маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

Nazorat savollari: 


108 
1. 
Islom sivilizatsiyasining asosiy xarakterli belgilari va o’ziga xos 
xususiyatiga baho bering.
2. 
Islom sivilizatsiyasining rivojlanish bosqichlarini tahlil qiling.
3. 
Islom jamiyati va ijtimoiy-diniy harakatlar haqida ma’lumot 
bering.
4. 
Arab-musulmon san’atining asosiy xarakterli belgilariga baho 
bering.
5. 
Hozirgi davrda islom va uning mohiyatini tahlil qiling. 
 
14-mavzu: Qadimgi Yunoniston sivilizatsiyasi 
Asosiy savollar: 
1. Yunon sivilizatsiyasining taraqqiyot bosqichlari. 
2. Qadimgi yunon madaniyati 
1-savolning bayoni: 
Yevropada ilk bor yuzaga kelgan Yunon sivilizatsiyasi tarixi uch 
bosqichga bo’linadi: birinchisi - bu m.a. II ming yillikda Krit va 
Mikenada ilk sinfiy jamiyatlar va davlat birlashmalarining paydo 
bo’lishi va halokati.
Ikkinchi bosqich - bu Krit-Miken sivilizatsiyasining halokatidan 
keyin antik Yunonistonning m.a. XI asrdan m.a. IV asrning so’ngi 
choragigacha bo’lgan taraqqiyot davrini o’z ichiga oladi. Qadimgi 
Yunon jamiyati taraqqiyotining eng yuqori cho’qqisi ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy davlat tuzilmasi bo’lgan yunon polislarining tug’ilishi, 
yuksalishi va tushkunligi bosqichi bo’ldi. Bu bosqich o’z ichiga uch 
davrni oladi: 
1. M.a. XI-IX asrlar - Gomer yoki polis arafasi (“Qorong’i 
asrlar”). Bu bosqichda Bolqon Yunonistoni hududida urug’-qabila 
munosabatlari hukmron bo’ladi. 
2. Arxaika davri (m.a. VIII-VI asrlar) - polis-davlatlarning 
shakllanishi, buyuk Yunon kolonizatsiyasi va ilk yunon tiraniyalari 
davri. 
3. Klassik Yunoniston (m.a. V-IV asrlar.) - qadimgi yunon 
polislari, ularning iqtisodiyoti va yunon madaniyatining gullab-
yashnagan davri.
M.a. IV asrning so’ngi choragida yunon-makedonlar tomonidan 
Ahamoniylar Eroni davlatining bosib olinishidan yunon tarixining 
uchinchi so’nggi bosqichi boshlanadi. Bu bosqich qariyb uch yuz yilni 
o’z ichiga olib (m.a. IV asrning so’ngi choragi – m.a. 30-yillar), sharq 


109 
va g’arb madaniyati unsurlarini o’z ichiga olgan ellin davlatlarining 
tashkil topishi, ellin madaniyatining rivojlanishi davridir. M.a. 30-yilda 
so’ngi ellin davlatlaridan biri Ptolomeylar Misri mustaqilligini yo’qotib 
Rimga tobe bo’ladi. Shu bilan antik Yunoniston sivilizatsiyasi tarixi 
tugallanadi. 
 
Endi har bir bosqichning o’ziga xos xususiyatlariga qisqacha 
to’xtalib o’tamiz. Kritda yuzaga kelgan bronza davri sivilizatsiyasi 
Minoy nomi bilan ataladi. M.a. III va II ming yilliklar chegaralarida 
Kritda dastlabki, markaz-saroylari Knoss, Fest, Malliya, Kato-Zakroda 
bo’lgan davlatlar yuzaga keladi. “Saroy sivilizatsiyasi” davri taxminan 
m.a. 2000 yildan 1400 yilgacha davom etgan. Uning nihoyasiga yetishi, 
ayrim olimlarning taxminiga ko’ra, ulkan tabiat ofatlari bilan bog’liq. 
Ko’p o’tmasdan vayron bo’lgan saroylar o’rnida yangilari, yanada 
hashamatli va muhtasham saroylar paydo bo’ladi. “Yangi saroylar” 
davriga oid Knossdagi saroy arxeologik jihatdan juda yaxshi 
o’rganilgan. Minoy sivilizatsiyasi m.a. XVI-XV asrning birinchi 
yarmida gullab-yashnagan. Yuqorida aytib o’tilganidek, tabiiy ofat 
tufayli vayron bo’lgan va ziflashgan Kritga axeylar bostirib kirgan va 
sivilizatsiya markazi materikka ko’chgan. 
Axey sivilizatsiyasining gullab-yashnashi XV-XIII asrlarga 
to’g’ri keladi. Bu davrga saroylar Mikena, Tirinf. Pilos, Afina, Fiva va 
boshqa joylardan topilgan. Axey jamiyati iqtisodiy tizimining asosini 
saroy xo’jaligi tashkil etgan. Yerlar xususiy va jamoa yerlariga 
bo’lingan. Jamiyatning eng quyi qatlamini tashkil etgan qullar asosan 
saroyga qarashli bo’lgan. Erkin jamoachilar muhim ijtimoiy guruhni 
tashkil etgan. Dalvt tepasida siyosiy va diniy funktsiyalarga ega 
bo’lgan podsho (“vanaka”) turgan.
XIII asr oxirida Yunonistonga shimoliy xalqlarning, shu jumladan 
yunon-doriylarning kirib kelish boshlandi va XII asr oxiriga kelib axey 
sivilizatsiyasi yakun topdi.
M.a. XI-IX asrlar haqida ma’lumot beruvchi asosiy manbalar 
“Iliada” va “Odisseya” epik poemalaridir. Ularda axeylarning Troyaga 
yurishi haqida hikoya qilinadi. Ammo bu asarlarning muallifi 
hisoblanadigan Gomer m.a.VIII asrda yashaganligini hisobga olish 
lozim. Bu davrda Yunoniston aholisi asosan dehqonchilik bilan 
shug’ullangan, chorvachilik ham rivojlangan. Hunarmandchilik, 
ayniqsa metallsozlikda muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Aynan shu 
davrda temirdan keng foydalanila boshlandi.
Yunoniston iqtisodida erkin dehqon yetakchi shaxs bo’lgan. 


