarda Yaqin va O’rta Sharqda keng tarqalgan imom Ja’far as-Sodiq
vorisi masalasi yuzasidan shialar o’rtasida kelib chiqqan ixtilof bilan
bog’liq. Ismoiliylar turli davrlarda turli nomlar bilan atalgan: botiniylar,
sa’biylar, ta’limiylar, mulhidlar va h.k. IX asrning ikkinchi yarmidan
ismoiliylik ta’limoti tarafdorlarini qarmatlar deb atay boshlaganlar.
Qarmatlar harakati Janubiy Iroqda vujudga kelgan, Suriya va Yamanda
tarqalgan. Harakat o’z nomini uning rahbari va tashkilotchisi Hamdon
104
ibn al-Ash’asning laqabi Qarmatdan olgan. Qarmatiylar yerga jamoa
egaligini, umumiy (qullardan tashqari) tenglik g’oyalarini targ’ib
etishgan. Ular islom marosimlarini bajarishmagan, shariat qoidalarini
tan olmagan, ularda masjidlar bo’lmagan.
3)
Mazhablar, shariat mazhablari ham islomdagi ajralishning
alohida shaklidan iborat.
4) Ilohiyot oqimlari bo’lib, ular islom ilohiyotining shakllanish
bosqichida ilohiyotga oid ayrim masalalar bo’yicha ixtiloflar tufayli
vujudga kelgan. Bulardan ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar,
mu’taziliylar va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Masalan, ash’ariylar
kalomning asosiy yo’nalishlaridan biri-Ash’ariy maktabi tarafdorlaridir.
Ash’ariylarning dunyoqarashida aql diniy an’ana-naqldan
ustun
qo’yiladi. Ash’ariylarning qarashlarini eng avval Eronda (X asr) keng
tarqalgan shofi’iylik mazhabi tarafdorlari qabul qilganlar. Bu ta’liaot
Boqiloniy, G’azzoliy va boshqalarning asarlari tufayli musulmon
olamida katta ta’sirga ega bo’lib, kalomning eng keng tarqalgan
oqimiga aylangan.
5) Sufiylik yoki tasavvuf tariqatlari. Sufiylik g’oyalari keng
tarqalgach, musulmon mamlakatalarida har biri o’z yo’li (suluk) ni olib
borgan sufiylik pirlari nomi bilan bog’liq ravishda juda ko’p
uyushmalar paydo bo’lgan. Umuman olganda o’ttizdan ortiq turli
tariqatlar mavjud, ulardan O’rta Osiyoda vujudga kelgan
naqshbandiylik, yassaviylik, kubraviylik,
Kavkazda vujudga kelgan
muridchilik va h.k. lar mashhur. Masalan, muridchilik sfiylikning
shimoliy Kavkazda keng yoyilgan shakli bo’lib, sufiylik ta’limotining
zohidlik, murshidlik va imomat g’oyalariga asoslanadi. Muridchilik
XIX asrda o’ziga xos diniy-siyosiy va harbiy uyushma sifatida tarqalib,
G’ozi Muhammad, Hamzat, Shomil kabi imomlar rahbarligida
tog’liklarning Rossiyaga qarshi urushida namoyon bo’lgan.
Dostları ilə paylaş: