2-savolning bayoni: VII-VIII asrlar mobaynida yapon davlati shakllanayotgan
boshqaruv institutlarini g’oyaviy jihatdan asoslashga uringan.
“Kodziki” (712 y.) va “Nixon syoki” (720 y.) kabi afsonaviy-yilnoma
to’plamlar birinchi navbatda shunga xizmat qilishi lozim bo’lgan.
Ularning vazifasi davlat mafkurasini yaratish, ya’ni “afsona” va “tarix”
ni moslashtirish bo’lgan: “Kodziki” va “Nixon syoki” voqealari
“xudolar erasi” va imperatorlar erasi” ga bo’linadi.
Sintoistik afsonalar zamirida umumdavlat mafkurasini yaratishda
muhim bosqich bo’lgan “Kodziki” va “Nixon syoki” to’plamlari xitoy
tilida yozilgan. “Nixon syoki” sulola yilnomasi sifatida qabul qilingan.
“Kodziki” Ono Yasumaro tomonidan Xieda-no Are og’zidan yozib
olingan. Uzoq vaqtgacha xitoy adabiy tili yapon madaniyatining tili
bo’lib keldi va u birinchi navbatda davlat ehtiyojlariga xizmat qildi.
Imperator Setoku davrida bo’g’inli yapon alifbosi yaratildi va rasmiy
yozuv sifatida joriy etildi.
Sintoizmning davlat qurilishiga faol jalb etilishi bilan buddizm bu
sohada o’z ahamiyatini yo’qota boshladi. Bu ayniqsa 771 yilda budda
monaxi Dokyo tomonidan o’tkazilgan muvaffaqiyatsiz to’ntarishdan
so’ng sezila boshladi. Nara ibodatxonalari va monastirlaridaga budda
ruhoniylarining ta’sirini kamaytirish uchun 784 yilda poytaxt
Nagaokaga, 794 yilda Xeyanga ko’chiriladi. Davlatning qo’llab-
quvvatlashishidan qisman mahrum bo’lgan buddizm baribir alohida
shaxsning shakllanishida katta ahamiyatga ega bo’lib qolaverdi.
Buddizm bilan bir qatorda Yaponiyaga ushbu dinning ehtiyojlariga
xizmat qiluvchi moddiy majmua ham kirib keldi. Ibodatxonalar
qurilish, budda va bodxistavlarning haykallari va boshqa marosim
buyumlarini ishlab chiqish boshlandi. Sintoizm esa bu davrda hali
rivojlangan yopiq diniy inshootlar qurish an’anasiga ega emas edi.
Koreya va Xitoy prototiplariga o’xshash jihatlar bilan bir qatorda yapon
ibodatxonalari qurilishi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib bordi.
98
Me’morchilikda o’ziga xos yapon uslubi shakllana borgan.
Masalan, Syotoku tomonidan barpo etilgan Xoryu-dzi ibodatxona
majmuasiga o’xshashi Xitoyda ham, Koreyada ham uchramaydi.
Takamatsudzuka qo’rg’onidagi freskalar ham materik namunalaridan
ko’p jihatlari bilan farq qiladi.
Yaponiyadagi eng yirik budda yodgorliklaridan biri 90 ga.
maydonni egallagan Todaydzi ibodatxonasidir (VIII asr o’rtalari). Sof
diniy ehtiyojlardan tashqari ushbu inshoot umumdavlat ahamiyatiga ega
dunyoviy marosimlarni o’tkazish uchun ham xizmat qilgan.
Todaydzining “Oltin pavilon”i (“kondo”) vayronkor yong’inlardan
so’ng bir necha bor qayta qurilgan. Bugungi kunda u dunyodagi eng
yirik yog’och inshoot sanaladi. Uning balandligi – 49, kengligi – 57,
uzunligi 50 metr. Unda kosmik budda Vayrochananing 18 metrlik
haykali joylashgan. Ammo keyingi davrda Yaponiyada kichik hajmga
intilish kuchaygan.
VII-VIII asrlardan boshlab buddaning bronza haykallari asosan
Xitoy va Koreyadan keltirilgan yoki u yerdan kelgan ustalar tomonidan
yaratilgan. VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab keng tarqala
boshlagan loklangan, sopol va yog’och budda tasvirlarida mahalliy
ikonografiya an’analarining ta’siri sezilarli ekanligini ko’rish mumkin.
Shu davrdan boshlab yapon buddizmining buyuk vakillari (Gyosin,
Gien, Gandzin va h.k.) ning portret tasvirlari yaratila boshlangan.
O’rta asr yapon she’riyati bugungi kunda butun dunyoga
mashhur. Ammo bizgacha yetib kelgan birinchi she’riy to’plam –
“Kayfuso” (751 y.) xitoy tilidagi she’rlardan iborat. Ko’p vaqt o’tmay
tuzilgan yapon she’rlari to’plami – “Man’yosyu” iyerogliflarning
fonetik yozuvi “man’yogana” yordamida yozilgan. “Man’yosyu”ga
turli davrdagi she’rlar kiritilgan: folklor va diniy she’riyat namunalari,
xalq qo’shiqchilik ijodi bilan aloqasini yo’qotmagan mualliflik
she’rlari. Ammo “Man’yosyu” yaratilgandan so’ng xitoy tilining
yuksak obro’si yapon she’rlarining uzoq vaqtgacha yozma madaniyat
doirasidan chiqib ketishiga olib keldi. Yapon tilidagi navbatdagi
to’plam “Kokinsyu” faqatgina X asr boshiga kelib paydo bo’ldi.
Ajoyib va mustaqil xeyan madaniyatiga asos bo’lgan davr
yaponlar uchun qat’iyatli va samarali o’rganuvchanlik davri bo’ldi.
Turli xalqlar yutuqlarini o’zlashtirish xususiyatiga qaramasdan,
yaponlar o’z o’tmish madaniyatlariga nisbatan merosiylikni saqlab qola
oldilar. IX asr boshlariga kelib o’zga xalqlar yutuqlari hisobiga
99
boyitilgan yapon madaniyati mustaqil taraqqiyot uchun yetarlicha ichki
kuchga ega edi.