110 
Doriylar istilo qilgan hududlarda, masalan Spartada ahvol boshqacha 
bo’lgan, ular mahalliy axey aholisini o’zlariga qaram qilib olgan. 
Jamiyatni tashkil etishning asosiy shakli jamoaning alohida shakli 
bo’lgan polis edi. Polislarning fuqarolari unga kirgan patriarxal 
oilalarning boshliqlari edi. Polis-jamoa ikki funktsiyani bajargan: yerni 
va aholini himoya qilish hamda ichki jamoaviy munosabatlarni 
boshqarish. Faqatgina Spartaga o’xshash qaram aholi bo’lgan polislar 
sodda davlat tashkiloti xususiyatlariga ega bo’la boshladi.
Arxaika davrida antik damiyatning asosini tashkil etgan ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy xususiyatlar shakllandi: klassik qulchilik; pul 
munosabatlari va bozor tizimi; siyosiy tashkilotning asosiy shakli-polis; 
xalq suvereniteti konsepsiyasi va boshqaruvning demokratik shakli. 
Arxaik davrda ayrim shahar-davlatlarda boshqaruvning tiraniya shakli 
(m.a. VII-VI asrlar) ham mavjud bo’lgan.
Aynan shu davrda antik dunyoga to xristianlika qadar ta’sir 
ko’rsatgan ahloq me’yorlari va estetik idellar ishlab chiqildi. Nihoyat 
bu davrda antik madaniyatning aosiy xususiyatlari shakllandi: falsafa 
va fan, adabiyotning asosiy janrlari, teatr, order me’morchiligi, sport. 
Arxaik davrda sodir bo’lgan “buyuk yunon koloniyalashtirishi” ham 
ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. 
Klassik davr m.a. VI–V asr chegaralaridan to m.a. 338 yilgacha 
davom etgan. Bu davr Yunonistonning eng yuksalgan, arxaik davrda 
shakllangan hodisalarning gullab-yashnagan, ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy tashkilotning o’ziga xos shakli bo’lgan polislarning 
hukmronlik davridir. Olimlarning fikricha qadimgi yunon jamiyati, shu 
jumladan madaniyat va san’at taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari 
aynan jamiyatni tashkil etishning polis shakli bilan bog’liqdir.
Bu davrda sodir bo’lgan yunon-fors urushlari Elladaning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi: qulchilikning keng 
tarqalishi, Afinaning yuksalishi va demokratik tuzumning shakllanishi. 
Shu bilan birga, bu davrda Delos dengiz ittifoqi va Peloponnes 
ittifoqining yuksalishi ular o’rtasidagi Peloponnes urushining kelib 
chiqishiga olib keldi. Bu urush Yunoniston tarixida polis inqirozini 
boshlab berdi, hokimiyat tepasiga oligarxiya kela boshladi.
M.a. IV asrga kelib fuqaro-yer egalarining jamoasi sifatida 
vujudga kelgan polislar savdo-pul munosabatlarining rivojlanishiga 
to’sqinlik qila boshladi. Iqtisodiy va siyosiy sohalarda o’zgarishlar 
sodir bo’ldi, tiraniya qayta tug’ildi. O’zaro urushlar Yunonistonni 
zaiflashtirdi, mamalkat xo’jaligini izdan chiqardi. Bundan esa 


111 
Makedoniya podsholigi foydalanib qoldi. Aleksandr Makedonskiy 
davri klassik davrdan ellinistik davrga o’tish davri bo’ldi.
Makedonskiyning Sharqqa yurishlari va yangi bosib olingan 
yerlarga ellinlarning ommaviy ko’chib borishi ellinistik davrni boshlab 
berdi. Ellinistik sivilizatsiyaning geografik va xronologik chegaralari 
olimlar tomonidan turlicha baholanadi. Ellinizm davri uch bosqichga 
bo’linadi: ellinistsik davlatlarning tashkil topishi (m.a. IV asrning oxiri-
III asrning boshi), bu davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
tizimining shakllanishi va gullab-yashnashi (m.a. III – II asrning 
boshlari) 
va 
iqtisodiy 
tushkunlik, 
ijtimoiy 
ziddiyatlarning 
keskinlashishi, Rim hokimiyatiga bo’ysunish davri (m.a. II asr-milodiy 
I asrning oxiri). 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin